O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Akkreditlash sohalarini kengaytirish


Download 0.99 Mb.
bet73/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Akkreditlash sohalarini kengaytirish. O’zining akkreditlash sohasiga talabgor akkreditlangan idoralar qo’shimcha akkreditlash sohasi uchun arizani akkreditlashtirish idorasiga yo’llashi mumkin. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va nazorat idoralari uchun: akkreditlash sohasi va sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarini o’tkazish qoidalariga qo’shimchalar ilova qilinadi;

  • laboratoriyalar uchun: akkreditlash sohasi va pasportiga qo’shimchalar qilinadi.

Akkreditlash sohasini kengaytirish arizani tahlil qilish va hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish bilan boshlanib, o’rnatilgan akkreditlashtirish qoidalari tartibida o’tkaziladi.
Akkreditlash shartlarini o’zgartirish. Tashkilotlar qayta o’zgartirilgan holatlarda, masalan, nomi, joylashish o’rni, yuridik shaxslarning pochta manzili o’zgarganda, akkreditlash ob’ekti bir hafta muddatda akkreditlashtiruvchi idorada ariza qayta ro’yxatga olinganidan so’ng, ilova qilingan muvofiq hujjatlarga asosan akkreditlashtiruvchi idora akkreditlash haqida guvohnomani qayta rasmiylashtiradi. Bu hujjatlar (notarial tasdiqlangan Nizom nusxasi, oldin berilgan akkreditlash haqidagi original guvohnoma va Nizomga o’zgarishlar kiritilganligi to’g’risida ro’yxatga olingan tasdiqlovchi hujjatlar) tashkilot o’zgarishini tasdiqlashi lozim. Ariza bilan hujjatlar paketini arizachi bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali etkazishadi. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga akkreditatsiya ob’ekti oldingi berilgan guvohnoma asosida faoliyatini amalga oshiradi.
Ariza kelib tushganida akkreditlashtiruvchi idora taqdim qilingan hujjatlarni qonunchilikka muvofiq tekshiradi va yangi guvohnomani rasmiylashtirish haqidagi qarorni qabul qiladi va akkreditlashtiruvchi idora arizachiga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kun davomida yangi guvohnomani beradi.
Agarda arizachi oldingi akkreditlangan yuridik shaxs merosxo’ri bo’lib hisoblanganda, keyingi hujjatlarni ko’rib chiqish dastlabki sifatida o’tkaziladi.
Apellyatsiya. Agar akkreditlash ob’ekti akkreditlashtirishdan rad etilsa, yoki u to’xtatilsa, yo bekor qilinsa, yoki asoslangan e’tirozlarni keltirib chiqaruvchi sharoitlardagi holatlarda “O’zstandart” agentligining Apellyatsiya kengashiga yoki o’rnatilgan qonunchilik tartibida bevosita sudga apellyatsiyaga berish huquqiga ega. Apellyatsiya kengashi qarori ustidan qonunchilikda o’rnatilgan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Akkreditlash bo’yicha idora quyidagi ma’lumotlarni chop etadi yoki so’rovlar bo’yicha taqdim qiladi:

  • tizimning asosiy qoidalari va majburiy akkreditlashtirish ob’ektlari ko’rsatilgan akkreditlashtirish tizimini yaratishda, milliy idora bajaruvchi huquqlari haqidagi ma’lumotlarni;

  • akkreditlashtirish mezonlarini;

  • akkreditlishtirishni o’tkazish tartibi;

  • akkreditlangan tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;

  • akkreditlash sohasi ko’rsatilgan akkreditlangan tashkilotlarning ro’yxati;

  • bekor qilingan akkreditatsiya attestatlari haqidagi ma’lumotlar;

  • akkreditlashtirish tizimida ro’yxatga olingan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning ro’yxati.

Akkreditlash bo’yicha idoralar o’zining tizimidagi boshqa akkreditlashtiruvi idoralar va boshqa davlatlarning akkreditlash idorlari bilan tajriba almashishda qatnashadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling