O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Frantsiyada sertifikatlashtirish faoliyati


Download 0.99 Mb.
bet59/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Frantsiyada sertifikatlashtirish faoliyati. Frantsiyada ko’pchilik amal qilinayotgan standartlar tavsiya shaklida bo’lib, ma’lum bir qismi majburiy hisoblanadi. Bu standartlar mahsulota xavfsizligi, mehnat muhofazasi, atrof-muhit va sog’liq bilan bog’liq.
Frantsiyada ilk bor 1938 yili sertifikatlashtirish haqidagi qonun qabul qilingan. Bu qonun milliy standart belgisi NF hozirgacha o’zgartirish kiritilgan holda ishlatilmoqda. AFNOR zimmasiga 1941 yilda qabul kilingan dekret asosida NF belgisi maqomiga egaligi va mamlakatda sertifikatlashtirish faoliyati tizimi yuklatilgan.
Frantsiyada NF belgisi milliy standartlarga mos eng birinchi sertifikatlashtirish muvofiqlik belgisidir. Ushbu belgi shaharda va chet davlatlarda keng tarqalgan va qo’llanilab kelinmoqda. Bu belgi qishloq xo’jaligi va sanoatning turli xil sohalarida ko’plab shakllarda qo’llaniladi. U bir qancha xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan. Hozirgi paytda NF belgisi bilan 100 mingdan ko’proq mahsulot turlari tamg’alanadi. «NF belgisi, o’zlashtirishning asosiy qoidalari» qonunida belgidan foydalanish shartlari va o’zlashtirish tartibi belgilab qo’yilgan. Belgidan faqat litsenziyasi borlar foydalanishiga ruxsat etilgan. Mahsulot turlariga belgi bosilishini AFNOR iste’molchi yoki ko’proq qismi ishlab chiqaruvchi manfaati asosida aniqlab beradi. Har bir mahsulot turi bo’yicha AFNOR maxsus qaror bilan, ya’ni belgidan foydalanish qoidasini, uni o’zlashtirish shartlarini, ishlab chiqarish jarayonlarida majburiy nazorat turlari, jalb qilish shakliga javobgar va belgini qo’yish bilan bog’liq boshqa holatlarni tasdiqlaydi.
Xorij uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot va bu mahalliy mahsulotning shu turi uchun shartlar qo’yish bilan maxsus keltiriladi.Uni tavsiya qilishga o’rnatilgan talablarni qondirsa, NF belgisidan foydalanish mumkin. Xaridorga va AFNORga munosabati bo’yicha shartnoma majburiyatini o’z zimmasiga olib lizentsiant o’zining mahsulotini NF belgisi bilan tamg’alaydi. Eksport qilish oddiy ogohlantirishdan litsenziya to’liq bekor qilingunga qadar yoki maxsus qarorgacha amalga oshiriladi. AFNOR belgisining noto’g’ri qo’llanishi yolg’on reklamalar vag’yoki firibgarliklar uchun qonun bo’yicha nazorat qilinadi. AFNOR NF belgisi qo’yilgan materiallar va boshqa mahsulotlar ro’yxatini davriy nashr etib boradi.
AFNOR boshqaruvida sertifakatlashtirish tizimi mahsulot namunasi sinovini o’tkazish, tashkilotda sifat menejmenti tizimini baholash hamda navbatdagi davriy namuna tekshiruvi, tashkilotlar ustidan tekshiruv, ishlab chiqarish sohasi va ta’minot uchun uchinchi tomon sertifikatlashtirish tizimini aks ettiradi. NF belgisini qo’llash huquqini olganida tayyorlovchi ishlab chiqarish jarayonlari ustidan doimiy tekshiruv va bu tekshirish natijalarini ro’yxatga olishni amalga oshirishga majbur.
AFNORning akkreditlagan 60dan ko’p sinov laboratoriyalari mavjud bo’lib, ya’ni ular «NF belgisini tamg’alash rasmiy laboratoriyalari» deb nomlanadi.
Frantsiyada sertifikatlashtirish bo’yicha faoliyat quyidagi asosiy yo’nalishlarda rivojlantiriladi:

  • majburiy texnik reglamentlarga muvofiq sertifikatlashtirish. Har bir reglament qoidalari va, odatda, ma’muriy idora yoki uni o’tkazishga vakolatli boshqa tashkilotlar ma’qullagan mahsulot olishni o’zida namoyon qiladi. Ma’qullashda identifikatsion yorliq yoki belgi qo’yilishi va sertifikat berilishi mumkin;

  • sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirishni davlat vakolatidagi idoralar bajaradi. Bunda «kvalifikatsion sertifikatlar» deb nomlanuvchi sertifikatlar beriladi. Oziq-ovqat sanoati uchun qonunda belgilangan «qishloq xo’jaligi uchun sifat belgisi» olinadi;

  • menejment tizimlarini sertifikatlashtirishni mustaqil idoralar bajaradi.

Frantsiyada import qilinayotgan o’simlik va jonivor mahsulotlari, tibbiyot mahsulotlari va alohida kimyoviy tovarlarga qat’iy sanitariya va gigiena talablariga amal qilinadi. Kamdan-kam holatlarda olib kelinayotgan yashil ko’chatlar, mevalar va sabzavotlarga fitosanitariya sertifikatitalab qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini bojxonada majburiy tartibda sanitari qayta ishlovdan o’tkazish lozim. Olib kelinayotgan sabzavot va mevalarga EI yagona me’yorlari bo’yicha sifatini aniqlash tartibi o’rnatilib, unga asosan, uchinchi davlatdan olib kelinayotgan uchinchi nav sabzavot va mevalar taqiqlangan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling