O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Download 57.44 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1603056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMALIY MASHG`ULOTLAR METODI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM ” KAFEDRASI

____________________________” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu:____________________________________________________________


__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Bajardi:____________________________________________________________
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(fakultet, bakalavriat yo‘nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: _______________________________________
(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)
SHAHRISABZ – 2022


M U N D A R I J A
Kirish…………………………………………………………………3
Asosiy qism.
Amaliy mashg`ulotlar haqida.
1.1. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash……….....6
1.2. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda innovatsion yondashuv…10
1§ bo‘yichaxulosa…………………………………………………………17
Labaratoriya mashg`ulotlari haqida.
2.1. Labaratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish……………………..20
2.2. Amaliy mashqlar metodlari…………………………………………29
2§bo‘yichaxulosa ……………………………………………………………36
Xulosa………………………………………………………………40
Yangilik……………………………………………………………45
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………46


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’quv vaziyatini modellashtirish bo'yicha tadbirkorlik o'yinlarini tayyorlashda murakkab amaliy vazifalarni (muammolarni) echishga qaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalarni tahlil qilib chiqish, uni echishda ishtirok etadigan rahbarlar va ijrochilarni, ularning vazifalari, o'zaro munosabatlari tartibi, vazifani samarali echishning ibtidosi bosqichlari va me'yorlari, unga kerak bo'ladigan texnik vositalar, me'yoriy, ehtiyoj (spravochnik), metodik va boshqa manbalarni aniqlash zarur.
Oliy maktab amaliyotida tadbirkorlik o'yinlariga alohida ahamiyat beriladi.Tadbirkorlik o'yinlari nazariyasi umuman boshqa o'yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog’langan. Tadbirkorlik o'yinlari mashqur psixologlar L.S. Vigodskiy, A.N. Leontev, P.Ya. Galperinlarning islilarida nazariy asoslangan. Tadbirkorlik o'yinlari o'z xarakteriga ko'ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari bilish va o’qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o'yinlariga taqlidiy (imitasion) o'yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo'ldi. Taqlidiy o'yinlarga o'z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o'yinlar asos bo'lgan.
A.A. Verbiskiy tadbirkorlik o'yinlariga o’qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o'yinlarida mashq qilish faoliyati va bo'lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir suniy va tabiiy tizim sifatida o'zaro nisbatlanadi. Shu tufayli tadbirkorlik o'yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya'ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.
A.A. Verbiskiy oliy o’quv yurtining vazifasini bunday o’qitishda, ya'ni talabanibir etakchi faoliyatini (o’quv)dan boshqa(kasbiy) tipgafaoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo'naltirilgan (o'zlashtirilgan) holda o'tkazishni ta'minlash deb biladi. Laboratoriya mеtodi ta’lim jarayonida o`quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o`zgarishi va taraqqiy etish qonunlari haqida yangidan-yangi bilimlar bеrish va mustahkamlash hamda ularning tеgishli ko`nikma va malakalar hosil qilishlarida muhim ahamiyatga ega. O`quvchilar tomonidan fizika xonasida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (o`lchov asboblari, tajriba jihozlari va tajriba uchun kеrak bo`lgan asbob va anjomlar kabilar yordamida) bеvosita o`rganishga laboratoriya ishlari dеb aytiladi. Laboratoriya mеtodi VI-IX sinflarda, akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarining I,II, va III kurslarida fizika, ximiya, biologiya va tabiiy gеografiya fanlarini o`qitishda qo`llaniladi. Laboratoriya mashg`ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya xonasi hamda tеgishli apparat, asbob-uskunalar, mikroskop, lupa, kolba, mеnzurka, o`lchov asboblari bilan ta’minlangan oddiy sinf xonalarda, maktabning tajriba uchastkalarida olib boriladi. Odatda laboratoriya mashg`ulotlari o`qituvchi tomonidan ilgari og`zaki bayon qilish-tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma’ruzasi va suhbat mеtodi bilan o`tilgan ma’lumotlarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Ba’zan bunday mashg`ulotlar yuqori sinflarda ham yangi bilim bеrish maqsadida qo`llaniladi. Ko`pincha laboratoriya darsi mashg`ulotning tavsifiga qarab uch turda: kuzatish; tajriba yoki ekspеrimеnt o`tkazish; tеgishli asbob uskunalar vositasida muayyan biror narsani o`lchab yoki tеkshirib ko`rishda qo`llaniladi. Bitta laboratoriya mashg`ulotida ikki yoki uch xil mеtod qo`llanilishi mumkin.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi maktablar, kasb-hunar kollejlarida ta‘limida qo‘llaniladigan dars va mashg‘ulotlar shakllari, metodlarini aosiy mohiyati va kasb–hunar kollejlarida olib borilayotgan o‘qitish tizimini amaliy o‘rganish. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan:
 Amaliy mashg`ulotlarni tashkillashtirish;
 Seminar mashg`ulotlarini shakllantirish;
 Labaratoriya mashg`ulotlari;
 o‘qitish tizimida texnologiyalardan foydalanish.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Kurs ishi mavzusini o‘rganishda qator manbalarni, monografiyalar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalardan va o‘quv qo‘llanmalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Bundan tashqari internet manbalari va yozilgan ilmiy ishlar mavzuni ochib berishda yordam beradi.
Mavzuning obyekti sifafita O`quv dargohlarida xuxusan maktablar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta`lim muassasalarida amaliy, seminar va labaratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish metodlari, bu haqda yozilgan ilmiy kitoblar, monografiyalarni o`rganish va tahlil qilish.
Mavzuning predmetini Dars mashg`ulotlarini tashkil qilish metodologiyasi, rivoijlanish bosqichlari, yangiliklari, maqsadi va vazifasi tashkil etadi.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling