O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Akkreditlash haqidagi guvohnoma (shahodatnoma)


Download 0.99 Mb.
bet72/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Akkreditlash haqidagi guvohnoma (shahodatnoma). Akkreditlash haqida ijobiy qaror bo’lganda akkreditlashtiruvchi idora akkreditlashtirish qoidalarida keltirilgan shakl bo’yicha akkreditlash to’g’risidagi guvohnoma arizachiga beradi. Akkreditlash haqidagi shahodatnoma O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimi Davlat reestrida ro’yxatga olinadi. Akkreditlash haqidagi shahodatnomaga akkreditlashtirish idorasi rahbari tasdiqlagan, akkreditlangan ob’ektning Nizomi hamda akkreditlash sohasi ilova bo’lib hisoblanadi.
Akkreditlash sohasining har bir varag’i “O’zstandart” agentligi akkreditlashtirish bo’limi boshlig’i va akkreditlangan idora rahbari imzolari va muhr bilan tasdiqlanadi. Akkreditlashtirish haqidagi shahodatnoma muddatsiz beriladi.
Akkredatlashtirish natijalari haqida xabardor qilish. Akkreditlashtirish idorasi guvohnoma berganidan so’ng akkreditlashtirish bo’yicha barcha zaruriy hujjatlarni arizachiga jamlab va akkreditlashtirish protsedurasi bo’yicha maxsus yig’ma ishda va uni maxfiylik sharoitlarida saqlaydi. Kelgusida akkreditlangan ob’ektlar haqidagi umumiy ma’lumotlar “O’zstandart” agentligining rasmiy saytida, davlat reestrida ro’yxat raqami ko’rsatilib, ochiq chop etiladi va nashr etiladi.
Akkreditlangan sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va laboratoriyalar muvofiqlikni tasdiqlash hujjatlarida (muvofiqlik sertifikati va sinov bayonnomasi) o’zining akkreditatsiya sohasi bilan akkreditlashtirish haqidagi guvohnomasida keltirilgan ro’yxat raqamini ko’rsatadi. Agarda akkreditlangan idora muvofiqlikni baholash bo’yicha o’zining akkreditatsiya sohasidan tashqari qandaydir ishni bajarsa, unda chiquvchi hujjatlarida, u akkreditlanganligiga ilova qilishi shart emas.
Akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani to’xtatish va bekor qilish. Akkreditlangan idoraning arizasi bo’yicha hamda 1472-sonli o’rnatilgan Qoidalar holatlarida akkreditlash haqidagi guvohnoma to’xtatiladi vag’yoki bekor qilinadi. Akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma bekor qilinganda akkreditlangan idoralar reestriga muvofiq yozuvlar kiritiladi. Uch ish kuni davomida reestrga o’zgartirish bilan muvofiq yozuvlar kiritilib, akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma egasiga guvohnoma bekor qilinganligi haqida ma’lumot xati jo’natiladi. Guvohnoma bekor qilinganidan so’ng akkreditlashtirishga qayta ariza akkreditlashtirish talablari nomuvofiqliklari bartaraf etilganidan keyin berilishi mumkin. Bunda arizachi nomuvofiqliklarni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilgan choralarni tasdiqlovchi xolisona hujjatlarni taqdim etadi.
Akkreditlangan sub’ektlar haqidagi ma’lumotlar “O’zstandart” agentligining rasmiy jurnalida chop etiladi va saytida joylashtiriladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling