O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Download 218.34 Kb.
bet16/23
Sana23.10.2023
Hajmi218.34 Kb.
#1716910
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
25 Suitsidal xulq atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi

Faoliyatga yo’naltirish
-muhtojlar uchun kecha-kunduz amalga oshirish;
-suitsidal xavf guruhidan faollarni topish;
-o’z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni nazorat qilish.
Idoralar va tizimlar
-aholi uchun maslahatxonalar;
-shoshilinch telefon yordami xizmati;
-sutkalik gospitalizatsiya xizmati;
-ambulator xizmatlar;
-suitsidetlar uchun (kunduzgi statsionar) “yarim yo’ldagi uy”, bemorlarning bemalol ishlashlariga imkon beruvchi kechki soatlarda qisman gospitalizatsiya dasturi;
-suitsiddan ogohlantirish va suitsid interventsiyasini o’z ichiga olgan shoshilinch psixiatrik yordamlar;
-shifokorlarga, yuristlarga, turli yordam ko’rsatuvchi agentliklarga shoshilinch yuborish dasturi;
-suitsid fenomenologiyasini o’rganishga yo’naltirilgan ommaviy ta’lim dasturlar.
Suitsidal xavfning zamonaviy profilaktikasi umumiy ixtisoslashgan kasalxonalar, psixik sog’lomlashtirilgan markazlar, psixiatrik klinikalar, cherkov maslahatxona markazlari, antisuitsidal bo’limlar, telefonda psixologik yordam xizmati va zaharlanishdan davolash markazida shoshilinch psixiatrik yordamlarni birlashtiradi. Bu xizmatlarning har biri suitsidga moyil odamlarga muhim amaliy yordamlar beradi.
Suitsidal oʻrganishlar sodir etgan bolalar bilan psixologik maslahat ishlari.
Suitsidal niyatli odamlar yordamdan qochmaydilar, balki aksi, maslahatga va yordamga intiladilar. Suitsidni sodir etganlardan deyarli 70% bir oy oldin vrachlar bilan maslahatlashadilar, 40%-qilmishni sodir etishning oxirgi haftasida; 30% u yoki bu koʻrinishda oʻzlarining niyatlari haqida atrofdagilarni ogohlantiradilar.
Chunki ular yashash yoki oʻlim hoxishi oʻrtasida ikkilanadilar. Mutaxassisga murojaat qilish esa ambivalentligi va boshqa bir yoʻlni topish umidi borligi haqida gapiradi.
Koʻp xollarda "hayot yoki oʻlim"ning imkoniyatlari shu qadar tengki, agar suitsidning yaqinlari shunday vaqtda gʻamxoʻrlik, mehr va iliqlikni namoyish etsalar, u holda hayot gʻalaba qiladi.
Suitsidga moyillik shaxs tipologiyasiga qarab ajratiladi. Tadqiqotlarda maʼlum boʻlishicha suitsidentlarning 36% — isteroidlar, 33% — infantil emotsional mobil shaxslar, 13% — asteniklardir.
Suitsidal mijoz konsultantga murojaat qilganda uning birinchi vazifasi "vaqtni choʻzish" va xavfli davrni tugashini kutishdir. Agar suitsident terapevtik jarayonga toʻliq jalb etilsa, konsultant uni qayerga boshlayotgani haqida xohish paydo boʻladi va u suitsidal niyatlarini bajarishni orqaga surib turishi mumkin. Shuning uchun suitsidentda terapiyaga qiziqishni uygʻotish va uni qoʻllab-quvvatlab turish kerak. Bunda terapiyani uzluksizligini taʼminlash kerak. Mijoz terapiyaning ikkinchi sessiyasiga kelishini taʼminlash uchun suitsidentda qandaydir savol uygʻotish va unga javobni quyidagi tarzda uzatish lozim: "Siz juda qiziq mavzuga eʼtibor qaratdingiz. Bunga menda qandaydir tasavvur mavjud, lekin bu haqida man keyingi sessiyada sizga gapirib beraman. Siz ham bu haqida nima oʻylashingizni qisqacha yozishingiz mumkin".
Terapevt oldida birinchi navbatda empatik aloqa oʻrnatish maqsadi turadi. Yaʼni uni tinglayotganda baholamaslik va ichidagini aytib olguncha uni qoʻllab turish; shuning uchun terapevt zarur boʻlgan barcha savollarni bermaydi, olingan informatsiya toʻliq emas.
Suitsident qay darajada konsultant bilan hamkorlik qilishini, boshqacha aytganda inqirozda "oʻz hayoti uchun kurashini" aniqlash kerak.
Agar konsultant depressiv suitsident bilan ish olib borayotganini aniqlasa, unda mijozga psixiatr yordamini taklif qilish kerak. Bu unga rad qilish emas, balki konsultant qoʻlidan kelgan barcha yordamni berishga, suitsident yashab qolishi uchun hamma imkoniyatlarni qilayotganini bildiradi.Suitsident bilan birgalikda aniq harakat rejalarini ishlab chiqish lozim va bu birinchi vazifalardandir. Ayniqsa inson yaqin soatlar va kun davomida nimalar bilan mashgʻul boʻlishini, kim bilan qayerda vaqtini oʻtkazishini gaplashib olish muhim.
Terapiyaning keyingi metod va yoʻnalishi mijozning suitsidal xulqi asosida qanday motivlar yotganiga bogʻliq.
Depressiv suitsidentlar koʻpincha oʻzlarining suitsidal hoxishlarini ikki xil motivlarda asoslaydilar. Birinchisi oʻz joniga qasd qilish orqali qiynalishlarga yakun yasamoqchi boʻlsalar, boshqalari bu qadamni atrofdagilardan oʻz istaklariga erishish umidida tashlaganlarini aytadilar.
Kimdir shu yoʻl bilan oʻz sevgisini, yaqin insonini qaytarmoqchi boʻlsa, kimdir yaqinlariga ularning yordamiga muhtojligini bildiradi, boshqalar esa chidab boʻlmas sharoitdan chiqib ketish uchun shifoxonaga tushushni xoxlaydilar. Lekin koʻpincha ikkita motiv bir vaqtda kuzatiladi: hayotdan qochish va manipulyativ intilishlar motivi.

Download 218.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling