O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro kooperatsiya


Download 0.99 Mb.
bet65/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro kooperatsiya(InternationalLaboratoryAccreditationCooperation–ILAC) ilk marta 1977 yili tashkil etildi.
ILAC hamkorlik bo’yicha tashkilot sifatida 1996 yilda rasmiylashtirilib, unda 44 milliy idora o’zaro anglashuv to’g’risida Memorandum imzolashdi. Memorandum kelajakda hamkorlikni rivojlantirish va ILAC a’zolari yakuniy o’zaro ko’p tomonli kelishuvni o’rnatishini ta’minlaydi.
ILAC xalqaro forumi uning ishlarida alohida davlat mutaxassislari va xalqaro savdo bo’yicha mahsulotning sinov natijalarini o’zaro tan olishda yuzaga kelayotgan texnikaviy jihatlar va huquqiy masalalar bo’yicha malaka va ma’lumot almashinish maqsadida qatnashishni qabul qiladi.
ILAC vazifalariga laboratoriyalarni akkreditlashtirish mezonlarini xalqaro miqyosida uyg’unlashtirish bilan birga milliy va xalqaro darajada amal qiluvchi sertifikatlashtirish idoralari bilan faol hamkorlik qilish yordamida xalqaro savdoda texnik to’siqlarni tugatish kiradi.
ILAC davriy ravishda yangilanuvchi “Sinov laboratoriyalari va ularni akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro ma’lumotnoma” va “Sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish bo’yicha bibliografiya” nashr etib,CASCO, ISO, Evropa iqtisodiy kengashi, BJSTlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.
Sinov laboratoriyalarni akkreditlashtirish sinov natijalariga o’zaro ishonchlilikni o’rnatish uchun muhim qadam bo’lib, binobarin, savdoda texnik to’siqlarni ahamiyatli qisqartiruvchi akkreditlashtirishni xalqaro darajadagi tamoyillar va jarayonlar kelishuvining asosi bo’lib hisoblanadi. ILAC doirasida laboratoriyalarni akkreditlashtirish ISOG’IEC 17025 xalqaro standarti asosida amalga oshiriladi.
Akkreditlashtirish bo’yicha Evropa hamkorligi (European cooperation for Accreditation- EA) Sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlashtirish bo’yicha Evropa tashkiloti (EAS) va laboratoriyalarni akkreditlashtirish bo’yicha Evropa hamkorligi (EAL)ning qo’shilishi natijasida 1997 yilning noyabrida tashkil topgan. EA muvofiqlikni baholashning barcha sohalarida: tekshirish, sinash, nazorat, boshqarish tizimini sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, qurilmalarni sertifikatlashtirish, Evropa ekologik boshqaruv tizimi va audit (EMAS) qoidalariga muvofiq ekologik boshqaruv tizimini tekshirish va sertifikatlashtirishlarni akkreditlashtirish bilan shug’ullanadi.
EAga a’zo barcha tashkilotlar xalqaro darajada akkreditlashtirishni amalga oshirish uchun sertifikatlashtirish idoralari, nazorat idoralari, baholash laboratoriyalarida yagona bo’lgan standartdan foydalanishi lozim. Buni tasdiqlash uchun EAga a’zo tashkilotlar bir-birining faoliyatini tekshiradi. Tekshirish natijalari ijobiy bo’lgan holatlarda bu tashkilotlar nazorat idoralarini yoki sinov laboratoriyalarini va sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlashtirish to’g’risida ko’p tomonlama muvofiq kelishuvini imzolashi mumkin. Buning uchun kelishuvni ular bir-birining tizimlarini va bu tizimda akkreditlangan boshqa idoralar bergan sinov bayonnomalari va sertifikatlarini tan oladi.
Ko’p tomonlama kelishuvni imzolovchi tashkilotlar o’zining akkreditlashtirish faoliyatini baholash, nazorat va qayta baholashlarni uzluksiz va puxtalik bilan bir-biriga taqqoslash yo’li bilan teng qiymatligiga kafolat beradi.
O’tkazilayotgan baholash kelishilgan va chop etilgan tamoyillar, MLA a’zoligiga nomzodlar va tashkilot a’zolarining ekspertizasiga asoslanadi. Ekspert komissiyasi akkreditlashtirish tashkiloti qabul qilgan mezonlarni va, birinchi navbatda, EN 45003 standarti va EA hujjatlariga muvofiqligini sinchkovlik bilan tekshiradi. Faqat bu talablarga javob beruvchi tashkilot MLAga kirishi va unga a’zolikni saqlab qolishi mumkin.
Ko’p tomonlama kelishuvda qatnashuvchi barcha akkreditlangan tashkilotlarning layoqatliligi, bir xil darajaga mosligi kafolatlangan. Bunday holat ko’p marotaba baholashni qisqartiradi yoki ulardan mustasno qiladi. Boshqacha aytganda, ta’minotchi Evropa hukumati va xalqaro bozor hamda Evropa jamiyati talablarini qondirishiga, hammasi uchun bitta sertifikat olishi etarli.
EA alohida milliy akkreditlashtirish idorasi yoki ular bilan ikki tomonlama kelishuvni imzolash yo’li bilan Evropa bozori va hukumati, Evropa hududi uchun akkreditlashtirish idoralari hududiy guruhini hosil qilish va kengaytirishga xizmat qiladi. EA, shuningdek, IAF va ILAC bilan keng doirada o’zaro faoliyatda bo’lib quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Evropada akkreditlashtirishga yagona yondashuv;

  • MLA hamkorlari tomonidan sinov bayonnomalari va sertifikatlarni hamma joyda tan olinishi;

  • milliy doiralarda tan olingan akkreditlashtirish tizimlari o’rtasida o’zaro ishonishni;

  • akkreditlashtirish bo’yicha standartlarni uyg’unlashtirish;

  • MLA haqiqiy va assotsiatsiyasi a’zolari o’rtasida texnikaviy bilimlarni almashish;

  • o’lchashlarning uzatuvchanligi;

EA a’zolarining ko’p tomonlama, EAga kirmagan akkreditlashtirish idoralari va hududiy guruhlar hamda ular bilan munosabatining rivojlanishi.
EA a’zolari barcha akkreditlashtirish sohalarida malakaviy va chuqur bilimga ega bo’ladilar. Ular Evropa Ittifoqi faoliyatiga quyidagicha katta ijobiy hissa qo’shadilar:
– akkreditlashtirish sohasida muvofiqlikni baholash bo’yicha Evropa mutaxassislarini taqdim qiladi;
– EI milliy miqyosda tan olgan foydalanuvchi akkreditlashtirish tizimlarini yaratish bo’yicha maslahatlar ko’rsatish va mutaxassislar tayyorlashga yordam ko’rsatadi;
– lozim bo’lgan texnik bilimlarni taqdim qilish, ya’ni EI Evropa davlatlari bo’lmagan mamlakatlarning akkreditlash idoralarini baholashi mumkin;
– Evropa direktivlarini qo’llashni engillashtiruvchi, yagona shakldagi akkreditlashtirishni ta’minlaydi.
EA idorasining yuqori rahbariyati Bosh assambleya hisoblanadi. Unda rais, kotib va nazorat idoralari, sinov laboratoriyalari, akkreditlashtirish va sertifikatlashtirish idoralarining vakillari qatnashadi. Kundalik ishlarni Kotibiyat va texnik qo’mitaga suyangan Bajaruvchi qo’mita olib boradi.
EAga a’zosi va akkreditlashtirishga talabgorlarning fikr va mulohazalari mustaqil forum (akkreditlashtirish bo’yicha EA Kengashi) munozalari davomida akkreditlashtirish va sertifikatlashtirishga barcha qiziquvchi tomonlar taqdim qilganda hisobga olinadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling