O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet63/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Nazorat savollari
1. Muvofiqlikni baholash nima va u qanday amalga oshiriladi?
2. Mahsulot muvofiqligini baholashga nimalar kiradi?
3. Muvofiqlikni baholash xalqaro miqyosda qanday amalga oshiriladi?
4. Muvofiqlikni tasdiqlashning qanday turlari mavjud?
5. Akkreditlashtirish nima?
6. Majburiy muvofiqlikni tasdiqlash shaklini tanlashga qanday yondashuvlar mavjud?
7. Muvofiqlikni baholash bo’yicha Evropa modullaridan qaysilarini bilasiz?
8. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosida sertifikatlashtirish faoliyatini tushuntiring.
9. Amerika Qo’shma Shtatlarida sertifikatlashtirish faoliyati qanday amalga oshiriladi?
10. Frantsiyadagi sertifikatlashtirish faoliyatini tushuntiring.
11. Yaponiyada sertifikatlashtirish faoliyati qanday amalga oshiriladi?
12. Xitoyda sertifikatlashtirish faoliyati qanday amalga oshiriladi?

V-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKKREDITLASHTIRISH TIZIMINING ASOSIY QOIDALARI




5.1. Akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar


Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash natijalarini o’zaro tan olish, bu sohada davlatlararo hamkorlik akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini tan olishga asoslanadi.


Xalqaro amaliyotda akkreditlashtirish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish to’rtta asosiy shaklda amalga oshiriladi:
a) muvofiqlikni baholashning barcha sohasi uchun yagona akkreditlovchi idoralar (Angliya, Frantsiya, Vengriya, Turkiya va boshqalar);
b) akkreditlashtirish bo’yicha turli xil, bir-birini takrorlamaydigan sohalarda faoliyat yurituvchi, sertifikatlashtirish va sinash sifatida ishlaydigan bir nechta idoralar (Italiya, Yaponiya);
v) akkreditlashtirish bo’yicha markaziy muvofiqlashtiruvchi idorasi mavjud bo’lgan, bir-biri bilan raqobat asosida ish yurituvchi bir qancha idoralar (Germaniya);
g) akkreditlashtirish bo’yicha raqobatchilik asosida ularning faoliyati muvofiqlashtirilmagan bir qancha idoralar (AQSh).
Ko’p hollarda Evropa davlatlarida Akkreditlashtirish bo’yicha yagona idora yaratilgan. Yagona idora bilan akkreditlashtirishga yondashuvni ko’pgina dunyo davlatlarida va EIdagi afzalligini ko’rish mumkin. Ushbu yondashuv imkoniyatlariga quyidagi akkreditlashtirish bo’yicha yagona preyskurantda to’lovlarni amalga oshirish, ekspertlarni tanlashda yagona yondashuv, akkreditlashtirishda yagona mezonlarni qo’llash, xalqaro kelishuv va milliy qonunlarni bajarishda davlat idoralari va Hukumat bilan aloqalarni engillikda olib borishni qo’shish mumkin.
Markazlashgan tizim nufuzli bo’lib, bunday tizimga sanoat guruhlari tomonidan kamdan-kam e’tirozlar kelib chiqadi. Ammomarkazlashgan tizimning akkreditlashtirish qoidalari va mezonlari turlicha ekanini, shak-shubhasiz, xizmat va mahsulot ishlab chiqaruvchilar salbiy holat deb aytishadi. Bu esa turli xil sertifikatlar ko’plab iqtisodiyot vakillari, ma’muriy idoralar va xorijiy mamlakatlarda tan olinmasligini keltirib chiqaradi.
Akkreditlashtirish idorasini yaratish, qoida sifatida Hukumatni qo’llab-quvvatlashi davlat me’yoriy aktlari asosida amalga oshiriladi. Hukumat ko’magidan ko’zlangan maqsad xorijda va davlatlardagi jamiyat ko’z o’ngida va akkreditlashtirish idorasiga nufuz keltiradi.Davlat turli xil shaklda akkreditlashtirish idoralari faoliyati ustidan, shuningdek, akkreditlashtirish idoralari va Hukumat o’rtasida tuzilgan kelishuv va memorandumlar asosida nazoratni amalga oshiradi.
Milliy darajada davlat ichida muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralar ishlarining natijalarini tan olishda akkreditlashtirish muhim bo’lib hisoblanadi.
Davlatlar o’rtasida muvofiqlikni baholash ishlarining natijalarini tan olishni tashkil qilish ham akkreditlashtirishga asoslanadi. Bunda akkreditlashtirish idoralari bilan kelishuv tuziladi. Ba’zi bir holatlarda kelishuv muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralar o’rtasida tuziladi. Hozirgi kunda bir qancha ikki tomonli va ko’p tomonli kelishuvlar amal qilmoqda. Masalan, ularga Akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro forum (International Accreditation Forum– IAF), laboratoiyalarni akkreditlashtirish bo’yicha xalqaro kooperatsiya (International Laboratory Accreditation Cooperation – ILAC), Akkreditlashtirish bo’yicha Evropa hamkorligi (European cooperation for Accreditation– EA) shular jumlasidan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling