O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablar
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
7.3. Mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablarMahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorlar quyidagi masalalar bo’yicha bilimga ega bo’lishlari kerak: - mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy qonun-qoidalari, tartiblari; - sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning xossalari, uning konstruktsiyalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, birikma va materiallar; - sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning texnikaviy tavsiflari, o’lchanuvchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash usullari (o’lchash va nazorat), dastavval qo’llanilgan standartlardagi belgilangan va texnikaviy shartlar; - aniq sinovlar va ularning xillari; - ishlanma, attestatlash, sinov va o’lchash uslublarini qo’llanishi; - sinov va o’lchash natijalarini qayta ishlash, sinovlar natijalarini tahlil qilish, ularning aniqliligini va haqqoniyligini baholash usullari; - mustahkamlik, sifat darajasi, pishiqlik, ishlatishdagi tavsiflarini tahlil qilish, talablarni rad qilish va buzilganligini aniqlash; - sifatni statistik nazorati, uni baholash usullari; - sinov va o’lchash uskunalari, ularni attestatlash, metrologik ta’minlanishi; - ishlab chiqarish texnologiyasi, texnologik imkoniyatlar va jihozlanishda ishlash xususiyatlari va vositalari; - mahsulotni o’rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, etkazib berish va texnikaviy xizmatga bo’lgan talablar. 7.4. Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablarSifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspert-auditorlar quyidagi masalalar bo’yicha bilimlarga ega bo’lishlari kerak: - Sifat tizimlari, shu jumladan, Sifat tizimlariga oid standartlar; - mahsulot sifatini va mustahkamlikni baholash usullari, hisoblash, tajriba-statistika, natijalarni qayd etish va ekspertlash; - tayyor mahsulot sifatining nazorati, asosiy usullarning turlarini va texnikaviy vositalarni hamda statistik nazorat usullari; - marketing bo’yicha ishlarni tashkil etish; - loyihalash bo’yicha ishlarni tashkil qilish va ularga talablar; - material-texnika ta’minoti bo’yicha ishlarni tashkil qilish; - hom-ashyoning, materiallarning va komplekt etuvchi buyumlarning kiritishdagi nazoratini tashkil qilish; - ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlash xususiyatlari va texnologik jihozlanish vositalari; - texnologik uskunani texnikaviy xizmati va ta’mirlash; - ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti bo’yicha ishlarni tashkil qilish; - tekshirish va sinovlar o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil etish; - yuklash, ortish-tushirish, transport va ombor bilan bog’liq bo’lgan ishlarni o’tkazish va ularga bo’lgan talablar; - mahsulotni o’rash va joylashtirish, belgilash, saqlash, etkazib berish va texnikaviy xizmatiga bo’lgan talablar; - Sifat tizimlarini iqtisodiy tomondan baholash; - Sifat tizimlarida samarali qatnashuvi texnikaviy xodimlarni ishtirokini tashkil qilish va tayyorlash. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling