Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi sirtqi boʼlim “davlat byudjeti” fаnidаn mustаqil ish
Download 148.86 Kb.
|
SBI-52 guruh talabasi Suleymanov Mahsud 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita soliqlar 73 955,9
Shuningdek, foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan 85 ta korxona va 31 ta bank muassasalari yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Xulosa Davlat budjeti daromadlarini oshirishga samarali soliq siyosati tatbiq etish orqali erishish mumkin. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish borasidagi choralar samaradorligi mamlakat soliq siyosatida ham o'zgarishlar bo'lishini taqozo etadi. Soliq, siyosatini takomillashtirish mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi, mulkchilik shaklidagi o'zgarishlar, mahsulotlarga baho belgilash, bank tizimi, pul-kredit siyosatidagi islohotlar bilan uzviy bog'liqlikda olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati takomillashtirilishiga joylarda alohida e'tibor qaratilishi kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo'lmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, soliq ma'murchiligini takomillashtirish borasida qilinayotgan ishlar o'zining ijobiy samaralarini bermoqda. Natijada, mamlakatimizda soliq yukki yildanyilga pasayib borishiga erishilmoqda. Soliq siyosatining muvaffaqiyati, ta'sirchanligi, natijaviyligi, ilg'orligi va samaradorligi ko'p jixatdan soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasiga borib taqaladi.Soliq imtiyozlari tadbirkorlarga o'z faoliyatini yo'lga tushrib olish,moliyaviy barqarorligini oshirish,ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqa maqsadlarda beriladi.Afsuski bazi holatlarda imtiyozlar iqtisodiyotda boqimandalik kayfiyatisa olib kelmoqda.Ularga quyidagilarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin: -Soliq imtiyozlarga ega bo'lgan kompaniyalar rivojlanishga bo'lgan intilishni yo'qotadilar va o'zimtiyozlari mavqeini saqlab qolishga harakat qilishadi, imtiyozlar bekor qilinganda esa ular o'z faoliyat yuritishdan to'xtaydilar; -Imtiyozga ega bo'lmagan korxonalar qanday bo'lmasin uni qo'lga kiritishga harakat qiladilar; Soliq imtiyozlari texnik taraqqiyot darajasini sekinlashtiradi ; Bir vaqtlar berilgan soliq imtiyozlarini amalda bekor qilish murakkabligi. Shu sababli soliq bo'yicha imtiyoz berishda soliq va imtiyoz dialektikasini to'g'ri yo'lga qo'yishga e'tibor berish zarur hisoblanadi.Soliqlar bo'yicha imtiyoz berishda kichik korxonalarni dastlabki yillarda soliqlardan ozod qilgandan ko'ra shu yillarda ma'lum bir darajadagi foydaga,yoki ishlab chiqarish natijasiga erishilsa soliq to'lashdan ozod qilish yaxshiroq natija beradi, deb aytishimiz mumkin. Download 148.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling