Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi sirtqi boʼlim “davlat byudjeti” fаnidаn mustаqil ish


Davlat byudjeti tushunchasi, byudjet daromadlarining turlari


Download 148.86 Kb.
bet2/7
Sana02.02.2023
Hajmi148.86 Kb.
#1146454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SBI-52 guruh talabasi Suleymanov Mahsud 2023

Davlat byudjeti tushunchasi, byudjet daromadlarining turlari.



Dаvlаt byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʼljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʼgʼini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʼindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʼlka, viloyat, tuman va h. k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari) ga boʼlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʼliq boʼladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish va b.) koʼrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʼimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʼlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potentsiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʼliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʼlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʼoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʼlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjeti lari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʼindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.


Davlat budjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
• soliqli daromadlar;
• soliqsiz daromadlar;
• tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mablag'lari.

Budjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʼladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʼladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʼiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʼpayadi.


Rivojlangan mamlakatlarda Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʼi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʼi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y. da АQShda soliq tushumlari Davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Frantsiyada 91,5% ini tashkil qildi). АQSh federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida «daromadlar darajasini taʼminlash» (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʼqotgan oilalar va h. k. ga yordam koʼrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa xarajatlari (28— 30%) eng muhim oʼrinda turadi.






  1. Download 148.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling