O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 3.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana03.10.2017
Hajmi3.02 Mb.
#17028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

 

“Mevali daraxt” o„yini 

“Mevali  daraxtni”  katta  o‘lchamli  karton,  8ta  varaqa,  old  tomondan  meva 

rasmi tushurilgan, orqasida savol yozilgan.  

O‘qituvchi  o‘yin  qoidalarini  tushuntiradi.  Talabalar  ikki  guruhga  bo‘linadilar, 

so‘ng  o‘qituvchi  umumiy  savolni  beradi.  Har  bir  guruhdan  bittadan  talaba 

navbatma-navbat javob beradilar. Javob to‘g‘ri bo‘lsa o‘qituvchi meva beradi va u 

daraxtga knopka bilan sanchiladi. Javob berolmasa meva berilmaydi. Qaysi guruh 

ko‘proq meva yig‘sa o‘sha guruh g‘alaba qozonadi. 

Savol: Proton pompa ingibitorlariga ko‘rsatmalar: 

1.

 



O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi 

2.

 



Oshqozon yara kasalligi 

3.

 



Zolinger-Ellison sindromi 

4.

 



YArasiz dispepsiya 

5.

 



Peptik va stressli yaralar 

6.

 



Reflyuksg‘ezofagit 

360 

 

 



 

Klaster“Giperatsid holatlarda qo‘llaniladigan dori vositalarning tasnifi” 

 

 



Гиперацид 

ҳолатларда 

қўлланиладиган дори 

воситалар 

HCl ишлаб 

чиқарилишини 

камайтирувчилар  

Протон помпа 

ингибиторлари 

(омепразол, 

пантопразол



Н

-гистамин 

блокаторлари 

(фамотидин,ранитидин

Эркин HCl 

камайтирувчилар 

Антацидлар 

(алмагель, маалокс) 

М-холиноблокаторлар 

(атропин, 

гастрозепин) 


361 

 

Vaziyatli masalalarning kompleksi 



VAZIYAT № 1. 

45 yoshli bemor klinikaga ovkatdan 15-20 minutdan keyin epigastral soxada 

og‘rik,  engillik  keltiruvchi  qayt  qilish,  jig‘ildon  qaynashi,  suyuq  axlat  kelishiga 

shikoyat qilib keldi. Og‘riqqoldirish uchun uyda antatsid preparat kabul kilgan. 

1.

 

Sizning klinik tashxisingiz; 



2.

 

Kaysi  antatsid preparatlar  diareyaga olib kelishi mumkin? 



3.

 

SHu xolat uchun optimal antatsidni tanlang: 



4.

 

 Xolat uchun antatsidni dozalash rejimi: 



5.

 

 SHu bemorning kasalligi faolligida davolash sxemasini kursating 



6.

 

 Ushlab turuvchi dozaga o‘tish vaktini ko‘rsating: 



7.

 

 SHu bemor uchun to‘g‘ri ushlab turuvchi terapiyani ko‘rsating 



 

VAZIYAT  № 2. 

35 yoshli bemor klinikaga epigastral soxadagi “ kechki, och qorindagi, tungi “ 

og‘riqga, jig‘ildon qaynashi, qabziyat, ta’sirchanlik, uyqu  buzilishi kabi shikoyatlar 

bilan  keldi.  Anamnezidan  2  yildan  buyon  bemor  12  barmoq  ichak  yara  kasalligi 

bilan  og‘rigan,  baxor-kuzgi  faolligi  bilan.  Spazmolitiklarni  vena  ichiga  yuborganda 

og‘riklar pasayadi.EGDFSda 12 barmoq ichak piyozcha qismining oldingi devorida 

0,8-1,0 sm li yara aniqlandi. 

1.

 



Kaysi gurux preparatlarga  shu xolatda ko‘rsatma yo‘q? 

2.

 



Kasallikni faol  davridagi davolash sxemasini kursating: 

3.

 



Profilaktika davridagi davolash sxemasi: 

4.

 



Surkalfatning kaysi nojuya ta’siri distenzion kolitlarda ichishni cheklaydi: 

5.

 



N

2

-gistamin blokatorlari qo‘llanilishida bekor qilish sindromi asosida nima 



yotadi: 

6.

 



 Kaysi N

2

-blokator uchun antiandrogenlik xususiyat yukori 



 

362 

 

Nazorat savollari 

1. MIT kasalliklarini turlari 

2. Turli xil MIT kaslliklarida bemorlarning klinik xarakteristikasi  

3. MITga ta’sir etuvchi  dori vositalarining zamonaviy tasnifi  

4. MITga ta’sir etuvchi turli gurux vositalarning farmakodinamik effektlari va 

farmakokinetik ko‘rsatkichlari 

5.  MITga  ta’sir  etuvchi  k  dori  vositalarining  nojo‘ya  ta’sirlari,  profilaktika  va 

antiaritmiklar dozasi oshib kenganda korreksiya yo‘llari 

 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 

2012 


2. Mamatov YU. Klinik farmakologiya, Toshkent, 2010.  

3.  Kats  P.S.,  Mavlyanov  I.R.,  Maxkamova  R.K.,  Daminova  L.T.  Klinik 

farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 

4.  Belousov  YU.B.  Klinicheskaya  farmakologiya  i  farmakoterapiya,  M., 1997; 

2000. 

5. Kukes V.G Klinicheskaya farmakologiya, M., 2012 



6.  Musabaev  E.I.  i  soavt.  Disbakterioz  kishechnika.  Terminologiya, 

diagnostika i sovremennыe metodы korreksii, 2002. 

7.  Gastroezofagealnaya  reflyuksnaya  bolezn.  Diagnostiki,  lechenie, 

algoritmы. 2006. 

 

 

13-amaliy mashg„ulot. Revmatik va autoimmun kasalliklarni davolashda 



qo„llaniladigan preparatlarni tanlashga klinik farmakologik yondoshish. 

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: 

Talabalarning  nosteroid  yallig‘lanishga  qarshi  dori  vositalarini  qo‘llashda 

ijodiy  fikrlashini  rivojlantirish;  turli  xil  klinik  xolatlarda  mantiqiy  fikrlashni 

rivojlantirish.  O‘tkazilayotgan  terapiya  havfsizligi  va  effektivligini    baholash 

muddatlarini  va tanlov mezonlarini  o‘rgatish.  


363 

 

Talaba bilishi kerak: 

Suyak-mushak  sistemasi  patalogiyasida  standart  davoga  kiruvchi  dori 

guruxlari. 

- Nosteroid yallig‘lanishga qarshi  dori vositalarini ta’sir mexanizmi. 

-  Nosteroid  yallig‘lanishga  qarshi    dori  vositalariga  ko‘rsatma  va  qarshi 

ko‘rsatmalar. 

- YAllig‘lanishga qarshi  dori vositalarining nojo‘ya tasiri. 

- YAllig‘lanishga qarshi  dori vositalarini yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro 

ta’siri. 

-  Qabul  qilingan  yallig‘lanishga  qarshi    dori  vositalari  havfsizligi,  effektivligi 

nazorat qilish. 



Talaba bajara olishi lozim: 

Muolaja  varaqasini  ekspert  baholash  maqsadida  bemorlar  kuratsiyasini 

o‘tkazish. 

-  Kuratsiyadagi  bemor  davolash  varaqasiga  ekspert  baho  berish  va  uning 

himoyasi. 

-  Quyidagi  vaziyatlarga  muvofiq  tematik  bemorlarda  farmokoterapiyani 

muhokama kilish: 

1.

 



kasallikka mos farmokoterapiya davolash standartlarini o‘tkazish; 

2.

 



patologik  jarayonga  va    havf    darajasiga  qarab  preparatlarni 

induvidual tanlash va dozalash rejimi; 

3.

 

farmokoterapiyaning havfsizligi va effektivligini nazorat qilish;  



4.

 

nojo‘ya ta’sirlarini  oldindan aniqlash va korreksiyalash; 



dori vositalarining ratsional va noratsional kombinatsiyalari. 

Motivatsiya  

UASHga  murojat  qilgan  umumiy  bemorlarning  15-20%ni    suyak-mushak 

sistemasi  patalogiyasi  tashkil  qiladi.    Bu  kasallik  aholining    mehnat  qobiliyatini 

pasayishiga  olib  keladi.  Inson  umrining  o‘rtacha  davomiyligi    ulg‘ayib    borishi  va 



364 

 

xavf omilarini tarqalganligi  bu kasallikni yanada o‘sishiga olib kelmoqda. UASHni 



asosiy taktikasi kasallikni erta aniqlash va ular xolatini dinamikada kuzatish. 

Bemorni  kasallik turli xil artritlar ko‘rinishida bezovta qiladi, bu patalogiyada 

og‘riq ko‘proq orqa soxaga tarqalgan, biroz kamroq bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. 

Ko‘pincha  bolalarda  suyak-mushak  sistemasi  kasalliklari  asoratlari  yuzaga  keladi. 

Suyak-mushak  sistemasi  kasalliklarini  davolash  uzoq  muddatli  kuzatishni  talab 

qiladi,  ko‘p  bosqichli,  moliyaviy  jixatdan  xam  zarar.  40%  xollarda  uzoq  muddatli 

mehnat  faoliyatini  buzulishiga  olib  keladi.  Nosteroid  yalig‘lanishga  qarshi  dori 

vositalarni  uzoq  muddat  qabul  qilish  OIT  yarali  o‘zgarishlar,  asoratlar,oqibatda 

bemor o‘limiga olib kelishi mumkin. 

Fanlararo va fanlar ichra aloqalar 

Mavzuni  o‘qitish  talabalarning  suyak-mushak  tizimi,    yurak-qon  tomir 

sistemasi,  fiziologiyasi,  patofiziologiyasi,    yallig‘lanishga  qarshi  dori  vositalarning 

klinik  farmakologiyasi,  ichki  kasalliklar  propedevtikasi,  revmatalogiya,  terapiyaga 

oid bazis bilimlariga asoslanib amalga oshiriladi. 

 

Nazariy qism 

Nosteroid  yallig‘lanishga  qarshi  dori  vositalar  katta  gurux  preparatlardan 

iborat bo‘lib, kuchsiz organik kislota unumi hisoblanadi va o‘xshash farmakalogik 

tasirga  ega  bo‘lib  ko‘pchiligi  retseptsiz  sotib  olinadi.  Nosteroid  yallig‘lanishga 

qarshi  dori  vositalarni  asosiy  farmakologik  tasiri:  yallig‘lanishga  qarshi,  og‘riq 

qoldiruvchi  (analgetik),  isitma  tushuruvchi  (antipiretik)  xususiyatlari  mavjud,  shu 

xususiyatlari  tufayli  ko‘plab  kasalliklarda  qo‘llaniladi.  Nosteroid  yallig‘lanishga 

qarshi  dori  vositalari  kimyoviy  tuzilishi  va  klinik  xolatni  kechuviga  ko‘ra  tasnifi 

mavjud  (1-jadvalda).  Dori  vositalari  bir  guruxga  kirib,  kimyoviy  tarkibi  jixatdan 

o‘xshasa  xam  ularning  ta’sir  effektivligi,  nojo‘ya  tasirlari  har  xil.  Bulardan  eng 

yaxshi yallig‘lanishga qarshi vositalar - indometatsin va diklofenak, keyingi o‘rinda 

ibuprofen.  Indometatsin  indoluksus  kislota  hosilasi  hisoblanib,  shu  kimyoviy 

gruppaga  kiruvchi  etodolakga  nisbatan    ko‘proq  gastrotoksikdir.  Preparatlarning 

klinik effekti bemordagi kasallikning kechishi va turi, bemor individual reaksiyasiga 

bog‘lik bo‘ladi. 



YAQNDV aktivligi va kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tasnifi 

365 

 

 



YAQNDV yallig‘lanishga qarshi aktivligi bo‘yicha 

Kislotalar 

Salitsil kislota unumlari 

Atsetilsalitsilat kislota (aspirin) 

Diflunizal 

Lizinmonoatsetilsalitsilat 

Pirazolidinlar 

Fenilbutazon 

Indoluksus kislota unumlari 

Indometatsin 

Sulindak 

Etodolak 

Feniluksus kislota unumlari 

Diklofenak 

Oksikamlar 

Piroksikam 

Tenoksikam 

Lornoksikam 

Meloksikam 

Propion kislota unumlari 

Ibuprufen 

Naproksen 

Flurbiprofen 

Ketoprofen 

Tiaprofen kislota 



Kislota bo‘lmagan unumlar 

Alkanonlar 

Nabumeton 

Sulfonamidlar 

Nimesulid 


366 

 

Selekoksib 



Rofekoksib 

YAQNDV kuchsiz yallig‘lanishga qarshi aktivlikka ega 

Antranil kislota unumlari 

Mefenam kislota 

Etofenamat 

Pirazolonlar 

Metamizol 

Aminofenazon 

Propifenazon 

Paraaminofenol unumlari 

Fenatsetin 

Paratsetamol 

Geteroariluksus kislota unumlari 

Ketorolak 

 

FARMAKODINAMIKASI: 

YAQNDV  larning  asosiy  tasir  mexanizmi  -  siklooksigenaza  (PG-sintetaza) 

fermentining  ingibirlashi  natijasida  araxidon  kislotadan  prostaglandin  hosil 

bo‘lishini kamayishidir. 

Prostaglandinlar xar xil biologik aktivlikka ega: 

A)  PGlar  yallig‘lanish  reaksiyasi  mediatorlari  hisoblanadi:  qon  tomirlarning 

lokal  kengayishini  chaqiradi  va  buning  natijasida  shish,  eksudatsiya,  leykotsitlar 

proliferatsiyasi va boshqa mexanizmlar yuzaga kelishiga olib keladi (asosan PG-E2 

va PG-I2). 

B)  Og‘riq  mediatorlarining  retseptorlari  sezgirligini  (gistamin,  bradikinin) 

mexanik ta’sirchanlikni oshiradi va og‘riq sezgirlik bo‘sag‘asini kamaytiradi. 

S) Gipotalamusda termoregulyar markazning endogen pirogenlar(interleykin-

1 va boshqalar)ga  sezgirligini oshiradi(PG-E2). Bu endogen pirogenlar -  mikroblar, 

viruslar toksini natijasida paydo bo‘ladi.  



367 

 

So‘ngi yillarda shu narsa aniq bo‘ldiki YAQNDV kamida,  siklooksigenazaning 



2 xil izofermentini ingibirlaydi. Birinchi izoferment  - SOG-1 fiziologik jarayonlarda 

ishtirok  etuvchi  prostaglandinlar    ishlab  chiqarilishini  boshqaradi.  Bular    esa,  

oshqozon-ichak  traktida  shilliq  qavat  butunligini,  buyrakda  qon  aylanishi  va 

trombotsitlar  faoliyatini  boshqaradi.  Ikkinchi  izoferment  -  SOG-2  yallig‘lanish 

jarayonida prostaglandin sintezini boshqaradi. Normal sharoitda SOG-2 bo‘lmaydi, 

u  yallig‘lanish  jarayonini  qo‘zg‘atuvchi  to‘qima  faktorlari  (sitokinlar va  boshqalar) 

ta’sirida hosil bo‘ladi. 

YAQNDV NYAQDVning tasiri SOG-2ni ingibirlash natijasida yuzaga chiqadi. 



YAQNDV ning SOG fermenti selektivligi bo‘yicha klassifikatsiyasi. 

SOG-1 ga  yaqqol selektiv munosabatda 

Aspirin 


Indometatsin 

Ketoprofen 

Piroksikam 

Sulindak 



SOG-1 ga o‘rtacha  selektiv munosabatda 

Diklofenak 

Ibuprofen 

Naproksen 

va 

boshqalar. 



SOG-1  va    SOG-2  larni    teng  miqdorda  namunali 

ingibitorlari 

Lornoksikam 



SOG-2 ga o‘rtacha  selektiv munosabatda 

Etodolak 

Meloksikam 

Nimesulid 

Nabumeton 

SOG-2 ga  yaqqol selektiv munosabatda 

Selekoksib 



368 

 

Rofekoksib 



 

YAQNDV larning  tasir mexanizmlari: 

YAllig‘lanishga 

qarshi 

ta’siri: 

lipidalarning 

peroksid 

oksidlanishini 

to‘xtatatishi,  lizosoma  membranasining  turg‘unligini  oshirishi  (bu  ikki  mexanizm 

xujayraning  struktur  tuzilishi  shikastlanishini  oldini  oladi),  ATF  hosil  bo‘lishining 

kamayishi  (yallig‘lanishni  energiya    bilan  tamilanishini  kamaytiradi),  neytrofillar 

agregatsiyasini tormozlanishi (ulardan yallig‘lanish mediatorlari chiqishini buzadi),  

revmatoid  artrit  bilan  og‘rigan  bemorlarda  revmofaktor  chiqishini  kamaytirishi  

bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Og‘riq  qoldirish  effekti  -  bu  og‘riq  impulslarining 

orqa miyadan uzatilishining buzilish mexanizmi bilan bog‘liq.  

YAQNDV  asosan  yallig‘lanishning  ekssudatsiya  fazasiga  ta’sir  etadi.  Ular 

yallig‘lanishni  proliferatsiya  fazasiga  tasir  etishi  bilan  kollagen  sintezini 

kamaytiradi  va  to‘qima  sklerozini  oldini  oladi.  Bu  preparatlar    proliferatsiya 

fazasiga    kamroq  tasir  qiladi,    alteratsiya  fazasiga  esa  tasir  qilmaydi.  

YAllig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha GKS DVlari YAQNDV an ustunlik qiladi. GKSlar 

fosfolipaza  A2  fermentini  ingibirlab,  fosfolipidlar  metobolizmini  to‘xtatadi,   

prostoglandinlar bilan bir qatorda leykotrienlarning  hosil bo‘lishini kamaytiradi. 



Analgetik  effekti:  Asosan,  o‘rta  va  engil  intensivlikka  ega    og‘riqlar 

(muskul,bo‘g‘im,    pay,  nerv  ildizi,    bosh  va  tish  og‘rig‘i)  ga  tasir  etadi.  Kuchli 

vitseral og‘riqlarni  qoldirishda narkotik analgetiklardan orqada qoladi. Diklofenak, 

ketorolak, ketoprofen, metamizol DVlarining og‘riq qoldirish ta’siri etarlicha kuchli 

ekanligi  bir qancha nazorat tajribalarida ko‘rildi. YAQNDV ning  buyrak kolikasida 

effektivligi    buyrakda  prostaglandin  E2  ning  kamayishi,    buyrakda  qon  aylanishi 

pasayishi  va    siydik  hosil  bo‘lishini  kamayishi  bilan  bog‘liq  .  SHuning  uchun 

surunkali  buyrak  etishmovchiligida  qarshi  ko‘rsatma  bo‘lib  hisoblanadi.  Buyrak 

jomida  bosimni  kamaytirib  uzoq  analgetik  xususiyati  namoyon  bo‘lishiga  olib 

keladi.  Narkotik  analgetiklardan    ustunligi  esa  nafas  sistemasiga  tasir  qilmaydi, 

qaramlik hosil bo‘lishiga olib kelmaydi, eyforiya chaqirmaydi. 

Isitma  tushirish  xususiyati:  YAQNDV  istmaga  tasir  qiladi.  Lekin  normal 

xaroratga  tasir  qilmaydi  va  shu  xususiyati  bilan  “gipotermik”    dori  vositalaridan 

farq qiladi (xlorpromazin va boshqalar). 


369 

 

Antiagregant effekti: SOG-1 izofermentini ingibirlab, endogen proagregant - 

tromboksan  sintezini  kamaytiradi.  Bunday    kuchli  uzoq  antiagregant  aktivlikka  

aspirin  ega.  Aspirin  trombotsitlar  agregatsiyasiga  ularning  umrini  oxirigacha  tasir 

qiladi  (qaytmas  ingibirlaydi).  Boshqa    YAQNDV  larning  bunday  tasiri  kuchsiz  va 

qaytar.  SOG-2  izofermentining  selektiv  ingibitori  trombotsitlar  agregatsiya 

xususiyatiga tasir qilmaydi.  

Immunosupressiv  effekti: sust  ifodalangan,  uzoq qo‘llanilganda seziladi va 

ikkilamchi 

xarakterga 

ega. 


Kapilyarlar 

o‘tkazuvchanligini 

 

susaytirib, 



immunokompitent xujayralar antigeni bilan kontaktini qiyinlashtiradi va antiteloni 

substrat bilan tasirlanishini susaytiradi. 



Ko‘rsatmalar:  Revmatik  kasalliklar  va  tayanch-xarakat  tizimi    norevmatik 

kasalliklari;  Nevrologik  kasalliklar:  nevralgiya,  radikulit,  ishialgiya,  lyumbago; 

Buyrak,  jigar  kolikasi;  Xar  xil  etiologiyali  og‘riqlar,  jumladan,  bosh  og‘rig‘i,  tish 

og‘rig‘i, operatsiyadan keyingi  og‘riq;  haroratning  ko‘tarilishi (38.5 S  dan  yuqori); 

Arterial tromboz profilaktikasi; dismenoreya. 

Qarshi  ko‘rsatmalar:  oshqozon  ichak  tizimi  eroziv-yarali  kasalliklarida, 

ayniqsa,    avj  olish  davrida,  buyrak  va  jigar  faoliyatining  og‘ir  darajali  buzilishlari, 

sitopeniya, individual ko‘tara olmaslik, xomiladorlik, emizish  davrida, meda ichak 

yo‘llaridan qon ketishda. Xomiladorlikda aspirinning uncha katta bo‘lmagan dozasi 

xavsiz  hisoblanadi,  lekin  tug‘ish  oldidan  mumkin  emas.  Indometatsin  va 

fenilbutazion  ambulator  sharoitda  yuqori  etibor  talab  qilinadigan  kasb  egalariga  

qo‘llanilmaydi.  

Ogohlantirish:  Bronxial  astmada  YAQNDV  ni  qo‘llashda  extiyotkorlik  talab 

qilinadi. Xar qaysi guruxdagi YAQNDV lar turli xil   kutilmagan reaksiyalar chaqirishi 

mumkin. AG yoki YUE bo‘lgan bemorlarga YAQNDV ning  buyrak  qon aylanishiga 

iloji boricha kamroq tasir etadigan   turi tanlash kerak. Qariyalarda  YAQNDV larni 

mumkin qadar minimal effektiv dozada va qisqa kurslarda qo‘llashga xarakat qilish 

kerak. 


Nojo‘ya  ta’sirlari:  Hamma  YAQNDV  lar  oshqozon  ichak  traktida 

gastroduodenopatiya rivojlanishiga olib kelishining yuqori xavfi bor. 

YAQNDV larni ko‘tara olish qobilyatini yaxshilash usullari. 


370 

 

I.  Oshqozon  ichak  traktini  shilliq  qavatini  himoyalovchi  vositalar  bilan  birga 

qo‘llash.  Tajribalar  shuni  ko‘rsatdiki,    eng  yuqori  effektivlikka  PG-E2ning  sintetik 

analogi  mizoprostol  ega  bo‘lib,  ular    YAQNDV  lar  bilan  birga  qo‘llanilsa  

oshqozonda,    12  barmoqli  ichakda  yara  paydo  bo‘lishini  oldini  oladi.  Xozirda 

YAQNDV  va  mizoprostolni  o‘z  ichiga  olgan  kombinirlangan  dori  vositalar  ishlab 

chiqarilmoqda. 

 

YAQNDV - indutsirlangan  yaralarga turli xil dori vositalarining ximoyalovchi 

ta’siri. 

Preparat 

YAra lokalizatsiyasi  

Oshqozon  

12 barmoqli ichak  

N

2



-blokator 

0 * 


Omeprazol 



Sukralfat 



– 

Mizoprostol 



+ profilaktik effekti 



0 profilaktik effekti yo‘q 

- effekti aniqlanmagan 

*  oxirgi malumotlarga qaraganda famotidin yuqori dozada effektiv.   

 

II.  YAQNDVni  qo‘llash  taktikasini  o‘zgartirib,  dozani  kamaytirish  yoki 

parentral  qo‘llashga  o‘tish,  rektal  maxalliy    qo‘llashga,  ichakda  so‘riluvchi  dori 

shaklini qo‘llash yoki dori oldi shakli (sulindak) qo‘llanilishi.  

YAQNDV  lar  tasirida  chaqiriladigan  gastroduadenopatiya  maxalliy  reaksiya 

bo‘lib qolmay organning sistem reaksiyasi. 



371 

 

III.  Selektiv  YAQNDVlar  qo‘llash.  YUqorida  qayd  etilganidek    SOG-E2 

izofermentiga  yuqori  selektiv  hisoblangan  SOG-2  ingibitorlari  kamroq  noxushlik 

chaqiradi:  bulardan    biri  meloksikam,  nabumeton  xisoblanadi. RA  va  osteoartroz 

bilan  kasallangan  bemorlarda  o‘tkazilgan  tajribalar    shuni  ko‘rsatdiki    bu  DVlar  

diklofenak,  piroksikam,  ibuprofen,  naproksenga  nisbatan  yaxshi  qabul  qilinadi  va 

ularga  nisbatan  effektivligi  kam  emas.  Bemorda  oshqozon  –ichak  traktida  yara 

rivojlansa  YAQNDV  larni  bekor  qilishga  to‘g‘ri  keladi.  RA  da  YAQNDVlarni 

qo‘llashni davom ettirish mizoprostol bilan paralel qo‘llash orqali amalga oshiriladi  

va regulyar endoskopik nazorat qilinadi.  



Buyraklarga  nojo‘ya  tasiri.  YAQNDV  ning  nefrotoksik  tasiri  va  kutilmagan 

reaksiyalar chaqirishi muxim axamiyatga ega. Bu nojo‘ya tasirlar YAQNDV (asosan 

SOG-1  ingibitorlari)ning    buyrakda  vozodilatatsiyalovchi  prostaglandinlar  hosil 

bo‘lishini  so‘ndirishi,    hamda  buyrak  to‘qimasiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  toksik  tasir 

ko‘rsatishi  bilan  bog‘liq.  Prostaglandinlarni  ingibirlanishi  natijasida  bu  faoliyat 

boshqaruvini  buzilishi  buyrakka  jarohatlovchi  tasir  ko‘rsatadi.  Fenilbutazon  va 

indometatsin  qabul  qilganda  nefrotoksik  sindromli  “intersitsial  nefrit”  (analgetik 

nefropatiya)  rivojlanish  holatlari  ham  kuzatiladi.  Ko‘pincha  fenatsetinning  tasiri 

havfli  hisoblanadi.  Nefrotoksik  havf  omillari:  65  yoshdan  oshganlar,  jigar  sirrozi, 

o‘tkazilgan  buyrak  patalogiyalari,  qon  aylanish  hajmini  kamayishi,  YAQNDV  ni 

uzoq qo‘llash, diuretiklar bilan birga qo‘llash. 


Download 3.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling