O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet74/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Nazorat savollari

  1. Akkreditatlash idorasi qanday vazifalarni bajaradi?

  2. Akkreditatsiya idorasi O’zbekiston Respublikasining qanday Qonunlari asosida faoliyat yuritadi.

  3. Akkreditatsiya idorasining rahbari qanday vazifalarni bajaradi?

  4. Akkreditatsiya belgisi nima?

  5. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish tartibi va shakli kim tomonidan o’rnatiladi?

  6. Qanday me’yoriy hujjatlarga asosan sinov laboratoriyalarining attestatsiyasi amalga oshiriladi.

  7. Qaysi hujjatda sertifikatlashtirish idoralari (SI) va sinov laboratoriyalarini (SL) akkreditatsiyalash tartibi belgilangan.

  8. Qaysi me’yoriy hujjatlarga muvofiq SI va SL faoliyatini inspektsiya nazorati o’tkaziladi?

  9. Qaysi me’yoriy hujjatda SMTni sertifikatlashtirish idoralariga talablar qo’yilgan?

  10. O‘zDSt 16.10:2009 davlat standartiga asosan mahsulotni sertifikatlashtirish idorasida kim ekspert auditor bo’lishi kerak?

  11. Yuklashdan avvalgi inspektsiyani amalga oshiruvchi konsalting firmalari qaysi me’yoriy hujjat talablariga muvofiq bo’lishlari kerak?

  12. Sinov laboratoriyalari nima maqsadda akkreditatsiyadan o’tkaziladi?

  13. Qanday hollarda akkreditlangan sinov laboratoriyasi, sinov bayonnomasida o’lchovlarning baholangan noaniqligini ko’rsatishi kerak?

  14. Inspektsiya nazorati qanday amalga oshiriladi?

VI-BOB. XORIJIY DAVLATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI




6.1. Xalqaro, hududiy milliy miqyoslarda sertifikatlashtirishning rivojlanishi


1990 yillarning o’rtalarida Evropa Ittifoqida (ES) mahsulot sifati bo’yicha yangi siyosat qabul qilindi.


Sifatga e’tiborni kuchaytiradigan ba’zi omillarni ta’kidlaydigan bo’lsak, avvalambor bu, Evropa bozorining mahsulotga va narx raqobati bo’lmagan mahsulotlarga to’yinishida ko’rinadi. Bu esa o’z navbatida sifatga to’yinishga asos soladi. Umumiy bozorni tashkil qilish – ularning raqobatlashishi keyinchalik rivojlanishi uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan omil, shuning uchun yangi yo’nalishlarni izlash davom etmoqda. Izlanishlar shuni ko’rsatayaptiki ba’zi Yaponiya va Amerika kompaniyalari bu yo’nalishlarda Evropaliklardan o’zib ketgan.
F. Krosbi assotsiatsiyasining izlanishlariga qaraganda bir nechta, dunyo miqyosida tanilgan firmalar tekshirilganda Amerika va Evropadagi sifatning raqobatlashishdagi roli har xilligi aniqlandi. Bu talabga Farbiy Evropaning 34 %, AQShning va Tinch Okeani regionlarining 53 % kompaniyalari javob beradi. Sifat tizimlarining TQM kontseptsiyasidan Evropa firmalarining 30 %i foydalanadi.
Amerika Federal institutining statistik ma’lumotlariga bo’yicha dunyoning 2800 ishlab chiqarish firmalari va tsexlarining 70 %i TQMga moslashgan. Sifatni boshqarish bo’yicha Evropa fondi (EFQM) mutaxassislari tadqiqotlariga qaraganda mahsulotning past sifatli bo’lganligi sababli talabgorlarning mahsulotdan voz kechishi mahsulotning tan narxi bo’yicha Yaponiyada 12 %gacha, Evropada esa 25 % gacha zarar keltirishi aniqlangan.
Vaziyatni tahlil qilib ES ekspertlari shu fikrga keldilarki, shunday sifat siyosatini shakllantirish va rivojlantirish kerakki, u o’z ichiga nafaqat mahsulot va xizmatlarni, balki standartlashtirishni, sertifikatlashtirishni, nazorat va firmalarning raqobatdoshlilik tahlillarini o’z ichiga olishi kerak.
Sifat siyosatining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat.

  • Sifat bo’yicha umumiy kontseptsiyalarni ishlab chiqish va bu borada milliy va yagona bozor shartlariga kelishish;

  • Har doim sifatni yaxshilanib borishi uchun muhit yaratib berish;

  • Davlat sektori va xususiy sektordagi ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatiga nisbatan bo’lgan talablarni o’zaro yaqinlashtirish natijasida sifatni yaxshilash;

  • Iste’molchilarning talablarini to’la qondirish uchun ishlab chiqarish strukturalariga sifatni oshirish borasidagi zamonaviy tendentsiyalarning ta’sirini oshirish;

  • ES davlatlari korxonalarining sifatni boshqarish bo’yicha turli xil usullarini ishlatib Evropa iqtisodiyoti pozitsiyasini yaxshilab, uning raqobatdoshligini kuchaytirish;

  • Sanoat potentsialidan foydalanish samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishni qo’llab-quvvatlash va korxonalarning ilmiy texnika sohalarida rivojlantirish.

¡zining sifat siyosatini yaratib, ES hamjamiyati boshqaruv idoralarining, ishlab chiqarish kompaniyalarining va iste’molchilarning mahsulotlar sifatini yaxshilanishi borasidagi umumiy masalalarni hal etishdagi tutgan o’rnini aniqlab beradi. Har bitta kompaniya o’zining amaliy mablag’ini kiritib bu umumiy zanjirda o’z o’rnini egallaydi. Iste’molchi qimmatbaho informatsiyalar manbai va yangi g’oyalarni o’zida kasb etadi. Shuning uchun ham iste’molchini xabardor qilib turib, sohaning har bir tarmoqlarida iste’molchi bilan aloqada bo’lish kerak. Bu o’z navbatida firmalarning ijtimoiy ish qobiliyatini yuksak darajada oshirishga, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining yanada yuqoriroq ko’rsatkichlariga erishish imkoniyatini beradi.
Sifat bo’yicha Evropa siyosati quyidagi asosiy printsiplarga suyangan holda ish yuritadi.:

  • kooperatsiya va bir-birini to’ldirish printsipi;

  • asosli yondashish;

  • ijtimoiylik printsipi;

  • strukturalash printsipi;

  • yangi sifat kontseptsiyalarini qo’llash.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling