O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Turkiya sertifikatlashtirish tizimi
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.10. Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratilishi
- VII-BOB. EKSPERT-AUDITORLAR FAOLIYATI VA ULARNI TAYYORLASH
6.9. Turkiya sertifikatlashtirish tizimiTurkiyada sertifikatlashtirish turk milliy standartlari asosida o’tkazilib yoki xalqaro standartlar (Standartlashtirish bo’yicha Turkiya instituti TSE) orqali amalga oshiriladi. Import mahsulotlari uchun quyidagilar belgilanadi: - muvofiqlik sertifikati – mahsulotning muvofiqligi haqida bo’lib, ushbu sertifikat mahsulot attestatsiyadan o’tgandan so’ng beriladi. - shartli sertifikat, buyurtmachining ma’suliyatiga yuklatilib, faqatgina boshqarma tomonidan o’kaziladi. Ushbu sertifikat faqat oddiygina mahsulotlarga quyiladi (Kir yuvish vositalari va 24 mahsulotlar uchun) - vaqtinchalik sertifikat – ba’zi iste’ino qilingan mahsulotlar uchundir. - namunaviy tovarlar uchun sertifikat. Butun jahon xalqaro savdo tashkiloti qoidalari 6.10. Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratilishiRosiya davlat standartining sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimlarini tashkil etish bo’yicha Butunrossiya standartlashtirish ilmiy tadqiqot ilmgohi (Vserossiyskiy nauchno- issledovatelskiy institut standartizatsii - VNIIS) bosh tashkilot bo’lib hisoblanadi. VNIIS dunyodagi sertifikatlashtirish sohasidagi ilg’or tajribalarni mujassamlashtirib, Rossiyani dunyo bozorida teng xuquq bilan qatnashishiga asos solmoqda. Ilmgoh Rossiya davlat standarti (Rosdavstandart)ning akkreditlash bo’yicha vakili Hisoblanib, u sertifikatlashtirish va akkreditlangan sinov laboratoriyalarining idoralari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Korxonalarni sertifikatlashtirish sohasida etarli axborot va uslubiy materiallar bilan ta’minlash, malaka oshirish maqsadida sanoat xodimlari uchun maxsus kurslar tashkil qilinib, ularga turli maslahatlar berilmoqda. Hozirning o’zidayoq ko’pgina etakchi mamlakatlarda rivojlangan infratuzilishli, tegishli idoralari, yuqori malakali ekspertlari, me’yoriy-uslubiy negiziga ega bo’lgan sertifikatlashtirish milliy tizimlari tuzildi va tuzilmoqda. Rossiyada sertifikatlashtirish tizimi "GOST" sertifikatlashtirish tizimi" deb yuritiladi. Bu ochiq tizim bo’lib, har bir tashkilot yoki korxona, agar uning qoidalari bilan rozi bo’lsa va ularga amal qilsa, unga kira olishi mumkin. "GOST" tizimiga asos qilib, ISO va MEKlarning hujjatlari, shuningdek 45000 seriyali Evropa standartlari olingan. Tizimning asosiy qonun-qoidalari, tuzilishi va tartiblari 1991 yilda davlat standartlari tomonidan belgilangan. Rossiyada sertifikatlashtirishni maxsus akkreditlangan laboratoriyalar yoki uning topshirig’iga asosan VNIIS amalga oshiradi, chunki u akkreditlash buyicha milliy idoraning vakilidir. Sertifikatlashtirishni o’tkazish bilan bog’liq barcha xarajatlar tayyorlovchi hisobidan bo’ladi. Xarajatlarni to’lash yo’li har xil bo’lishi mumkin: sertifikatlashtirish xizmati uchun bir yo’la to’lash orqali, hamda sertifikatlashtiriluvchi mahsulot (sifat tizimlari)ni nazorati uchun vaqti-vaqti bilan yoki muvofiqlik belgisidan foydalanganligi uchun to’lash orqali. Etakchi mamlakatlarning amaliy tajribalarini qo’llagan holda, quyidagi xizmatlar uchun bir yo’la to’lash qabul qilingan: - talabnomalar va boshqa sertifikatlashtirish buyicha taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizalari uchun; - mahsulot sinovlarini o’tkazish uchun; - sifat tizimlarini baholash va (yoki) sertifikatlashtiriluvchi mahsulot chiqaradigan korxonani attestatlash uchun; - muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qaror qabul qilinganligi, uni rasmiylashtirish va ro’yxatdan o’tkazish uchun. Mustaqil davlatlar hamdo’stligini (SNG) tashkil qilinishi munosabati bilan sobiq Ittifoqdagi standartlarning ishlatish muddatlari 1992 yildan rasmiylashtirishga kelishilgan. Shu maqsadda ilgarigi ba’zi standartlar hozirda ham o’z kuchlarini yuqotgani yo’q. Rossiya davlat standarti va VNIIS ko’pgina, dunyoda obro’li, sertifikatlashtirish bo’yicha tan olingan mamlakatlar tizimlari bilan aloqalarni yaxshilash yo’lida ish olib bormoqdalar. Ular bu sohadagi ishlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, mamlakatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishini boshqa mamlakatlarda tan olishligiga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda VNIIS sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha nemis jamiyati va Lloyd Registr bilan bitimlari bor. Bir-birining ish natijalarini tan olish maqsadida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shvetsariya, Kanada va boshqa mamlakatlar bilan ham ikki tomonlama kelishuv imzolangan bo’lib, bunga ko’ra quyidagilar ko’zda tutilgan: - sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorlar tayyorlovchi yagona maktab yaratish; - sifat tizimlarini baholashda birgalikda tekshiruv o’tkazish; - sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idorasining "sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda javobgar bo’lgan sertifikatlashtirish idoralari uchun umumiy mezonlar" EN 45012 raqamli Evropa me’yoriy hujjatiga muvofiq alohida tashkilotni tuzish va shu kabi boshqa masalalar. Yuqoridagi qayd qilingan uchta masalalardan amalda ikkitasi ro’yobga chiqmoqda. 1991 yil sentyabr oyida 24 kishidan iborat birinchi ekspert-auditorlarni tayyorlash nihoyasiga etib, ularning hammasi sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus kurslarni nemis jamiyati bilan hamkorlikda tugatdilar va o’qish yakuniga qarab ularning barchasini Rosdavstandart qarori bilan ekspert-auditor sifatida ro’yxatga olindi. Rossiyada sertifikatlashtirish milliy tizimining vujudga kelishini turli tizimlar majmui holida yoki aniq mahsulot bo’yicha sertifikatlashtirishda yoxud majburiy va ixtiyoriy tus olgan sinovlarning turlari bo’yicha ifodalash mumkin. Hozirgi vaqtda "Iste’molchi xuquqlarini himoyasi haqida" Qonuniga binoan havfsizlik va ekologik parametrlar bo’yicha mahsulotning sertifikatlashtirish tizimlari yanada takomillashtirilmoqda. Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish tizimlari to’rtta darajadagi idoralardan iborat. Birinchi darajadagi idoraga Rossiya Federatsiyasining sertifikatlashtirish milliy idorasi kiradi. U Rosdavstandarti bo’lib, sertifikatlashtirish bo’yicha respublikada tashkiliy ishlarni boshqaradi va xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi: - mahsulot (xizmat)ning sertifikatlashtirilishini Rossiya hududida o’tkazishning umumiy qonun-qoidalarini belgilash; - xalqaro va mintaqaviy setrifikatlashtirish tizimlariga qo’shilish va sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olish haqida qaror qabul qilish; - lozim topilgan hollarda Rossiya Federatsiyasining tashqi mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarida va xalqaro tashkilotlarda vakolatxonasiga ega bo’lish. Ikkinchi darajadagi idoralar - bular qonunda ko’rsatilgan bo’ladi yoki hukumat Qarorlari bilan davlat tashkilotlariga yuklatiladi va buni markaziy setrifikatlashtirish tizimlarining idoralari deb ataladi. Uchinchi darajadagi idoralarga aniq mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari kiradi. Bular akkreditlanish natijalariga qarab sertifikatlashtirishni o’tkazuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardir. To’rtinchi darajadagi idoralarga akkreditlangan sinov laboratoriyalari kiradi, Akkreditlanishi natijalariga qarab, aniq sinovlar yoki ularning aniq xillarini qonuniy ravishda amalga oshiradi. Mahsulotning sertifikatlashtirilishi natijasida so’rovchiga sertifikat, hamda litsenziya kelishuviga asosan aniq namuna uchun muvofiqlik belgisini ishlatish xuquqi beriladi. Sertifikatlashtirish sohasidagi hamma ishlar kelishilgan holda manfaatdor bo’lgan tomonlarga etkazilishi shart. Faqat tijorat sirlarini tashkil etuvchi xabarlar bundan mustasno hisoblanadi. VII-BOB. EKSPERT-AUDITORLAR FAOLIYATI VA ULARNI TAYYORLASHDownload 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling