Glossariy
akkreditatsiya — yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
akkreditatsiya sohasi — muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog’ida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi;
bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo’llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
inspektsiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili;
inspektsiya organi — yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspektsiyani va inspektsiya nazoratini o’tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
mahsulotlarni sertifikatlashtirish» (matnda bundan keyin sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
milliy akkreditatsiya tizimi — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi tizim;
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko’rsatish uchun mahsulotga yoxud ko’rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo’yiladigan, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan belgi;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |