O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Akkreditlashtirishni o’tkazish. Akkreditlashtirish milliy tizimi doirasida muvofiqlikni tasdiqlash sohasida o’zining layoqatli ekanini tan olinishi istagini bildiruvchi akkreditatsiya arizachisi, tizim qoidalarida o’rnatilgan shakl bo’yicha akkreditlishtirishga ariza va zaruriy hujjatlarni akkreditlashtirish idorasiga jo’natadi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi va nazorat idorasini akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi; akkreditatsiya sohasi loyihasi; bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idora yoki nazorat idorasi to’g’risidagi Nizom loyihasi; muvofiqlikni tasdiqlash bo’yicha ishlarni o’tkazishni tavsiflovchi sifat bo’yicha qo’llanma; sifat menejmenti tizimi protseduralari. Laboratoriyalarni akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi (agar u yuridik shaxs hisoblangan holatda); sinovg’o’lchash laboratoriyag’markazi to’g’risidagi Nizom loyihasi; akkreditatsiya sohasi loyihasi; laboratoriya pasporti loyihasi; sifat menejmenti tizimi protseduralaridan tarkib topgan sifat bo’yicha qo’llanma. Akkreditlashtirishga taqdim etilayotgan hujjatlar va arizani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha akkreditlashtirish ishlarini o’tkazish to’g’risida rasmiy qaror qabul qilinadi. Qarorni qabul qilish muddati ariza ro’yxatga olingan kundan boshlab 3 kun. Ariza bo’yicha ijobiy qaror qabul qilgandan so’ng, akkreditlashtiruvchi idora hujjatlari ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlaydi. Ekspertizani xizmatlarga to’lovlar amalga oshirilganidan so’ng akkreditlashtiruvchi idora yoki uning topshirig’i bo’yicha Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti sifat bo’yicha ekspert-auditorlari yoki boshqa sifat bo’yicha ekspert-auditorlar amalga oshiradi. Ekspertiza ariza bo’yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda o’tkaziladi. Sifat bo’yicha ekspert-auditorlar bergan xulosalar bo’yicha ekspertiza natijalari rasmiylashtiriladi. Ekspertiza natijalari salbiy bo’lsa, akkreditlashtiruvchi idora uni akkreditlashtirish mezonlariga nomuvofiqligi sababi bo’yicha akkreditlashtirishni bera olmasligi haqida arizachini xabardor qiladi va aniqlangan tuzatishlarni bartaraf etish uchun vaqt (30 kundan ko’p bo’lmagan) beradi. Akkreditlashtirishni bekor qilish haqida xabardor qilish arizachiga rasmiy shaklda, bekor qilish sababi va arizachi ko’rsatilgan sabablarni bartaraf qilish muddati va qayta ko’rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim qilishi bildiriladi. Arizachi akkreditlashtirishni bekor qilish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi kamchiliklarni bartaraf qilgan holatlarida, hujjatlarni qayta ko’rib chiqish arizachidan ariza va barcha zaruriy hujjatlar olingan kundan boshlab o’n kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Arizani qayta ko’rib chiqish uchun to’lovlar undirilmaydi. Akkreditlashtirishda bekor qilish haqidagi ma’lum qilinayotgan arizada ko’rsatilgan muddati tugashi bo’yicha yangidan berilgan deb hisoblash mumkin. Ekspertiza natijalari ijobiy bo’lganda akkreditlash ob’ektini joyida baholash uchun komissiya tuziladi. Akkreditlashtiruvchi idora rahbari buyrug’i bilan Komissiya tayinlanadi. Buyruqda komissiya tarkibi, maqsadi, kuni va joyida baholash o’tkazish muddatidan tarkib topadi. Komissiya raisi sifat bo’yicha ekspert-auditor lavozimiga akkreditlangan bo’lishi shart. Komissiyani tuzishda xolisona baholashni o’tkazish uchun zaruriy bilim, ko’nikma va layoqatligi hisobga olinadi. Komissiyada zaruriyat bo’lgan holatlarda, ya’ni komissiyaga ekspert-auditor rahbarligi ostida ishlovchi texnikaviy ekspertlarni jalb qilish mumkin. Komissiya rahbari ob’ektlar va baholash mezonlari tarkib topgan Baholash rejasini ishlab chiqadi va akkreditlashtiruvchi idora rahbari yoki bunga vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi baholashni o’tkazishgacha tanishish uchun arizachiga taqdim etiladi. Joyida akkreditlash ob’ektini baholashda arizaga taqdim etilgan ob’ektning haqiqiy holatini hujjatlarga muvofiqligi va talabgorning vazifalarni bajarish layoqatlari tekshiriladi. Komissiya akkreditlash ob’ektining muvofiqligini o’rnatilgan akkreditlashtirish mezonlari bilan baholash rejasiga muvofiq o’tkazadi. Baholashning davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim. Akkreditlash ob’ektini joyida baholash natijalari akkreditlashtirish qoidalarida o’rnatilgan shakl bo’yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaga komissiyaning barcha a’zolari imzo chekadilar. Komissiya xulosasi bilan komissiya a’zolaridan qandaydir kelishmovchiliklar bo’lgan holatlarda, yozma ravishda e’tirozlar, ya’ni baholash dalolatnomasiga ilova qilinib berilishi mumkin. Akkreditlashtiruvchi idora arizachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar ekspertizasining natijalarini tahlil qilib, baholash dalolatnomasi, dalolatnoma bo’yicha fikr va xulosalar, arizachi taqdim qilgan fikrlar barchasi tekshirilganidan so’ng akkreditlash Kengashiga ko’rib chiqish uchun qaror loyihasini tayyorlaydi. Kengash 15 kundan ko’p bo’lmagan muddatda qaror loyihasini hamda arizachi va komissiya taqdim qilgan hujjatlarni ko’rib chiqadi. Akkreditlash haqida yoki akkreditlashni bekor qilish haqida qaror qabul qiladi. Kengash akkreditlashni bekor qilgan holatda akkreditlash ob’ektiga akkreditlashtirish talablari nomuvofiqligi va bildirilgan fikr-mulohazalarni bartaraf etishi uchun bir oy muddat beradi. Agarda qayta baholashda akkreditlashtirish talablari nomuvofiqligi va bildirilgan fikr-mulohazalari yana takrorlansa, Kengash akkreditlashtirishni bekor qilish haqida yakuniy qarorni qabul qiladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling