O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish tartibi


Download 0.99 Mb.
bet70/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish tartibi.
Akkreditlashtirish tizimi talabiga javob beruvchi har qanday tashkilotg’ob’ekt akkreditlanishi mumkin. Buning uchun akkreditlashtirish ob’ekti quyidagilarga majbur:

  • akkreditlashtirish tizimi me’yoriy hujjatlarida bayon etilgan mezonlarga muvofiq bo’lishi;

  • uning faoliyatini baholashni o’tkazish uchun barcha joylarga va xodimlarga ruxsat etilgan, o’ziga xos hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, apellyatsiyani ko’rib chiqish va akkreditlangan idoralar faoliyati uchun nazorat sharoitlarni ta’minlashi;

  • faqat uning akkreditatsiya sohasidagi o’rnatilgan faoliyatni amalga oshirishi;

  • akkreditatsiya sohasida o’rnatilgan faoliyatga kirmagan faoliyat haqida reklama maqsadida ommaviy axborot vositalariga xabar bermaslik;

  • sertifikatlashtirish va nazorat qoidalariga aniq rioya qilish;

  • bekor qilingan akkreditatsiya yoki to’xtatilgandan so’ng akkreditlashtirish idorasi talabi bo’yicha akkreditlangan hujjatlarni qaytarishi va akkreditatsiyaga havola qilingan o’zining faoliyatidan tarkib topgan reklamasini tugatishi.

Shuningdek, akkreditatsiya ob’ekti akkreditlashtirish ob’ektiga mosligini isbotlashi lozim, chunki u:

  • uning ishlari natijalariga aks etgan har qanday savdo, moliyaviy ta’sir etilishidan ozodligini;

  • bajariladigan ishlar tavsifiga javob beruvchi sifat tizimi mavjudligini;

  • etarli tajribali va o’qigan xodimlardan foydalanishini;

  • ishlarni o’tkazish uchun yaroqli bo’lgan inshoot, texnikaviy qurilmalar va ularga doimiy xizmatlarni amalga oshirishning mavjudligini;

  • akkreditatsiya sohasida aniqlangan ishlar uchun me’yoriy hujjatlar fondining mavjudligi va bu hujjatlarning dolzarb ekanini amalga oshirishi, yo’riqnoma va protseduralarga hujjatlar ishlab chiqadi;

  • muvofiqlik sertifikatini berish xolisonaligini tasdiqlovchi hisob-kitob va qat’iy ravishda blankalar, hisobotlar va boshqa materiallarni saqlash tizimi mavjudligi;

  • ishlar jarayonida olingan ma’lumotlar maxfiyligini kafolatlaydi.

Endi akkreditlashtirish bo’yicha ishlar bosqichini ko’rib chiqamiz. U quyidagi tartibda o’tkaziladi:

  • akkreditlashtirishga ariza berish, ariza bo’yicha dastlabki ko’rib chiqish va qaror qabul qilish, ekspertizani o’tkazish to’g’risida shartnoma tuzish, o’tkazilgan ekspertizalar uchun arizachi to’lovlarni amalga oshiradi;

  • ekspertiza hujjatlar to’plami ekspertizalar dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilib, baholashni o’tkazish va tayyorlash to’g’risida shartnoma tuziladi, akkreditlashtirish haqida qaror loyihasi tayyorlanadi, baholashni o’tkazish uchun arizachi to’lovlarni amalga oshiradi;

  • akkreditlashtirish ob’ektini baholashga tayyorlash (komissiya belgilash, buyruq chiqarish, joyida baholash dasturlarini ishlab chiqish);

  • dalolatnomani rasmiylashtirish joyida arizachini baholash;

  • materiallar tahlili hujjatlar ekspertizasi, joyida baholash natijalari, arizachi bajargan to’g’rilovchi amallar samaradorligi, qaror loyihasini tayyorlash;

  • Kengashda baholash va ekspertiza materiallari ko’rib chiqiladi hamda akkreditatsiya haqida qaror qabul qilinadi yoki akkreditatsiya bekor qilinadi;

  • akkreditatsiya haqida guvohnomani berish, rasmiylashtirish, ro’yxatga olish va arizachi to’lovlarni amalga oshiradi.

Akkreditlashtirishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqich ijobiy natijalarda bo’lganida bajariladi. Arizachi akkreditlashtirish bo’yicha ishlarga to’lovlarni har bir bosqich bo’yicha alohida amalga oshiradi. Arizachi tuzilgan shartnomaga muvofiq, akkreditlashtirish bo’yicha o’tkazilgan ishlarga aloqador xarajatlarni uning natijalaridan mustaqil holatda to’lashga majbur.
Akkreditlashtirishni o’tkazish muddati akkreditlashtirish ob’ektining tayyorligiga bog’liq, ammo akkreditatsiyaga ariza ro’yxatga olingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi lozim.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling