O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Xalqaro miqyosda sertifikatlashtirish tartibi
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Xalqaro miqyosda sertifikatlashtirish tartibi. Umumiy holatda sertifikatlashtirish uch xil sharoitga rioya etilishi mumkin:
baholash ob’ekti haqiqatda bo’lishi lozim; ob’ektga o’rnatilgan talablar bo’lishi lozim, masalan me’yoriy hujjatlarda; o’rnatilgan talablar bo’yicha ob’ekt muvofiqligini baholash usuli bo’lishi lozim. Qo’llanilayotgan sertifikatlashtirish jarayonlari va tartiblarining asosiy elementi bo’lib sertifikatlashtirish tizimlari ob’ektni o’rnatilgan talablarga muvofiqligi to’g’risida asoslangan isbotlash majmui sifatida xulosa qilish imkoniyatini beradi. Isbotlash aniqlangan jarayonlarni to’g’ridan-to’g’ri o’tkazish vositasida yoki bevosita ob’ektni o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi jarayonlar orqali olinadi. Mahsulotni sertifikatlashtirishga mos holda quyidagi jarayon turlari qo’llaniladi: sinov; ishlab chiqarishni baholash; inspektsiya nazorati. Har bir ko’rsatib o’tilgan jarayonlar olingan shubhali baholash va uni mahsulot o’rnatilgan talablarga muvofiqligi to’g’risidagi umumiy xulosaga ta’siri darajalarini inobatga olib batafsil tekshiriladi. Sinov turlarini sinash (namuna turi), to’pini (partiya) sinash, mahsulot qismini sinash kabilar bo’lishi mumkin. Turini sinash, bu natijalar muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida barcha aniqlangan mahsulotlarga ta’sir qilishi holatlarida qo’llaniladi va to’pi (partiyasi)ni sinash faqat shu partiyaga hamda mahsulot qismini sinash qismiga qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni baholash sinov turlari natijalari ishlab chiqarishning turg’unligi to’g’risida mahsulot kelgusida qo’shimcha ma’lumotlarsiz, kelajakda ishlab chiqarilishiga etarli ishonchlilik bera olmasa qo’llaniladi. Ishlab chiqarish sohasini kengroq qamrab olish orqali uni baholashga bog’liq holda ishlab chiqarish tahlili, ishlab chiqarish yoki sifat menejmenti tizimi sertifikatlashG’baholashni amalga oshirish mumkin. Sertifikatlashtirilgan mahsulotning inspektsiya nazorati sertifikatlashtirishda tasdiqlangan talablarga muvofiq saqlanishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladi. Bir qancha inspektsiya nazoratida oldin tasdiqlangan tavsiflar saqlanishi tekshiriladi, u yoki bu jarayon aniqlangan darajada sertifikatlashtirish jarayoni takroriy o’tkaziladi. Demak, sertifikatlashtirishda sinov o’tkazilgan bo’lsa, unda inspektsiya nazoratida ham tayyorlovchidan, yo sotuvchidan, yoki boshqadan olingan namuna sinovdan o’tkaziladi. Agar sertifikatlashtirishda ihlab chiqarish holatining tahlili o’tkazilsa, unda inspektsiya nazoratini o’tkazishda u qaytariladi (imkoniyat bo’lsa, qisqartirilgan hajmda). Agar ishlab chiqarish yoki sifat menejmenti tizimi baholansa (sertifikatlashtirilsa), unda inspektsiya nazoratida uning ishchi holatdaligi uchun tekshiruv o’tkaziladi. Birinchi xalqaro darajadagi namunaviy sertifikatlashtirish sxemasi ISO “Sertifikatlashtirish. Tamoyillar va amaliyot” nashrida taqdim qilingan bo’lib, 1984 yil Standartlar nashriyotida tarjimasi bosib chiqarilgan. Taqdim qilingan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi asosida MDH davlatlarida sertifikatlashtirish tizimi shakllantirilgan. Bu sakkiz sxemaning uchtasidan (1-, 7-, 8- sxemalar) bitta element – sinash, to’rttasida ikkita element – sinov va inspektsiya nazoratida (2-4- sxemalar) yoki ishlab chiqarishni baholash va inspektsiya nazoratida (6- sxema) va bittasi (5- sxema) uchta element – sinov, ishlab chiqarishni baholash va inspektsiya nazoratida foydalaniladi. ISO va IEC xalqaro tashkilotlari keyinchalik sertifikatlashtirish amaliyotini hisobga olib ISOG’IEC 67:2004 «Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha umumiy qoidalar» qo’llanmasini, ya’ni sertifikatlashtirishning ettita namunaviy sxemasi bo’lmish qo’llanmani tayyorladi va rasmiy chop etdi. Ulardan uchtasi (3-5-sxemalar)da uchta element – sinov, ishlab chiqarishni baholash va inspektsiya nazorati, bittasi (2-sxema)da ikkita element – sinov va inspektsiya nazorati, ikkitasi (1-a va 1-v sxemalar)da bitta element – sinovlar tarkib topdi. 6-sxema ishlab chiqarishni baholash va inspektsiya nazoratlarida ko’zda tutiladi va xizmatlar va jarayonlarni sertifikatlashtirishda tavsiya qilinadi. Barcha sertifikatlashtirish jarayonlarida sertifikatlashtirish sxemalaridan foydalanish umumiy ko’rinishda quyidagi ketma-ketlik jarayonlar sifatida keltirilishi mumkin: sertifikatlashtirish idorasiga ariza berish; arizani ko’rib chiqish va u bo’yicha qaror qabul qilish; kelishilgan sxema bo’yicha tekshirishni o’tkazish; tekshiruv natijalarini ko’rib chiqish va qaror qabul qilish; muvofiqlik sertifikatini topshirish; sertifikatlashtirilgan ob’ekt inspektsiya nazorati (agar bu sertifikatlashtirish sxemasida ko’rilgan bo’lsa). Arizada sertifikatlashtirish to’g’risida qaror qabul qilish va o’tkazish uchun etarli va kerakli asos qilingan ma’lumotlar tarkib topgan bo’lishi shart. ISOG’IEC 28 ”Muvofiqlikni baholash. Uchinchi tomon mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha rahbariy qo’llanma” Qo’llanma qoidalariga asosan arizada quyidagi ma’lumotlar keltirilishi shart: arizachining nomi va rekvizitlari; ob’ektni identifikatlashtirish belgilari va nomi; arizachi xohlagan sertifikatlashtirish o’tkazish muvofiqligiga me’yoriy hujjatlar; arizachi sertifikatlashtirish qoidalarini bajarishi va uni o’tkazish bo’yicha xarajatlarni to’lashga majbur; arizachi nomidan chiquvchining familiyasi, lavozimi va shaxsiy imzosi. Sertifikatlashtirish idorasi ariza bo’yicha qarorni arizachiga etkazgunga qadar, bir vaqtda sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish shartlari yuzasidan o’zaro kelishib oladilar.Sertifikatlashtirish tartibida ko’pincha «mahsulot identifikatsiyalangan shakl» bo’lishi lozim. Birlamchi identifikatsiyani, mahsulotni ishlab chiqarishida tamg’alashi va keyin uni arizada bayon qiladi. Sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlikni tasdiqlashdan oldin o’zining identifikatsiyasini o’tkazadi. Kelgusida bo’ladigan muvofiqlik sertifikatida belgi bo’lishi uchun arizalangan mahsulot tavsifi aynan birxilligini o’rnatib identifikatsiyani belgilaydi. Identifikatsiyalashdan ko’zlangan maqsad: iste’molchilar yanglishishiga yo’l qo’ymaslik; sertifikatlashtirishni o’tkazishda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini to’g’ri tanlash; muvofiqlik sertifikati tarqatilganidan so’ng mahsulot hajmini belgilash. Mahsulot identifikatsiyasi natijasi, shuningdek, sertifikatlashtirishning boshqa bosqichlari o’rnatilgan talablarga ob’ektning muvofiqligi haqidagi qabul qilingan umumiy qaror tahlilida hujjatlar mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi. Sertifikatlashtirish natijalari haqidagi ijobiy qaror qabul qilinsa,ISOG’IEC 23:1982 “Uchinchi tomon sertifikatlashtirish tizimi uchun standartlarga muvofiqligi to’g’risida uslubiy qo’llanma”ga binoan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi va u quyidagi ma’lumotlardan tarkib topgan bo’lishi lozim: sertifikatlashtirish idorasining nomi va manzili; mahsulot tayyorlovchining nomi va manzili; sertifikatlashtirilgan mahsulotni identifikatsiyalangan belgilarini hisobga olib nomlanishi va belgilanishi; ushbu sertifikatni tasdiqlash, ya’ni me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligiga havola; sertifikatni berish sanasi; sertifikatlashtirish idorasi tavsiya qilgan vakolatli shaxs lavozimi va imzosi. Bundan tashqari, sertifikat(sinov bayonnomasi, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi va b.lar) ni berish uchun asoslarni keltirish tavsiya etiladi. Sertifikatlashtirishdan o’tgan mahsulot muvofiqlik belgisi bilan tamg’alanadi. Mahsulotning talablarga nomuvofiqligi aniqlangan holatlarda, tasdiqlangan sertifikat egasi nomuvofiqlikni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilishga majbur. Agar u xavfsizlik bilan bog’liq bo’lsa, unda bunday mahsulotdan foydalanishning oldini olish lozim. Buning uchun u to’g’rilovchi amallarni ishlab chiqishi va qo’llashi zarur. Sertifikatlashtirish jarayonida, sertifikatlangan mahsulotni ishlab chiqarishda yoki uni ishlatish paytida nomuvofiqlik aniqlanishi yuzaga kelganda to’g’rilovchi amallarni o’tkazish zarur. To’g’rilovchi amallar nomuvofiqlik sababini bartaraf etishga yo’naltirilgan va ko’pgina holatlarda foydalanuvchiga etib bormasdan, mahsulotni ishlatish yoki foydalanishda ketma-ketlikda sababini bartaraf etish imkoniyatlari bo’ladi. Arizachi to’g’rilovchi amallarni sertifikatlashtirish jarayonida muvaffaqiyatli bajarishi sertifikatlashtirish idorasining amal qilish sertifikatini berish to’g’risida ijobiy qaror qabul qilishini yuzaga keltiradi. Sertifikatlashtirish ishlariga zid holatlarda ushbu mahsulotni o’rnatilgan talablarga muvofiq tasdiqlab bo’lmasligi to’g’risida arizachini xabardor qilish bilan tugallanadi. Agarda inspektsion nazoratda sertifikatlashtirilgan mahsulotning nomuvofiqligi aniqlansa, sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to’xtatish to’g’risida qaror qabul qiladi. Uni amal qilishini qayta tiklash arizachi to’g’rilash ishlarini kelishilgan muddatda muvaffaqiyatli bajargach, amalga oshadi. Zid holatlardaAks holatda muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Jiddiy nomuvofiqliklarda sertifikat egasi sertifikat amal qilishini bekor qilish yoki to’xtatish bilan aloqador (muvofiqlik belgisi va sertifikatidan foydalanmaslik) choralariga qaramay iste’molchilarni mahsulot umuman foydalanishga xavfliligi yoki tayyorlovchi tavsiya qilgan choralarni qo’llash to’g’risida xabardor qilishi lozim. Bundan tashqari, zarurat bo’lganda u mahsulot kamchiliklarini yaratuvchilardan yoki kamchiliklarni bartaraf qilish yoki almashtirish uchun mahsulotga xos to’g’rilash bo’yicha ish olib boradi. Shubhasizki, ko’rib o’tilgan majburiy sertifikatlashtirish xususiyatlari ixtiyoriy sohada sertifikatlashtirishga to’liq aloqador. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling