O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Akkreditlashtirish bo’yicha ishlarini amalga oshirishning umumiy qoidalari va tartibi


Download 0.99 Mb.
bet68/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

5.3. Akkreditlashtirish bo’yicha ishlarini amalga oshirishning umumiy qoidalari va tartibi


Sertifikatlashtirish idoralar, sinov laboratoriyalari va nazorat idorlarini akkreditlashtirish mezoni2006 yil 17 iyulda Adliya vazirligida 1596-sonli ro’yxatga olingan “Akkreditlashtirish qoidalari”da ta’riflangan.


Barcha ob’ektlar uchun akkreditlashtirishning umumiy mezonlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • muvofiqlikni tasdiqlash va baholash bo’yicha ishlarni bajarish qoidalarini o’rnatuvchi va akkreditatsiyalashtirishga talabgor (arizachi) yuridik maqomini (agar, yuridik shaxs bo’lib hisoblangan holatlarda) tasdiqlovchi hujjatlar;

  • maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, malakaviy xodimlarning attestatsiyalanganligi;

  • amal qiluvchi sifat menejmenti tizimi.

Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarni akkreditlashtirish uchun quyidagilar qo’shimcha mezonlar bo’lib hisoblanadi:

Nazorat idoralarini akkreditlashtirish uchun quyidagilar qo’shimcha mezonlar bo’lib hisoblanadi:

  • baholash ob’ekti iste’molchilar, ta’minotchilar va ishlab chiqaruvchilardan mustaqilligi;

  • baholash ob’ektiga me’yoriy hujjatlarning mavjudligi;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va akkreditlangan laboratoriyalar bilan hamkorlik qilish to’g’risidagi kelishuvning mavjudligi.

O’ziga xos mezon bo’lib sertifikatlashtirish bo’yicha idora va nazorat idorasi rahbarlari, sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni va sifat tizimini tekshirishni amalga oshirishga rahbarlik qilish uchun sifat bo’yicha akkreditlangan ekspert-auditorlar bo’lishi shart.
Laboratoriyalarni akkreditlash uchun quyidagilar qo’shimcha mezonlar bo’lib hisoblanadi:

  • sinov vag’yoki o’lchash usullariga me’yoriy hujjatlar;

  • me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq atrof-muhit sharoiti va ishlab chiqarish inshooti;

  • sinov qurilmalari vag’yoki o’lchash vositalari;

  • o’lchash va sinov natijalarining yagonaligini ta’minlash.

Bunda sertifikatlashtirish sinovg’o’lchashini o’z kuchi bilan o’tkazish huquqiga talabgor laboratoriyalar iste’molchilar, ta’minotchilar va ishlab chiqaruvchilardan mustaqil bo’lishi lozim.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarga talablar to’la-to’kis ISOG’IEC 65:1996 Xalqaro qo’llanmasi va EN 45011 Evropa standatlarining modifikatsiyasini ifoda etgan O‘zDSt 16.10:2009 Davlat standarti o’rnatilgan. Sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarning boshqa turdagi, masalan, xizmatlar, sifat tizimi, xodimlar va nazorat idoralari sifatidagi faoliyatlariga talablar O‘zRH 51-078, O‘zDSt 5.4, O‘zDSt 5.6, O‘zDSt 16.2 me’yoriy hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarga mezon sifatida O‘zDSt ISO 9001 xalqaro standarti ham qo’llaniladi. Masalan, MYu 1596-sonli akkreditlashtirish qoidalari bo’yicha qo’shimcha mezonlarga sertifikatlashtirish bo’yicha idora sertifikatlashtirish natijalariga ishonchni ta’minlash va muvaffaqiyatli ishchi holatda bo’lishi uchun quyidagi mezonlarga muvofiq bo’lishi lozim:

  • sifat sohasidagi faoliyatni yaxshilash va sertifikatlashtirishni o’tkazish to’g’risidagi isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi;

  • haqqoniylikg’xolislik;

  • sertifikatlashtirish protsedurasi bo’yicha qaror uchun javobgarlikni olishga tayyorligi;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini ishchi holatda ushlash uchun zaruriy resurslar va moliyaviy barqarorlik;

  • xabardorlik va oshkorlik.

Tashkilotlarga yordam beruvchi, ya’ni akkreditlashtirishga tayyorlanishni xohlovchilar uchun O‘zRH 51-056:2003 “O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish tizimi. Sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar sifat bo’yicha qo’llanmasi. Ishlab chiqish bo’yicha uslubiy qo’llanma” rahbariy hujjat mavjud.
Sertifikatlashtirish idorasi sifatida o’rnatilgan talablarga javob beruvchi va zaruriy layoqatga ega bo’lgan, mulkchilikning ixtiyoriy shaklidagi akkreditlangan tashkilot bo’lishi mumkin.
Barcha mezonlar o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib va hujjatlarga muvofiq tasdiqlangan bo’lishi shart.
Sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiyalash uni akkreditlashtirish sohasi o’rnatilgan qonuniy holda o’tkazish bilan rasman tan olish bo’lib hisoblanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling