O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti
Download 57.44 Kb.
|
AMALIY MASHG`ULOTLAR METODI
Mavzuning tuzulishi: mavzudagi ushbu kurs ishi, kirish qismi, 2 ta bob, asosiy qismdagi 6 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Amaliy mashg`ulotlar haqida. 1.1. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash Amaliy mashg`ulot darslari kasb-hunar kollejlarda o`quv jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili), o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi. Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi, auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi. Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim. Seminar mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi. Har bir seminar mashg`ulotining rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati ishchi dasturda to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik dolzarb ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Ayniqsa ijtimoiy – iqtisodiy fanlar bo`yicha seminar mashg`ulotlarining savollari kundalik yangiliklar va senat Oily majlis qarorlari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bo`yicha materiallar bilan to`ldiriladi. O`qituvchi har bir amaliy-seminar mashg`ulot darsi uchun zarur ko`rsatmali va tarqatmali materiallarni oldindan tayyorlab qo`yishi zarur. Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar kollejlarida nazariy ta`lim berishning mohiyati. Kasb – hunar kollejlarida nazariy ta`lim berishning asosiy vazifasi, mazmuni,usullari va tashkiliy shakllari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, yagona bitta maqsadga,ya`ni yuqori malakali iqtisodchi kadrlar tayyorlashga qaratildi. Shuning uchun nazariy va amaliy ta`lim o`quv jarayonining mustaqil, ammo bir biriga bog`liq qismlari xisoblanadi . Ta`lim jarayonida nazariy dars soatlari ma`lum nisbatta bo`lishi lozim. Bunda o`quvchilar o`rganayotgan fan bilan topish emasligini o`zlashtiradigan bilimlar ular uchun yangiligini nazarda tutishi zarur. Iqtisodiyot kasb hunar kollejlarida iqtisodiyot fanlarini o`rganishdan maqsad o`quvchilarga iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, o`zi tanlagan kasbiga nisbatan qiziqish uyg`otish va kasbiy maxoratni shakllantirishdir. Nazariy ta`lim bilim berishning eng ratsional va ko`p tarqalgan ommaviy usulidir. Nazariy ta`limda o`qituvchi quyidagilarga qat`iy amal qilishi lozim ; fan bo`yich maruza o`tuvchi o`qituvchi fanining namunaviy dasturi, ta`lim yo`nalishining davlat ta`lim standarti hamda o`quv rejasi asosida ishchi dastur va kalendarli metodik reja tuzadi. Anashularga asosan o`zini maruzalar matnini tayyorlaydi; ma`ruzalar o`tishga puxta tayyorgarlik ko`rish zarur. Bir nechta asosiy adabiyotlar, qo`shimcha adabiyotlar ma`ruzaga doir internet ma`lumotlari, matbuot xabarlaridan topib olish , tayyorlanish talab etiladi. Ma`ruzani qaysi usulda va qanday texnik vositalardan, ko`rgazmali va tarqatmali materiallarda o`tishi ishchi dasturda ko`rsatiladi va shu bo`yicha oldindan tayyorgarlik ko`riladi. ma`ruz o`quv rejaga fanga belgilangan sohaga va belgilangan fan bo`yicha namunaviy va ishchi dasturga qattiy amal qilingan holda o`tkaziladi. birinchi ma`ruza darsida asosiy va qo`shimcha adabiyotlar, ularning muallifi, nomi, nashr yili va avtorlari berilishi kerak. Ayrim xollarda har bir mavzu uchun adabiyotlar tavsiya etilishi mumkin ma`ruza faqat manolog usulida emas,o`quvchilar ham jonli muloqot tarzida maqsadga muvofiqdir. o`qituvchi barcha o`quvchilarni diqqatini o`ziga jalb qila olishi shart. ma`ruza o`tishda yangi pedagogik va axborot texnalogiyalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Texnik vositalar orqali ma`ruzalar o`tish ham o`qituvchiga yengillik tug`ridagi, ham, o`quvchilarga tushinishlarda qulaylik tug`diradi. Xar bir ma`ruza mashg`uloti oxirida o`tilgan ma`ruza yuzasidan savol javob uchun albatta vaqt qoldiriladi. Asosiy va murakkab tushunchalar qisqa takrorlanib tushintirib beriladi, Umumiy xulosalarchiqarib mashg`ulotga yakun yasaladi. Iqtisodiyot kasb hunar kollejlarida iqtisodiyot fanlarini o`rganishdan maqsad o`quvchilarga iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, o`zi tanlagan kasbiga nisbatan qiziqish uyg`otish va kasbiy maxoratni shakllantirishdir. Nazariy ta`lim bilim berishning eng ratsional va ko`p tarqalgan ommaviy usulidir. Nazariy ta`limda o`qituvchi quyidagilarga qattiy amal qilishi lozim. O`quv rejasi va o`quv dasturlari. O`rta maxsus kasb hunar kollejlarining o`quvrejasi shu kollejning turi, maqsadi va vazifalarini o`quvchilarning yoshi va o`qish muddatini belgilovchi davlat hujjatlari asosida ishlab chiqiladi. O`quv rejasiga oid hujjatlarni malaka tavsifnomasi, mavzular rejasi va o`quv dasturlari tashkil etadi .Malaka tavsifnomasi mutaxassisni bilimi xamda kasbiy tavsiyasiga qo`yiladigan asosiy talablar aksettirilgan . Me`yoriy hujjat xisoblanadi. Unda kasb va ixtisosliklarning aniq nomlari texnik va maxsus bilimlar , mexnat, ko`nikma va malakalari, malaka oshirish bo`yicha yo`l yo`riqlar ko`rsatilgan bo`ladi. O`quv dasturlari fanning hajmini, uni o`qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi. Maruzalar rejasi o`quv dasturini bir qismini tashkil etib unda mavzularning tartibi va nomi ularni o`tish uchun, shu jumladan nazariy, amaliy-labaratoriya, ishlab chiqarish amaliyoti ta`limi uchun ajratilgan vaqtlar ko`rsatiladi. O`quv reja va dasturlaridamateriallar o`quv yillari bo`yicha taqsimlangan soatlarda aks ettiriladi. Dastur o`quvchilarga yangi fan, texnika bo`yicha yuksak kasbiy maxoratni shakllantirish, ularni o`quv ustaxonalari, labaratoriya va poligonlarda o`qitish yangi texnlogik jarayonlar fan va ishlab chiqarish ilg`orlari mehnatining uslub va usullarini o`rganishni nazarda tutadi. O`quv reja va dasturlari kollejning muhim hujjati hisoblanadi. Ma`ruzalar rejasi o`quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda mavzularning tartibi va nomi ularni o`tish uchun ,shu jumladan ta`lim uchun ajrtilgan vaqtlar ko`rsatiladi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling