O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Xitoyda sertifikatlashtirish faoliyati


Download 0.99 Mb.
bet62/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Xitoyda sertifikatlashtirish faoliyati. Xitoy Xalq Respublikasida standartlashtirish, sifatni boshqarish va sertifikatlashtirish faoliyati davlat qonunlari va qarorlari asosida boshqariladi va takomillashtiriladi. Bu qonun va qarorlar Butun Xitoy Xalq Vakillari Yig’ilishida (BXXVY) yoki XXR Davlat ittifoqi oliy ijroiya idoralari huquq doirasida qabul qilinadigan farmoyish va buyruqlar asosida bajariladi. Metrologiya to’g’risida, standartlashtirish to’g’risida, mahsulotning sifatini nazorat qilishning tartibi, eksport va import mahsulotlarini nazorat qilish to’g’risida, mahsulot belgisi to’g’risida, kontraktlar to’g’risida, oziq-ovqat sanitariyasi to’g’risida, atrof-muhitni himoyalash va mahsulotlar sifati to’g’risida va boshqalar bo’yicha qonunlar qabul qilingan va ularga amal qilinadi. 1991 yil may oyida XXRda Mahsulotlarning sifatini sertifikatlashtirishni aniqlash bo’yicha qoidalar amaliyotga kiritilgan.
XXR milliy standartlari, xavfsizlik talablari, ekologik himoyalash, sog’liqni saqlash, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoyalash talablaridan tarkib topgan va ular majburiy bo’lib hisoblanadi. Qolgan standartlar tavsiya xarakterida bo’ladi.
Davlat miqyosida mahsulotning sifatini aniqlovchi eng asosiy tashkilotlari Davlat texnik nazorat byurosi (DTNB) va inspektsiya, import-eksport tovarlarining davlat boshqarmasi (IETDB) hisoblanadi. Ular eksportga chiqariladigan va import bo’yicha olib kiriladigan mahsulotlarni nazorat qiladi hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.
DIETB XXR viloyatlarda, avtonom rayonlar va shaharlarida hamda uning mahkamaviy hududida mahsulotlar inpektsiyasi uchun javobgar huddudiy byurolar import va eksport mahsulotlarni tekshirish va nazorat qilishni amalga oshiradi.
Import mahsulotlari DIETB, Davlat iqtisodiy komissiyasi, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar Vazirligi hamda mamlakatda sertifikatlashtirish tizimi joriy qilish import mahsulotlariga kerakligi savdo va bojxona bo’yicha Bosh boshqarmalari chiqargan qonun va qoidalariga muvofiq sifati tekshiriladi va nazorat qilinadi.
Bu tizimda Xitoyga mahsulotlarni olib kelish maqsadi mavjud bo’lgan savdo vakili yoki ishlab chiqaruvchilar bu tizimda o’rnatilgan talablarga binoan import mahsulotlariga ko’rsatilgan sifat sertifikatini olishi lozim. XXRda qabul qilingan standartlar bo’yicha xavfsizlik hamda ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish jarayonini tekshiruvi, taqdim qilingan namuna sinov natijalari ijobiy bo’lganda, sertifikat va xavfsizlik bo’yicha tamg’alanish huquqi beriladi.
Xitoyda import va eksport mahsulotlar uchun quyidagi belgilar mavjud:
- sog’liq uchun xavfli emas, (sog’liq belgisi) – CCIB harflari havo rangdagi doira ichida bo’lib, H indeksi bilan belgilangan bo’lsa «sog’liq» belgisi sifatida qabul qilinadi;
- xavfsizlik belgisi - CCIB harflari doirada sariq rangda bo’lib, S indeksi bilan belgilangan bo’lsa «xavfsiz» deb qabul qilinadi;
- sifat belgisi - CCIB harflari doirada qizil rangli bo’lib, Q indeksi bilan belgilangan bo’lsa «sifat»li deb qabul qilinadi.
Mahsulot o’rnatilgan tartibda tekshiruvdan o’tgandan so’ng, yuqorida aytib o’tilgan belgilarni ishlatishga ruxsat etiladi. Sifat belgisi tekshirilayotgan import qilinadigan barcha mahsulotlarga qo’yilishi mumkin.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling