O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet55/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Global yondashuv quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mahsulot muvofiqligini baholashning natijalari teng qiymatliligi inobatga olinib, bir qancha jarayonlaridan foydalaniladi;

  • jarayonlar yo loyihalashga, yoki ishlab chiqarishga, yoki boshqaga taalluqli modullardan tarkib topadi;

  • baholash jarayonlarini tayyorlovchi taqdim qiladi, direktivada o’rnatilgan qatoridan tanlanadi;

  • baholash natijasi ko’rilayotgan mahsulot yoki ishlab chiqarish (sifat menejmenti tizimi) nazorati teng qiymatli sifatida qaraladi.

  • muvofiqlikni baholash jarayoni direktiva talablariga bog’liq bo’lib, uchinchi tomon bo’luvchi akkreditlangan yoki vakolatli idora va tayyorlovchi (birinchi tomon) amalga oshiradi.

Mavofiqlikni baholash natijasi bo’lib deklaratsiya muvofiqligi va SE belgisi bilan mahsulotni tamg’alash hisoblanadi (4.4-rasm).







4.4-rasm. SE belgisining chizmasi va tashqi ko’rinishi.

Ikkala yondashuv ham keng miqyosda mahsulotlarni erkin aylanishi va ularning xavfsizligini kerakli darajada ta’minlashda Evropa ittifoo’i (EI) shartlarini yaratishga yo’naltirilgan. Bunda Yangicha yondashuv asosan mahsulotlarga talablarni aniqlovchi yagona umumevropa me’yoriy bazasini yaratish va bu talablarga mahsulot muvofiqligini baholash qismida Yangicha yondashuv qoidalarini Global rivojlanishi nazarda tutiladi.


Yangicha va Global yondashuvlar mahsulot talablariga va uni muvofiqligini baholash protseduralariga yagonaligini ta’minlash Evropa direktivalari orqali amalga oshiriladi.
Texnikaviy uyg’unlik bo’yicha direktivalarni qo’llash uchun mo’ljallangan SE tamg’alashni qo’llash va qo’yish qoidalari va muvofiqlikni baholashning turli xil fazalari modullari bo’yicha EI Kengashining 1993 yil 22 iyuldagi 93G’465G’EES qarori modulli yondashuvni qo’llashni belgilovchi, muvofiqlikni tasdiqlash bo’yicha EI asos soluvchi hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qarorda muvofiqlikni tasdiqlash protsedurasi (modullari)ning tarkibi, texnikaviy uyg’unlik bo’yicha direktivalar ishlab chiqishda ularning mezonlarini tanlash hamda loyihalashtirish, tayyorlash, bozorga chiqarish va ekspluatatsiya qilish yoki mahsulotga qo’llashga taalluqli qonunchilikka muvofiq SE tamg’asini qo’yish qoidalari bo’yicha tavsiyalardan tarkib topgan.
Mahsulot me’yoriy talablarga muvofiqligini tasdiqlashga modulli yondashuv quyidagi xususiyatlarni tavsiflaydi:

  • muvofiqlikni tasdiqlash turli xil turdagi mahsulotlar uchun qo’llanuvchi “modullar” jarayonlariga bo’linuvchi jarayon sifatida;

  • modullar yo loyihalashtirish bosqichida, yoki uni ishlab chiqarish bosqichida, yoki ikkala bosqichlarda qo’llaniladi;

  • sakkizta asosiy modullar va sakkizta turli xil muvofiqlikni tasdiqlash jarayonlari to’plami hamda ularning modifikatsiyasi bo’lishi mumkin;

  • muvofiqlikni tasdiqlash mahsulot o’rnatilgan talablarga muvofiqligi (yoki nomuvofiqligi) to’g’risidagi qaror qabul qilish va SE muvofiqlik bilan tamg’alashni kiritish imkoniyati bilan tugallanadi;

  • muvofiqlikni tasdiqlash jarayoni birinchi tomon (tayyorlovchi) yoki uchinchi tomon (akkreditlangan yoki vakolatli idora) qatnashuviga asoslanadi.




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling