O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Xitoy sertifikatlashtirish tizimi


Download 0.99 Mb.
bet79/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

6.7. Xitoy sertifikatlashtirish tizimi


Xitoyda (KNR - XXR) standartlashtirish faoliyati davlat qonunlari va qarorlari orqali takomillashtiriladi, ushbu qonun va qarorlar Xitoy xalq vakillar yig’ilishida (VSNP - XXVY) yoki Xitoy yuqori tashkilotlar idorasi orqali bajariladi. U erda metrologiya, standartlashtirish, mahsulotning vaqtinchalik sifatini nazorat qilish, eksport va import mahsulotlari qonunlarda qabul qilingan. 1991 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sifatini aniqlovchi qoidalar ishlab chiqilgan. Eng asosiy tashkilotlardan biri mahsulotning sifatini aniqlovchi Davlat texnik nazorat byurosi (GBTN - DTNB) va davlat import-eksport tovarlarining boshqarmasi (GUIIET) eksport va import mahsulotlarning sertifikatlashtirishni nazorat qiladi.


Xitoyda milliy standartlar, sog’liqni saqlash, ekologiya va insonlarni muhofaza etish talablari majburiydir.
Qolgan standartlar faqatgina tavsiya etilib, sertifikatlashtirish tizimi talablariga ko’ra import mahsulotlarni olib keluvchi shaxslarda sifat sertifikati bo’lishi lozim. Ta’minlovchining mahsuloti tekshiruvdan o’tgan holda ushbu sertifikat beriladi. Shuning uchun ularga import mahsulotlariga (GUIIET) boshqarma Davlat tomonidan tasdiqlangan alohida belgi bergan.
Xitoyda import va eksport mahsulotlar uchchun quyidagi belgilar mavjud:
- Sog’liq uchun xavfli emas belgisi – CCIB rangi havo rangda bo’lib, H indeksi bilan «sog’liq» deb belgilanadi.
- Xavfsizlik belgisi CCIBharflari bilan sariq rang bo’lib, S indeksi bilan «xavfsiz» deb belgilanadi.
- Sifat belgisi CCIB bo’lib, qizil rangli Q indeksi bilan «sifat» deb belgilanadi. Ushbu belgilar tekshiruvdan o’tgan mahsulotlarga beriladi.


6.8. Singapur sertifikatlashtirish tizimi


Singapurda ishlab chiqilgan import mahsulotlar, agar xaqaro Singapur standart talablariga javob bermasa savdo-sotiq ob’ektiga kiritilmaydi.


Singapurda 75 dan ortiq milliy standartlar qo’llaniladi. Elektronika, elektrotexnika, qurilish sohalarida foydalanilib, xavfsizlik standartlari har bir mahsulot uchun majburiydir.
Standartlashtirish bo’yicha vazifalarni Milliy idoralar ishlab chiqarish bo’yicha Singapur kengashi (PSB) bajarib, u mahsulotlarni nazorat qiladi. Majburiy nazoratga tegishli mahsulotlar PSB tekshiruv sertifikatlashtirilishi shart va undan so’ng belgi bosilishiga ruxsat etiladi. Belgi har bir Singapurda foydalaniladigan mahsulotlarga qo’yiladi.
Singapur kengashi sinov bazasi shimoliy osiyoda yagona boshqarma MEK SE bilan akkreditlangan. Singapurda PSB qatnashuvida 9000 seriyali ISO standartlari qullaniladi. Ular texnik me’yoriy hujjatlar va xabarlar orqali bir necha yillardan buyon o’zaro fikr almashishadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling