O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Yaponiyada sertifikatlashtirish faoliyati
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Yaponiyada sertifikatlashtirish faoliyati. Yaponiyada asosan ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlari mavjud bo’lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, raqobat tufayli majburiy sertifikatlashtirishga aylangan. Mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan birga ularning turli tekshiruvlari ham olib boriladi. Mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish bo’yicha 25dan ortiq qonunlar mavjud bo’lib, bularning ba’zilari faqat mahsulotlarning tekshiruvlarini olib borish faoliyatiga qaratilgan. Bu qonunlar ichida sanoat xavfsizligi, iste’mol tovarlari xavfsizligi to’g’risida, dorilashni nazorat qilish to’g’risida, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida kimyoviy moddalardan foydalanish to’g’risida, o’simliklarni himoyalash to’g’risida, farmatsevtika to’g’risida, avtotransportlar haqida, telekommunikatsiya va boshqalar to’g’risida qonunlar muvjud.
Import ham mahalliy mahsulot kabi shunday nazorat qilinadi. Amaliyotda barcha sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari davlat yoki tarmoq miqyosida tekshiriladi. Hukumat import qiluvchilar uchun sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish tizimi to’g’risida ma’lumotlar, qisqacha qonuniy aktlarni «Yaponiya standartlar va sertifikatlashtirish» to’plamida foydali ma’lumotlarni tayyorlab chop etadi. Standartlarga muvofiqligini kafolatlovchi hamda sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha eng nufuzli tashkilotlardan biri Yaponiya sanoat standartlari komiteti (JISC) bo’lib, u tomonidan ishlab chiqilgan standartlar qator vazirliklar tomonidan (qishloq xo’jaligi, tashqi savdo va sanoat, o’rmonchilik, baliqchilik, qurilish, aloqa xizmati va maorif) qabul qilingan. Oziq-ovqat, qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlari uchun JAS standartlari talablari asosida sertifikatlashtirish ishlari olib boriladi. Yaponiyada qishloq xo’jalik assotsiatsiyasi tomonidan ham standartlar ishlab chiqilib, u qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlarini standartlashtirish va tamg’alashga mo’ljallangan. Sertifikatlashtirish tizimiga yapon standartlarining hammasi ham kiritilmagan. Vazirliklar sertifikatlashtirish darajasini kengaytirishga, tarqalishi, ishlab chiqarishni ratsionalizatsiyalash, ularni qo’llash va iste’moli hamda xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiyani tejash bo’yicha davlat siyosatiga erishish imkoniyatini beruvchi mahsulot turlarini tanlaydi. Vazirliklar qarori bo’yicha 1000 ta standartlar tanlangan va ularni muvofiqlik JISC belgisi bilan tasdiqlash mumkin. Bunday tasdiqlash faqat mahsulotlarga tegishli bo’lmasdan, uni tayyorlash texnologiyasida ham qo’llaniladi. Oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlari uchun Yapon qishloq xo’jaligi assotsiatsiyasi ishlab chiqqan standartlari JAS muvofiqlik sertifikatlashtirish standartlaridan foydalaniladi. Ular qishloq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va tamg’alash haqidagi qonunga asoslangan. Sertifikatlashtirish mahsulot turkumidan tasodifiy tanlab olingan namunani sinashg’nazoratiga asoslangan. Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi Vazirligi ro’yxatidan o’tgan betaraf tashkilotlar nazoratni o’tkazadi. JISC va JAS belgisini qo’llash huquqini olish xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun anchagina qiyin, chunki barcha hujjatlarni yapon tilida yozish va yuritish nazarda tutilgan. Xorijiy tashkilotlar ko’p holatlarda shartnoma asosida Yaponiya Tashqi savdo va sanoat vazirligi nazorati ostida o’zining belgisini qo’yishi va inspektsion nazoratni amalga oshirish, sinov laboratoriyalarida sifatni tekshiruvdan o’tkazish huquqini olishi mumkin. Tashqi savdo bo’yicha mahsulot sifati nazorati va xavfsizligi sohasidagi Yaponiya usuli, tajribasini, ayniqsa, rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida va boshqa mamlakatlarida keng qo’llanilishini ko’rish mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling