O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Amerika Qo’shma Shtatlari sertifikatlashtirish faoliyati


Download 0.99 Mb.
bet77/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

6.3. Amerika Qo’shma Shtatlari sertifikatlashtirish faoliyati


AQShda iste’molchilarning huquqini muhofaza qilish qonuni asosida ish yuritiladi. Masalan, u erda «Milliy transport va avtomabillarni xavfsizligi», «Pestitsidlar va rodentitsidlar» haqida qonunlar mavjuddir. Ushbu qonunlar orqali sertifikatlashtirish tartibi to’g’ri bajariladi.


AQSh ning Federal hukumati sertifikatlashtirishning uchta asosiy darajadagi dasturlarini qabul qilib tasdiqlashgan.
Birinchi darajali dastur majburiy sertifikatlashtirilgan mahsulot uchun tayyorlangan bo’lib, bularning iste’molchi uchun sog’liqqa ziyon keltirilishi mumkin va ularni iste’mol qilganda to’g’dirishi mumkin bo’lgan hollarda ishlatilishi mumkin. Bu sertifikatlashtirish dasturi aviatexnikada, kemasozlikda, avtomobilsozlikda, konteynerlarda va trubaprovodlardagi faoliyatlar kiradi.
Ikkinchi darajali dastur bu Davlat mudofaa departamentlari, transport, savdo-sotiq, elektrofikatsiya orqali mahsulotni sertifikatlashtirish ko’zda tutiladi.
Uchinchi darajali dastur sifatli mahsulot, bahosi va uning kelib chiqish jarayonlari ko’zda tutiladi.
Bu sertifikatlashtirish dasturlari ixtiyoriy ravishda ishlatiladi.
AQShda sertifikatlashtirish milliy boshqarmasi mavjud emas. Amerika instituti qoshida sertifikatlashtirish komiteti ish olib boradi va sertifikatlashtirish qoidalarini, reestrini va tasdiqlash faoliyati bilan shug’ullanadi hamda shu bilan birga sertifikatlashtirish idoralarining faoliyatini tekshirish ishlarini olib boradi.


6.4. Frantsiya sertifikatlashtirish faoliyati


Frantsiyada ilk bora 1938 yil sertifikatlashtirish haqidagi qonun qabul qilingan. Bu qonun milliy standart belgisi NF, hozirgacha o’zgartirish kiritilgan holda ishlatilmoqda. AFNOR zimmasiga 1941 yil dekreti bilan NF belgisiga maqomi va chegaralarda sertifikatlashtirish faoliyati tizimi yuklatilgan.


Frantsiyada NF belgisi milliy standartlarga mos eng birinchi sertifikatlashtirish muvofiqlik belgisidir. Ushbu belgi shaharda va chet davlatlarda keng tarqalgan va qullanilab kelinmoqda.
Mas’uliyatsiz bosilgan har bir qadam jazoga tortilishi mumkin, oddiy ogohlantirishdan ushbu belgi liztsenziyasidan mahoum qilinishgacha borib etadi. AFNORhar bir noto’g’ri berilgan reklama, tovlamachilik, belgini noto’g’r yo’lda ishlatilganida ham qonuniy jazoga tortishi mumkin. AFNOR boshqarmasining sertifikatlashtirish tizimi uchi tomon faoliyat ko’rsatadi hamda korxona sifat tizimini, mahsulot namunasini sinash faoliyatini olib boradi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling