Oʻz joniga qasd qilgandan keyin tirik qolganlarga konsultatsiya berish.
Nima qilish kerak?
Mehribon va qabul qiluvchi boʻlish;
Qaygʻuli xodisani muhokamasiga bir necha bor qaytish imkonini berish;
Qaygʻu tabiiy hol ekanini taʼkidlash;
Shaxsni qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar haqida maʼlumot berish, masalan, oʻz-oʻziga yordam guruhlari.
Nima qilish mumkin emas?
Bajara olmaydigan iltimoslarni qabul qilish;
Roʻyobga chiqaza olmaydigan vaʼdalar berish;
"Sizda yana farzand bormi?";
"Bu xudoni xohishi edi";
2.2 & Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil qilish
Suitsidologik yordam tashkil qilish – bu tizim davolash-profilaktika choralari bo’lib, maxsus yordam ko’rsatishga yo’llangan suitsidal (autoagressiv) ga moyil odamlarga ko’rsatiladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
-birinchi yordam: shifokorgacha (hamma odamlar yordam ko’rsatishi mumkin) yoki birinchi shifokorlik yordami bo’lib, suitsidga qo’l urgan suitsidentga somatik asoratlarda amalga oshiriladi; hamma sohadagi shifokorlar tomonidan, ko’pincha, tez yordam jamoasi, kasalxonada tez yordam yoki boshqa davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
-shoshilinch yordam: shoshilinch psixiatrik yordam suitsidal xulq-atvorli bemor olib kelingan davolash muassasasidagi psixiatrlar tomonidan ko’rsatiladi; shoshilinch psixoterapevtik yordam “ishonch telefoni” xizmati tomonidan ko’rsatiladi.
-ambulator-maslahat yordamlari: suitsidologlar (psixiatr, psixoterapevt, tibbiy psixolog) ambulator davoni umumiy somatik profilli poliklinikalar qoshidagi maxsus ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida yoki psixonevrologik dispanserlarning maxsus suitsidologik xonalarida olib boradilar.
-gospital yordamlar: suitsidal belgilari mavjud bemorlarga inqiroz holatlarida yoki autoagressiv xulq-atvorda ruhiy buzilishlar yuzaga kelganda psixiatrik kasalxonalarda maxsus statsionar yordam ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |