O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Chet el davlatlarida sertifikatlashtirish amaliyoti


Download 0.99 Mb.
bet76/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

6.2. Chet el davlatlarida sertifikatlashtirish amaliyoti


Butun jahon mamalakatlarida mahsulotning xavfsizligi, nazorat tekshiruv xizmatlari olib boriladi. Xavfsizlikni ko’pgina protseduralari va nazorat usullari barcha idora va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Asosan davlat tekshiruvlari, standart talablari to’g’riligi, sanitariya-gigiena tekshiruvlari va boshqalar tekshirishlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan bajariladi.


Davlat nazorat idoralari umumiy (total) tekshiruvlarnibajarishmay, faqatgina nomuvofiq mahsulotlar bo’yicha huquqiy choralar ko’rishadi. Ko’pgina davlatlarning qonunlari mahsulotlarning talablarga javob berishi to’g’risida alohida qonunlardan iboratdir.
Evropa iqtisodiy davlatlari ma’lumotlariga ko’ra Frantsuz standartlashtirish assotsiatsiyasida (AFNOR) va Evropa assotsiatsiyasida (EACT) 5000 dan ortiq mahsulot va tovarlarni sertifikatlashtirilib, sertifikatlashtirish bo’yicha 300 ta tizim faoliyat olib borilib va 7000 dan ortiq sertifikatlashtirish idoralari amalda mavjuddir.
Sertifikatlashtirish azaldan sanoatda va rivojlangan davlatlarda foydalanilgan. U ushbu davlatlar bozorida nomuvofiq va standart talablariga, me’yoriy texnik hujjatlarga javob bermaydigan mahsulotlarining paydo bo’lishidan himoya qilgan.
Standart va texnik me’yorlar har xil shaharlarda bo’lgan bitta mahsulotni bir-biridan ajratishi va ayni paytda bu xalqaro jahon bozoridagi to’siqni vujudga keltiradi. Shuning uchun sertifikatlashtirish teng hamkorlik bilan standartning uyg’unligini va sertifikatlashtirishning qoidalariga mos kelishligini to’g’risida natijalar hamda xamkorlik qilishda muhim o’rin tutadi.
Sertifikatlashtirish idoralaridan tashqari bir qancha davlatlarda alohida xizmat ko’rsatish idoralari chegaralarda joylashgan bo’lib, ular davlatga kirib kelayotgan mahsulotlarning (veterinar xayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va tez buziladigan mahsulotlar) talablarga javob berishini ta’minlagan.
Quyiroqda ba’zi bir davlatlarda olib boriladigan xavfsizlik xizmatlari haqida ma’lumotlar ketirilmoqda.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling