O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyati
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyati. Germaniyada sertifikatlashtirishning asosi bo’lib Federal hokimiyat miq’yosida qabul qilingan qonunlar xizmat ko’rsatadi. Bular o’z ichiga sog’liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini, iqtisodiyot resurslarini, iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan qonunlarni qamrab oladi. Bu qonunlarga asosan, 1968 yilda qabul qilingan «Jihozlarning xavfsizligini ta’minlash to’g’risida» qonuni kiritilib, bu qonunning asosi bo’lib tabiatni muhofaza qilish qonunlari xizmat qilgan.
Ishlab chiqaruvchi yoki chetdan mahsulot olib kiruvchining mahsuloti mavjud qonunlarga muvofiqligi texnik nazorat vakolatiga ega idoralarda tekshirilgan va federal hokimiyat buyruqlariga asoslangan bo’lsa, unga tekshirilganlik GS «xavfsizlik belgisi»ni qo’yishi mumkin bo’lgan. Sertifikatlashtirish bo’yicha Germaniyada faoliyat olib boradigan asosiy ettita tizim mavjud bo’lib, ularning doirasida 400dan ortiq boshqarmalar ish yuritadi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha eng faol ish olib boruvchi tashkilot sifatida DINmavjud. U Germaniyadagi standartlarga muvofiqlikni tekshirish bo’yicha ish olib boradigan instituti. DINsertifikatlashtirish tizimida nazorat va qoidalarni ishlab chiqib, joriy qiladi. Mahsulotni talablarga muvofiqligini tasdiqlash DIN belgisi bilan tamg’alanadi yoki buyumlar DIN-qepruft (nazorat-tekshiruv belgisi), yoki mahsulotga muvofiqlik sertifikati topshiriladi. DIN belgisi gaz va suv ta’minoti buyum va apparatlaridan tashqari, barcha turdagi mahsulotlarga DIN-qepruft belgisi qo’llaniladi. Elektr tarmoqlarni sertifikatlashtirish Germaniya elektrotexniklar kengashi (VDE) orqali bajariladi. To’rtta sertifikatlashtirish tizimi DIN standartlari yoki VDE texnik shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bu har bir tizim VDE asosida o’zining muvofiqlik belgisiga ega. Tizimda quyidagi buyum turlarini sertifikatlashtirish amalga oshiriladi: xo’jalik elektrotexnik qurilmalari, yoritish qurilmalari, transformatorlar xavfsizligi, televizion qurilmalar, radio qurilmalar va h.; elektr kabel va arqonlar; elektromagnit o’xshashlikdagi sinov ro’yxatiga olingan elektr qurilmalari; elektron texnika buyumlari. Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha Germaniya jamiyati (DQS) firmalarning ixtiyoriy asosda bergan rasmiy arizalariga ko’ra korxonaning sifat tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi. 1991 yilda Nemis akkreditatsiya bo’yicha Kengashi (DAR) tashkil etilgan bo’lib, Germaniyada akkreditlashtirish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi. Akkreditlashtirish bo’yicha markaziy idora bevosita texnika, tibbiyot mahsulotlari, xavfli moddalar hamda pochta sohasi, informatsion texnikada xavfsizlik va telekommunikatsiya sohalarida qonuniy boshqarishni amalga oshiradi. Qonunda boshqarilmaydigan sohalar bo’yicha akkreditlashtirishni (menejment tizimi va xodimlarni sertifikatlashtirish) 1990 yil tashkil topgan akkreditlashtirish bo’yicha bosh tashkilot (TGA) olib boradi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling