O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya


Download 0.99 Mb.
bet85/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
muvofiqlikni baholash — mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bґyicha faoliyat;
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxs bo’lgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspektsiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
muvofiqlikni tasdiqlash — normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
nazorat yo’sinidagi tekshiruv — belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chog’ida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili.
sertifikatlashtirish milliy tizimi — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o’tkazishda o’z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo’lgan tizim;
sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirig’iga binoan amalga oshiruvchi organ;
sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish — sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarining rasmiy e’tirofi.
sifat bo’yicha ekspert-auditor — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi bo’lgan mutaxassis.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling