O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sinov laboratoriyalariga talablar


Download 0.99 Mb.
bet69/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sinov laboratoriyalariga talablar MYu 1596-sonli akkreditlashtirish qoidalariga qo’shimchalar ISO 17025:2005 Xalqaro standartiga aynan o’xshash variantda O’zbekiston Respublikasida 2007 yil 1 sentyabrda kiritilgan O‘zDSt ISOG’IEC 17025:2007 Davlat standartida o’rnatilgan. Bu talablar akkreditlangan sinov laboratoriyalarining ishchi holatda saqlash, akkreditlashtirish hamda uning faoliyati ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazishga mo’ljallangan.
Laboratoriyalarni akkreditlashtirishning sifat menejmenti qismida O‘zDSt ISO 9001 xalqaro standartini qo’llash talab etilmaydi, chunki tizimga talablar O‘zDSt ISOG’IEC 17025:2007 standartida belgilangan. Bunda agar laboratoriya O‘zDSt ISOG’IEC 17025:2007 standarti bo’yicha akkreditlagan bo’lsa, demak, O‘zDSt ISO 9001 standartiga muvofiq sifat tizimi mavjud.
ISOG’IEC 17025 standarti laboratoriya menejment tizimi va texnikaviy talablarining ishchi holati layoqatligi darajasini ta’minlash uchun va tashkilot faoliyatida faqat tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qo’llanilladi.
2001 yilda ISOG’CASCO 25 Ishchi guruhi ISOG’IEC 17025:1999ni ISO 9001 standartini 2000 yil nashriga muvofiqlashtirish maqsadida o’zgartirish kiritib, 2005 yilda ISOG’IEC17025 standartining yangi nashri qabul qilindi.
ISO 9001:2008 talablariga ISOG’IEC 17025 o’zgartirilgan standartni laboratoriyalarda joriy qilishda olinadigan afzallik va jarayonli yondashuv imkoniyatini oshiradi. Ammo faqat to’liq o’zlashtirish uchun yolg’iz bu standart etarli emas.
Boshqariladigan va qonuniy talablarga muvofiqlikni o’rnatish uchun standart tarkibi va uni qo’llanilishi nihoyatda muhim holat bo’lishi mumkin. Ular mahsulotlar va jarayonlar uchun olingan aniq ma’lumotlar va tadqiqotlarni o’tkazishda ehtiyotkorlik lozimligini ta’minlash uchun zarur.
ISOG’IEC 17025 standartining yangi nashrida ko’proq atamalarga taalluqli bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan. Masalan, “sifat tizimi” atamasi “sifat menejmenti tizimi”ga, shuningdek, “mijoz” atamasi “iste’molchi” atamasiga almashtirilgan.
Standartda quyidagi kiritilgan o’zgarishlarni ham ta’kidlash mumkin.
Har bir xodim tashkilotning menejment tizimi maqsadlariga erishishda o’z hissasini qo’shishida hamda o’z ishlarini bajarishining muhimligi va qiymatini anglashi lozimligi haqida aytib o’tilgan 4.1.5 band qo’shilgan.
Laboratoriya ichida aniqlangan va ichki jarayonlar o’zaro faoliyatiga muvofiq yo’lga qo’yilgan menejment tizimi samaradorligini qo’llab-quvvatlanishi yuqori rahbariyatdan talab qilingan 4.1.6 band va 4.2.3 band yuqori rahbariyatning ishlab chiqilgan, joriy qilingan sifat menejmenti tizimi (SMT) va doimiy samaradorligini oshirishga tarafdorligini isbotini taqdim etish.
Yuqori rahbariyatdan qonuniy va boshqaruv talablari bilan bir qatorda, buyurtmachi talablari bajarilishini qayd etishni 4.2.4 band talab qiladi, 4.2.7 bandi esa rejalashtirish va joriy qilishda qandaydir o’zgarishlar bo’lsa, menejment tizimi yaxlitligida saqlangan bo’lishi bildirilgan.
4.10 band sifat sohasidagi siyosat va maqsadlar, audit natijalari, sifat to’g’risidagi ma’lumotlar tahlili, to’g’rilovchi va oldini oluvchi amallarni aniqlash, boshqaruv tizimini o’z vaqtida qayta ko’rib chiqishdan foydalanib, laboratoriya SMT samaradorligini oshirish va doimiy yaxshilashni ta’minlashni talab qiladi.
Texnikaviy talablarga jiddiy muhim o’zgartirish kiritilmagan. O’zgarishlar asosan menejmentga bog’liq bo’lgan talablardir. Shuning uchun ISOG’IEC 17025:1999ga muvofiq tashkiliy tuzilmasi doirasida tuzilgan protsedura tavsifi va uni boshqarishda yangi yo’nalishda menejment talablarini aks ettirish uchun amaldagi protseduralarga qisman o’zgartirish kiritish kerak.
Bu standartda laboratoriyaga taqdim qilingan asosiy talablar uni akkreditlashda ishlab chiqilgan va hujjatlashtirilgan SMT hamda laboratoriya faoliyatini ma’muriy va texnikaviy boshqaruv tizimining mavjudligi bo’lib hisoblanadi. Laboratoriya SMT hujjatlari uch darajali tuzilmadan iborat bo’lishi lozim: Sifat bo’yicha qo’llanma; Hujjatlashtirilgan protseduralar; Laboratoriyaning texnikaviy va yuridik hujjatlari.
Sifat bo’yicha qo’llanma o’zida laboratoriyadagi amal qiluvchi sifat menejmenti tizimi maqsadi tavsiflarini qamrab olishi lozim. Uning tarkibi ISOG’IEC 17025 standarti bo’limlari bilan muvofiq tuzilgan bo’lishi kerak. Sifat bo’yicha qo’llanmani ishlab chiqish bo’yicha tavsiyalar O‘zRH 51-054:2003 “O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish tizimi. Sinov laboratoriyalarining sifat bo’yicha qo’llanmasi. Ishlab chiqish bo’yicha uslubiy qo’llanma” rahbariy hujjatida belgilangan.
Ikkinchi darajali hujjatlarda laboratoriyada o’tkaziladigan va uning ishi sifatiga o’ziga xos ta’sir qiluvchi barcha jarayonlar to’liq tavsiflangan: sinovga yangi xodimni qo’yish, hujjatlarni boshqarish, qabul qilish, ro’yxatga olish, sinov uchun namunani tanlash, namunalarni o’zgartirish, tamg’alash va h. ishchi protseduralarni o’zida ifoda etadi.
Uchinchi daraja bu laboratoriyada ishlatiladigan hujjatlardir. Bularga masalan, sinov bayonnomalari taalluqli.
O‘zDSt ISOG’IEC 17025:2007 standarti talablarining bir qancha elementlari bajarish laboratoriya uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday qiyinchiliklar Evropa va MDH davlatlarida sinov usullarini validatlash1 protseduralarini o’tkazishdagi tushuncha va faoliyatga yondashuv tafovutlari paydo bo’lishi mumkin. O’ta ahamiyatli, ammo bajarish uchun ko’proq qiyinroq bo’lgan o’lchashlar noaniqligini baholash talablari hisoblandi.
Noaniqlik (o’lchashlar noaniqligi) bu o’lchash natijalari va qiymatlari yoyilishining tavsiflanishi bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni o’lchanayotgan kattalik etarli asoslash bilan yozish mumkin bo’lgan ko’rsatkichdir. “Noaniqlik” atamasi ta’rifidan u o’lchash natijasiga muvofiq o’lchovning miqdoriy aniqligi va o’lchanadigan kattalik qiymati o’lchash shartlarida aniqlangan qiymat intervali ichida turishiga ruxsat etilishi mumkin bo’lgan ishonchlilik darajasini ifodalaydi. Boshqa so’z bilan aytganda, noaniqlik o’lchovning miqdoriy jihati bo’lib, o’lchanayotgan kattalikni va uni o’tkazishda olingan yoki o’lchash natijasini baholash qanchalik ishonchli ekani hisoblanadi. Noaniqlikni baholash bir xil o’lchanayotgan kattalikni turli o’lchash natijalarini yoki etalon qiymatlari bilan o’zaro solishtirish imkoniyatini beradi. O’lchash natijalariga ishonchlilik esa milliy savdoda, xalqaro tovar ayriboshlashda va atrof-muhitga zarari sababli xavf-xatarni baholashda ularning muhimligini solishtirish yordamida o’rnatiladi. Bu sinov natijalarini o’zaro tan olish to’g’risidagi kelishuvni tuzishda savdo va iqtisodiy to’siqlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Amaliyotda o’lchash natijalarining noaniqligi ko’plab omillarning ta’siri oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Ular, masalan, o’lchash usullari va protsedurasi qismida bo’ladigan o’lchanayotgan kattalikni noto’g’ri aniqlanishi, namunalarni noto’g’ri tanlash, atrof-muhit sharoitining noqulayligi, o’lchash vositasida qo’llaniladigan xatolik, o’lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda qo’llaniladigan standart namunalar va etalonlar qiymatlarining noaniqligi, yaqinlashishi va ehtimolligi, shuningdek, tasodifiy o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Xorijiy akkreditlangan laboratoriyalar faoliyatining zaruriy elementi bo’lib uning laboratoriyalararo solishtirish sinovlarida qatnashishi hisoblanadi. Bunga ko’proq bir qancha xorijiy akkreditlovchi idoralar ushbu sinovlarda qatnashishi oldingi akkreditlashtirish protseduralari majburiy bo’lib hisoblanadi. Laboratoriya o’zining sinov natijalarini jamoa sinov natijalari bilan solishtirmasa, unda uning layoqatligini tasdiqlash imkoniyati yo’q, deb hisoblash mumkin. Ko’pgina mamlakatlarda laboratoriyalararo solishtirish sinovlari o’tkazish uchun ishlab chiqarishda zaruriy sertifikatlangan standart namunalar yo’lga qo’yilgan. Bunda ko’p sonli solishtirish sinovlari va uning qatnashchilari aynan uning miqdori va yuqori metrologik tavsiflari shartlashilgan.
O‘zRH 51-152:2007 “O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish tizimi. Laboratoriyalarni akkreditlashtirishga tayyorlash bo’yicha rahbariy qo’llanma” hujjatida laboratoriyaning hujjatlari tuzilmasi tavsiflangan.
Sifat bo’yicha qo’llanmada sifat sohasidagi Siyosat va hujjatlashtirilgan asosiy va ko’maklashuvchi protseduralarga havolalari, shuningdek, tizimga kiritilgan hujjatlar tuzilmasi keltirilib, unda sifat menejmenti tizimiga kiritilgan jarayonlarning o’zaro faoliyati tavsiflangan bo’lishi lozim.
Har bir lavozim uchun xodimga ish tajribasi va texnikaviy bilimi, ma’lumoti, vazifasi, majburiyati, huquqi, javobgarligi o’rnatilgan lavozim yo’riqnomasi kiritiladi. Sinov yoki o’lchashlarni o’tkazishda qatnashuvchi xodimlar ishlashi uchun malakaviy ma’lumotnomasi va injener-texnik ishchilar amaldagi tartibga muvofiq attestatsiyalashini ularni o’tkazish huquqiga attestatlangan bo’lishi shart.
Ishlarni o’tkazish uchun inshoot, atrof-muhit muhofazasi va xavfsizlik talablari (harorat, namlik, havoning tozaligi, yoritilganlik, tovush va titrashdan izolatsiyalangan, nurlanishdan himoyalangan, magnitli, elektrik va boshqa fizikaviy maydonlardan himoyalangan, elektr energiyasi, suv, havo, issiqlik, sovitish va boshqalar ta’minoti) sharoitlarini ta’minlovchi va ishlab chiqarish maydoni bo’yicha muvofiq bo’lishi lozim.
Atrof-muhit sharoiti, sinov, o’lchash va boshqa ishlarni o’tkazishda sinov natijasi va o’lchash aniqligiga ta’sir qilmasligi lozim.
Barcha qurilmalar vaqt o’tishi bilan eyilishi va buzilishdan himoyalangan bo’lishi; saqlanuvchanligi, uni ishga yaroqliligini ta’minlovchi sharoitlaridan tarkib topishi lozim.
Har bir sinov qurilmasi va o’lchash vositasi ro’yxatga olingan va muvofiq tamg’asi bo’lishi lozim.
Barcha sinov qurilmalari va o’lchash vositalari attestatsiyalanishi, qiyoslash va kalibrlanishi hamda ularni ta’mirlash imkoniyati ta’minlangan bo’lishi kerak.
Sinov qurilmalari attestatlash va o’lchash vositalarini qiyoslash O’zbekiston Davlat o’lchashlar tizimi (O’zDO’T) qoidalari va qo’llash hujjatlariga muvofiq o’tkaziladi.
Laboratoriya namunalarni saqlash va identifikatsiyalash tizimini ishlab chiqishi shart. Identifikatsiya laboratoriyada barcha namunalar xizmat muddati davomida saqlanadi. Bu tizim namunalar aralashib ketmasligini kafolatlashi lozim.
Natijalar sinov bayonnomalarida taqdim qilinadi. Akkreditlangan laboratoriya rahbari sinov natijalarining to’g’riligi va holisonaligi uchun javobgarlikni oladi va sinov bayonnomalarini imzolaydi.
Sertifikatlashtirish maqsadi uchun sinovni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan laboratoriyalar o’tkazishadi hamda bu sinovni oluvchi sertifikatlashtirish bo’yicha idora vakili sinov bayonnomasini imzolaydi.
Barcha turdagi o’tkaziladigan sinovlarga ishlab chiqilgan bayonnoma shakli ISOG’IEC 17025ga muvofiq bo’lishi va natijalardan noto’g’ri foydalanish va noto’g’ri tushunishga olib kelmasligi lozim.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling