O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Germaniya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati


Download 0.99 Mb.
bet78/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

6.5. Germaniya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati


Germaniyada sertifikatlashtirishning qonuniy asosi bo’lib bir qancha asosiy qonunlar xizmat ko’rsatadi. Bular o’z ichiga sog’liqni himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini, iqtisodiyot resurslarini, iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan qonunlarni qamrab oladi. Bu qonunlarga asosan 1968 yilda qabul qilingan «jihozlarning xavfsizligini ta’minlash» qonuni kiritilib, tabiatni muhofaza qilish qonunlari asos solgan.


Ta’minlovchi yoki importerning mahsuloti tekshiruvdan, texnik nazoratdan va federal hokimiyat tarafidan tekshirilgan bo’lsa, u tekshirilgan xavfsizlik belgisini quyish mumkin bo’lgan. Etti tizim ichida Germaniyada 400 dan ortiq boshqarmalar ish yuritadilar. Eng faol faoliyat ko’rsatadigan mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha DIN standartiga javob beradigan standartlashtirish bo’yicha Germaniya instituti (DIN) bo’lib hisoblanadi. DCWK bu jamiyat mahsulotlarining qadoqlash va standartlarga mos keltirish ishlari bilan sho’g’ullanadi. DIN belgisi gaz, suv apparatlaridan tashqari barcha mahsulotlarga ishlatiladi.
Elektr tarmoqlarini sertifikatlashtirish Germaniyada German elektrotexniklar kengashi (VDE) orqali bajariladi. Ilmiy tekshirish institutlarida, laboratoriyalarida mahsulotning nazorat qilish ishlari olib boriladi.
Sifat tizimi bo’yicha (DQS) sertifikatlashtirish germaniya jamiyati faoliyat olib borib, u firma va kompaniyalarning majburiy bo’lmagan holda ya’ni ixtiyoriy ravishda murojaatlarini qabul qilishgan.


6.6. Yaponiya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati


Yaponiyada sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda bo’la turib, raqobat tufayli majburiy sertifikatlashtirishga aylangan. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan birga ko’pgina mahsulotlarni tekshiruvi olib boriladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha 25 dan ortiqqonunlar mavjud bo’lib, shundan tekshiruvlarni olib borish ko’rsatilganlari ham mavjuddir.


Standartlarni to’g’riligini isbotlovchi hamda sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha eng taniqlisi Yaponiya komiteti tomonidan ishlab chiqilgan sanoat standarti (JISC) vazirligi tomonidan (qishloq xo’jalik, tashqi savdo va sanoat, o’rmonchilik, baliqchilik, qurilish, aloqa xizmati va maoriflarda) ham qabul qilingan. Oziq-ovqat, qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlari uchun JAS standartlari sertifikatlashtirishda ishlatiladi. Yaponiyada qishloq xo’jalik standarti assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilib, u qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlarini standartlashtirish va tamg’alash bilan asoslanadi. U erda tekshiruvdan o’tgan mahsulot namunalaridan foydalaniladi.
Nazoratni baliqchilik va o’rmonchilik xo’jaliklari tomonidan ro’yxatga olingan mustaqil tashkilot olib boradi.
VCCI belgisi mahsulotning elektromagnit qo’shilmalarini bildiradi. Ushbu belgi ixtiyoriy sanaladi.
SG – belgisi 50 dan ortiq mahsulot va tovarlarni xavfsizligi haqida belgi T – belgisi ichki savdo va sanoat vazirligi tomonidan belgilangan bo’lib, import mahsulotlarning ya’ni elektrotexnika mahsulotlarini xavfsizligi belgisini bildiradi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling