O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


IV-BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA MUVOFIQLIKNI BAHOLASH VA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI


Download 0.99 Mb.
bet52/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

IV-BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA MUVOFIQLIKNI BAHOLASH VA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI




4.1. Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi tushunchalar va uning mohiyati


Muvofiqlikni baholash mahsulot, jarayon, tizimga nisbatan o’rnatilgan talablarni shaxslar yoki idoralar tomonidan baholashni amalga oshirishning bajarilishini tasdiqlash zaruriyati bilan bog’liq. Muvofiqlikni tasdiqlash mahsulot, jarayon, tizim, shaxslar yoki idoralarni xalqaro, hududiy yoki milliy standartlarga tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan talablarning bajarilishini kafolatlashga xizmat qiladi (4.1-rasm).



Xalqaro standartlarni hamma tomonlama uyg’unlashtirish va tan olinishi savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etish va raqobatni rivojlantirishning samarali vositalaridan biri. Fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlarni yagona iqtisodiy siyosat asosida o’zaro bog’langan holda rivojlanishi hamda xalqaro savdo-sotiqni kengaytirishda muvofiqlikni baholash tizimi va bajariladigan jarayonlarni bir xillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shuni tasdiqlab o’tish kerakki, barcha tizimlar va muvofiqlikni baholash jarayonlarida barcha qiziquvchi tomonlarni jalb qilish, ochiq-oydinlik va savdoda ortiqcha to’siqlarni yaratmaslik, haq-huquqlarini cheklamasligini ko’zda tutib maqsadli harakat qilinishi kerak. Shu maqsadda dunyo bo’yicha tan olingan standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot barcha mamlakatlar, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar uchun ham muvofiqlikni baholash tizimida qator xalqaro standartlarni amaliy aniqlab bergan.
Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari ISOG’IEC 60 xalqaro qo’llanmasida keltirilgan. Muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi barcha tashkilotlar, jumladan, muvofiqlikni baholash va akkreditlashtirish bo’yicha idoralar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim:

  • xalqaro standartlar va ISOG’IEC qo’llanmalariga asoslanib, o’z faoliyatlarini olib borishi;

  • o’zining texnik layoqatligini saqlab turish, ya’ni muvofiqlikni baholash natijalarining tan olinishini soddalashtirish va mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarni o’rnatilgan talablarga muvofiqligini etarli darajada kafolatlashi;

  • barcha maxfiy ma’lumotlarni himoyalashi;

  • o’z faoliyatini kasbiy halollik bilan amalga oshirishi, odob-axloq tamoyillariga rioya qilish va kamsitmaslikka qaratilgan tarzda, shuningdek, tomonlarning barcha nizolaridan o’zini chetga olishi;

  • adolatli va samarali tarzda tezkorlik bilan ishlashi, talabnomani ko’rib chiqishi va baholashni bajarishi;

  • shikoyat yoki apellyatsiya holatlarini ko’rib chiqishda adolatli va samarali tarzda, tezkorlik bilan to’g’rilovchi amallarni amalga oshirishi zarur;

  • muvofiqlikni baholash, muvofiqlik guvohnomasini berish haqidagi tasdiqlovchi qaror yoki uning rad etilishi, bekor qilish, to’xtatish va faoliyatga chek qo’yish bo’yicha faoliyatlari haqidagi yozuvlarni yuritish hamda saqlashi;

  • barcha arizachilarga taklif etilayotgan xizmatlar va uning uchun to’lov shartlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga tayyorligi hamda beriladigan sertifikatlar, akkreditlash sohasi va h.lar to’g’risida ma’lumotlar mavjudligi;

  • o’zining layoqatliligini muvofiq mexanizmlar (masalan, akkreditlash, ekspert baholash)dan foydalanish yo’li bilan namoyish qilishi;

  • muvofiqlikni baholash jarayoni haqida muvofiq hujjatlashtirilgan ko’rsatma bilan hisobotni, zaruriyat bo’lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni yoki talab qilingan to’g’rilovchi amallarni arizachiga taqdim etishi;

  • muvofiqlik belgisidan foydalanilgan holatlarda bu belgi bilan bog’liq bo’lgan noto’g’ri foydalanishlardan himoya qilish uchun qo’llash qoidalari yoki shartlarini ta’minlashi;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar ishtiroki bilan bog’liq bo’lgan muammolarni va rivojlangan mamlakatlar faoliyati natijalaridan foydalanishni hisobga olish.

Asos soluvchi ISOG’IEC 17000 xalqaro standarti bo’yicha muvofiqlikni baholash bu “mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarga berilgan talablarning bajarilishini asoslash yoki isbotlash” deb ifodalangan. Bunda muvofiqlikni baholash deganda sinov, nazorat, muvofiqlikni tasdiqlash hamda muvofiqlikni baholash bo’yicha akkreditlangan idoralar kabi faoliyat turlari tushuniladi. Sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va nazorat idoralari hamda muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarni akkreditlashda idoralarning muvofiqlikni baholash bo’yicha amalga oshirayotgan faoliyatlari muvofiqlashtiriladi. “Muvofiqlikni tasdiqlash” jarayoni “arizani, ob’ektni tekshiruvdan so’ng belgilangan talablarni bajarishini isbotlanganligi to’g’risidagi qaror qabul qilinganligi asosida (sertifikat ko’rinishida rasmiy hujjat yoki muvofiqligi to’g’risida deklaratsiya) berish” sifatida ifodalangan jarayondir.
ISOG’IEC 17000 standarti bo’yicha akkreditatsiya bu “muvofiqlikni tasdiqlovchi uchinchi tomon, muvofiqlikni baholash bo’yicha idoraga tegishli bo’lib, muvofiqlikni baholash bo’yicha muayyan topshiriqlarni bajarish uchun uning layoqatliligini rasmiy isbotlashga xizmat qiladi”.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling