O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 3.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gepotoksik tasiri
- Uzoq muddat qo‘llanilganda YAQNDV larni nazorat qilish usuli
- Foydalanilgan adabiyotlar.
- Talaba bajara olishi lozim
Gemototoksik tasiri: ko‘proq pirazolon va pirozolidon unumlariga xarakterli. Ularni qo‘llashda eng havfli asorati aplastik anemiya va agranulotsitoz rivojlanadi. YAQNDV lar trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi va o‘rtacha antikoagulyant xususiyatini namoyon qiladi, jigarda protrombin sintezini tormozlaydi natijada oshqozon – ichak traktidan qon ketishi mumkin.
xolda sariqlik va gepatit paydo qiladi. Allergiya: toshma toshish, kvinke shishi, anafilaktik shok, Stivens-Jons, Layella sindromi allergik intersitsal nefrit keltirib chiqarishi mumkin. Teridagi o‘zgarishlar, asosan, pirazolon va pirozolidon unumlarini mqo‘llaganda kuzatiladi. BA kasalligi bor bo‘lgan bemorlarda bronxospazmlar paydo qiladi (aspirin). Buning sababi allergik mexanizm va endogen bronxodilyatatorlar hisoblangan PG – E2 sintezining pasayishidir. 372
Tug‘ruqni susaytirishi va xomiladorlikni uzaytirishiga olib keladi. Bu xususiyat prostaglandinlar (PG-E2, PG-F2) miometriyni stimulatsiya qilishi bilan bog‘liq. Uzoq muddat qo‘llanilganda YAQNDV larni nazorat qilish usuli: 1. Anamnezida YAQNDV lar qo‘llanilgan va nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan bemorlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak 2. Quydagi bemorlar uchun extiyotkorlik qilinishi kerak: BA, oshqozon-ichak traktida erroziv-yarasi bor bemorlarda, qon ketishga moyil, jigar, buyrak kasalligi. Bemorlar oshqozon-ichak trakti zararlanishi haqida ogoxlantirilishi kerak. 3. Xar qanday YAQNDV larni qo‘llaganda alkogol ichish tavsiya qilinmaydi, ayniqsa aspirin. 4. Barcha YAQNDV larni ovqatdan so‘ng istemol qilish kerak (ayniqsa aspirin). 5. Oshqozon-ichak traktini yuqori qismi bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan bemorlarda va bir vaqtda bir nechta dori vositasini qabul qilgan bemorlarda YAQNDV larning shamchalarini qo‘llash maqul. 6. Rektal shakli to‘g‘ri ichakda yallig‘lanishi bor bo‘lgan bemorlar va anorektal qon ketish kuzatilgan bemorlarda qo‘llanilmaydi. 7. Aspirin, diklofenak, indometatsin, surgan, naproksen, tenoksikam, ketoprofen trombotsitlar agregatsiyasi va qon ivishni susaytirishi, gemorragik sindrom rivojlanishiga olib keladi. 8. YAQNDV larni doimiy qo‘llansa, xar 3 oyda jigar funksiyasini tekshirish kerak (transaminaza faolligi va h.k.). 9. 3 haftada bir marotaba qon tekshiruvi o‘tkazish kerak, ayniqsa, pirozolon va pirozolidon unumlari qo‘llanilganda. 10. 3 haftada bir marotaba siydik tekshiruvini o‘tkazish kerak. SHish hosil bo‘lishini kuzatish kerak, munmazam AB ni o‘lchash kerak. 11. AG va yurak etishmovchiligi bor bemorlarda YAQNDV larni shunday turini tanlash kerakki, ular buyrak qon aylanish sistemasiga kam ta’sir etsin. 12. Xaydovchi va yuqori e’tibor talab qilinadigan kasblarga ketoprofen, napriksen, surgam va indometotsin qo‘llash mumkin emas. CHunki bosh
373
aylanishi, uyqusizlik, galyusinatsiya chaqiradi. Sababi serotoninga o‘xshash metobolitlar to‘planishi oqibatida. 13. Ketoralakni uzoq qo‘llash mumkin emas. 14. Ketoprofen chekuvchilarga va alkogol istemol qiluvchilarga mumkin emas.
15. Fenilbutazon qabul qilganda osh tuzi istemol qilishni kamaytirish kerak. 16. Qariyalar uchun YAQNDV larni minimal dozada va qisqa kurslarda qo‘llash kerak. 17. Xomiladorlik vaqtida aspirin, metamizol natriy, indometatsin, ibuprofen, inaproksen, ketoprofen buyurish qatiy man qilinadi. 18. 18 yoshga to‘lmagan bolalarga quyidagi dori vositalari qo‘llanilmaydi: aspirin (Reya sindromi rivojlanishi), ketorolak, ketoprofen, indometatsin, meloksikam, tenoksikam, surgam, diklofenak(12yoshgacha), naproksen (2 yoshgacha). 19. Maz va gellarni faqat shikastlanmagan teriga surtish, ularni ko‘zga, shilliq qavatlarga tushishini oldini olish kerak. 20. YAQNDVlarni maz va gellarni qo‘llaganda qichishish, giperemiya, vezikula, kepaklanish paydo bo‘lishi mumkin, bunday vaqtda ularni qo‘llash darxol to‘xtatiladi. 21. YAQNDVlaridan maz va gellarni uzoq qo‘llasa yoki tanani katta qismiga surtib qo‘llansa rezorbtiv tasir bilan bog‘liq salbiy tasiri kelib chiqadi. 22. Diklofenak tutuvchi maz va gel qo‘llanilganda fotosensibilizatsiya kelib chiqishi mumkin Dozalash va tavsiya qoidalari. Preparatlarni individual tanlash: Xar bir bemorga effektiv preparatlarni tanlashda ularni yaxshi o‘zlashtirishini ham hisobga olish kerak. Bu xar qanday YAQNDV bo‘lishi mumkin, lekin yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida I gurux DVni tavsiya qilish muxim. Bemorlarning YAQNDVga sezuvchangligi, xatto, bir kimyoviy gurux ichida turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun bitta preparat ta’siri bo‘lmaganda butun gurux effektsizligi haqida o‘ylamaslik kerak. YAQNDV revmatologiyada qo‘llanganda, ayniqsa bir preparat boshqasi bilan almashtirilganda, yallig‘lanishga qarshi effekti analgetik effektiga nisbatan kechroq yuzaga chiqishini hisobga olish lozim. YAllig‘lanishga qarshi yuqori ta’sir 14-15 kun muntazam qabuldan keyin, naproksen qo‘llanganda yoki oksikamda yana 2-4 haftaga kechroq yuzaga keladi. Xar qanday yangi dori preparatini bemorga kichik dozadan tavsiya qilish kerak. YAxshi ko‘tara olsa 2-3kunda
374
sutkalik dozasi oshiriladi. YAQNDV ning terapevtik dozasi keng diapazonga ega, oxirgi yillarda preparatlar sutkalik va bir martalik dozasi oshishi kuzatilmoqda(naproksen, ibuprofen), aspirin, indometatsin, fenilbutazon, piroksikam maksimal dozani cheklash saqlanib qolmokda. Ba’zi bemorlarda davo effekti YAQNDV juda yuqori dozada qo‘llagandagina yuzaga chiqadi.
YAQNDV davomli qabul qilinganda (masalan revmatologiyada) ovqatdan so‘ng tavsiya qilinadi. Tez analgetik va istima tushiruvchi effektga erishish uchun ovqatdan 30 minut oldin yoki 2 soat keyin, 1/2 1stakan suv bilan ichish lozim. Dorini ichgach ezofagit rivojlanishining profilaktikasi uchun 15 minut davomida yotish mumkin emas. YAQNDV qabul vaqtini, preparatlar xronofarmakologiyasini xisobga olib, kasallik simptomlari (og‘riq, bo‘g‘imlar karaxtligi) maksimal yuzaga keladigan vaqt bilan belgilash mumkin. Bunday xollarda umumqabul qilingan qoidalarni chetlanadi (2-3 maxal kuniga) va kunning xar qanday vaqtida tavsiya qilinadi, ba’zida kam sutkalik doza xam yaxshi klinik effekt beradi. Ertalabki yaqqol karaxtlikda tez so‘riluvchi YAQNP ni ertaroq (uyg‘ongandan so‘ng darxol) yoki tunga uzoq tasir qiluvchi preparatlarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oshqozon ichak traktidan tez so‘riluvchi va tasir effekti tez boshlanuvchi preparatlar naproksen-natriy, diklofenak-kaliy, suvda eruvchi aspirin, ketoprofen xisoblanadi. Monoterapiya Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘p YAQNDVlarini qo‘llash quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiq emas: 1.
Bunday kombinatsiya effektivligi ob’ektiv isbotlanmagan; 2.
Bazi xolatlarda preparatlarning qondagi konsentratsiyasi kamayishi kuzatiladi (masalan: aspirin- indometatsin, diklofenak, ibuprofen, naproksen, piroksikamlarning konsentratsiyasini kamaytiradi), bu esa, DVlarning effektivligi pasayishiga olib keladi; 3.
qo‘llash bundan mustasno. Analgetik effektni kuchaytirish maqsadida paratsetamolni biror bir YAQNDV bilan qo‘llash mumkin. Ba’zi bemorlarda YAQNDVni sutkaning turli vaqtlarida, masalan tez so‘riluvchilarni ertalab va kunduzi, davomli ta’sir qiluvchilarni kechqurun ko‘llash mumkin.
375
Glyukokortikosteroidlar. Glyukokortikosteroidlar - buyrak usti bezi po‘stloq qismida ishlab chiqiladigan garmonlardir. Ular faoliyati gipotalamo-gipofizar-buyrak usti sistemasi bilan boshqariladi. GKS larni buyrak usti bezidan qonga chiqishi bir maromda bo‘lmay, sirkad ritmga bo‘ysingan 8-12 implslar shaklida yuz beradi.
maxsus
spetsifik steroid
retseptorlar bilan
bog‘lanadi. Aktivlangan glyukokortikosteroid - retseptor kompleksi xujayra yadrosiga kirib DNK bilan birikadi va informatsion RNK hosil bo‘lishini stimullaydi. RNK translyasiyasi natijasida ribosomalarda turli xil regulyator oqsillar sintezlanadi. Lipokortin muximlaridan biri hisoblanib, yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishida kalit rolini o‘ynovchi fosfolipaza A 2 fermentini ingibirlaydi va prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini kamaytiradi. Glyukokortikosteroidlarni genomsiz tasir nazariyasi ham mavjud bo‘lib, effekti faqatgina yadro bilan chegaralanmay, membrana va
sitoplazma retseptorlari orqali
yuzaga chiqadi. Glyukokortikosteroidlarning bunday tasirlari, ayniqsa, yuqori dozalarda vena ichiga tez yuborilganda yuzaga kelishi mumkin. Lekin, GKSlarning maksimal farmakologik aktivligi qondagi pik konsentratsiya ortda qolgandan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Klaster, konseptual jadval organayzerlari Klasterni tuzish qoidasi 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing. 2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang. 3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing. Grafik organayzer “YAllig‘lanishga qarshi moddalarning nojo„ya ta‟sirlari” 376
Vaziyatli masalalarning kompleksi MASALA № 1 25 yoshli ayol klinikaga temperaturasi 38,2 S gacha oshishi, mayda bo‘g‘imlarida ertalabki karaxtlik bilan kechuvchi og‘riq, soch to‘kilishi, umumiy xolsizlik, tizzada shish. 3 oy oldin Qrimdan kelganida isitma, ko‘krak qafasining yarmida og‘riq va umumiy holsizlik kuzatilgan. Rentgenografiyada o‘ng o‘pkada – uncha ko‘p bo‘lmagan plevral suyuqlik aniqlangan. Keyin tuberkulez dispanseriga jo‘natilib qayta tekshirishda bu tashxis inkor etiladi. Bemor umumiy ahvoli asta sekin og‘irlasha borgan. Qon umumiy analizida: gemoglobin 82 g/l, ECHT 46 mm/soat, umumiy siydik taxlilida: oqsil 6,6%, eritrotsit 30-40 ko‘rish maydonida, leykotsit 40-50 ta ko‘rish maydonida, silindrlar. Koptokcha filtratsiyasi 86 ml/min, kreatinin 0,12 mmol/l, xolesterin 3,8 mmol/l, umumiy oqsil 42 g/l. EKG: chap tarmoqlarda T-tishcha amplitudasi pasayishi. 1.
Sizning tahminiy tashxisingiz? 1.
Birlamchi amiloidoz 2.
Surunkali glomerulonefrit 3.
Tizimli qizil bo‘richa 4.
Buyrak tuberkulezi 5.
Revmatoid artrit II. Qanday laborator ko‘rsatgichlar tashxisni tasdiqlaydi? ЯҚНДВлари (волтарен, пироксикам ) Глюкортикосте-роидлар Олтин препаратлари Д-пеницилламин
Иммуностимуля-торлар 377
1. Revmatoid faktor 2.
3.
APF ning miqdori oshishi 4.
LE – hujayralar, nativ DNKga nisbatan AT 5.
Giperxolesterinemiya III. Bu holatda qaysi dorilar tavsiya qilasiz? 1.
Indometatsin + oltin preparatlari 2.
Plakvenil + piroksikam 3.
Prednizolon + delagil 4.
Azatioprin + plakvenil 5.
Siklofosfan + oltin preparatlari IY. Glyukokortikosteroidlar qanday sxema bo‘yicha tavsiya qilinadi. 1.
2.
Puls-terapiya 3.
Alternirlangan 4.
30 mgdan davomli 5.
100 mg davomli Y. GKS larning tasir mexanizmini ko‘rsating: 1.
Granulotsitlardan lizosomani ajralishini pasaytiradi 2.
Bioaktiv moddalarning ta’sirining kuchayishi 3.
YOg‘ kislotalar sintezini tezlashtirish orqali 4.
Mineralokortikoid aktivlik 5.
Lipomodulin ishlab chiqarilishini kamaytiradi. YI. GKSlar bilan davo o‘tkazganda nazorat qilinadi, quyidagilardan tashqari: 1.
2.
AQB va tana vazni nazorati 3.
Davomiyli qo‘llanilganda antibiotiklar bilan kombinatsiyalash 4.
Qon zardobidagi uratlar miqdorini nazorati, xar xaftada 5.
To‘satdan to‘xtatish mumkin emasligi haqida ogohlantirish. MASALA № 2 63 yoshli erkak umumiy holsizlik, elka va chanoq sohasi proksimal qismi mushaklarida og‘riq, terida tarqalkan eritema, tana temperaturasi 38,2 S gacha oshishi, shilliq balg‘am ba’zan qon ajraluvchi yo‘tal. 35 yoshdan beri chekadi. Surunkali bronxit tashhisi asosida davolanadi. 5 oy oldin subfebrilitet, ko‘z sohasida shish va eritema paydo bo‘lgan. Lekin «allergik» reaksiyaga tahmin qilinib, mahalliy qo‘llanilgan davo samara bermagan. 1 oydan keyin paraorbital sohadagi shish va eritema butun yuzga tarqalgan keyin mushaklarda xolsizlik disfagiya, isitma qo‘shilgan, bemor 8 kgga ozgan. Ob’ektiv ko‘rikda: o‘rtacha og‘irlikda. Mushak holsizligi tufayli harakat qiyinlashishi. YUzda shish, bo‘yin ko‘krak, va qo‘l kafti, bilak tirsak va tizza bo‘g‘im 378
ustida eritema hamda qo‘l oyoq proksimal qismi mushaklarning qisman atrofiyasi aniqlandi. UQTda – ECHT 38 mm/chas. Rentgenografiyada – diffuz pnevmoskleroz, o‘pka emfizemasi, hamda o‘ng o‘pka ildizi kengayishi kuzatildi. 1.
Sizning tahminiy tashhisingiz? 1.
TQB 2.
Polimiozit 3.
Dermatomiozit 4.
Sarkoidoz 5.
Tizimli sklerodermiya 6.
Qanday laborator ko‘rsatgichlar tashxisni tasdiqlaydi? 1.
Qonda mioglobin miqdorini aniqlash 2.
Teri biopsiyasi 3.
Kreatinkinaza aktivligini aniqlash 4.
Teri biopsiyasi 5.
SHilliq qavatlar biopsiyasi 6.
Bu holatda qaysi dorilar tavsiya qilasiz? 1.
YAQDV 2.
4-aminoxinolin unumlari 3.
Glyukokortikosteroidlar 4.
Antibiotiklar 5.
Desensibilizatsiyalovchi dorilar IY. Glyukokortikosteroidlar qanday sxema bo‘yicha tavsiya qilinadi. 1.
2.
80-100 mg dan davomli toki remissiyagacha 3.
10 mg dan kunoraIyil davomida 4.
60 mg dan 6oy 5.
250 mg v/i bir marotaba Y. Bemorga qaysi GKS DVni berish mumkin emas: 1.
Prednizolon 2.
Deksametazon 3.
Triamsinolon 4.
Metipred 5.
Betametazon
1. Suyak mushak sistemasi patologiyasini patogenetik rivojlanish asoslari. 2. Suyak mushak sistemasi kasalliklarining klinik xarakterikasi. 379
3. Tayanch xarakatlanish sistemasi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan yallig‘lanishga qarshi turli xil gurux dori vositalarining farmakodinamik effektlariga va farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ko‘ra zamonaviy klassifikatsiyasi. 4. YAllig‘lanishga qarshi dori guruxlarining zararli ta’sirlari, profilaktika va dozasi oshib ketgan xollarda korreksiya usullari.
1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 2012 2. Mamatov YU. Klinik farmakologiya, Toshkent, 2010. 3. Kats P.S., Mavlyanov I.R., Maxkamova R.K., Daminova L.T. Klinik farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 4. Belousov YU.B. Klinicheskaya farmakologiya i farmakoterapiya, M., 1997; 2000.
5. Kukes V.G Klinicheskaya farmakologiya, M., 2012 6. Strachunskiy L.S., Kozlov S.N.. Nesteroidnыe protivovospalitelnыe sredstva. M. 2005 7. YAkubov A.V., Akbarova D.S., Zufarov P.S.. Klinicheskaya farmakologiya nesteroidnыx protivovospalitelnыx sredstv i immunokorrektorov. Tashkent. 2008.
14-amaliy mashg‘ulot. Metabolizmni yaxshilovchi dori vositalarni tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish. O'quv mashg’uloti maqsadi: Gipolipidemik dori-darmonlarni tayinlashda ijodiy o'ylanishga qobiliyatni rivojlantirish, har xil klinik vaziyatlarda mantiqiy o'ylanishga qobiliyatni rivojlantirish, Giperlipidemiya bilan bemorlar tushgan vaziyatni baholashni va taxlil qilishni, olib borish, giperlipidemiya turlarini aniqlash, xar bir turiga mos davolash taktikasini aniqlash, dori vositalarni kombinatsiyada qo'llaganda qanday nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi,giperlipidemiya bilan bemorlarni o'z vaqtida
380
stattsonarga gospitalizatsiya va poststatsionar reabilitatsiya malakasi va maxoratini rivojlantirish. Talaba bilishi kerak: •gipolipidemik dori vositalarni farmakokinetika va farmakodinamika parametrlari, bemorning o?irlik darajasi va metabolizm a'zolarini funktsional faoliyati asosida ushbu dorilarni dozalash rejimini tanlash; •bilan bemorlarga gipolipidemik DVni to'g’ri tanlash va dozalash rejimini belgilash; •Giperlipidemiyani davolashda ishlatilgan DVni farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asosida o'tkazilgan davo samaradorligini baholash; •Farmakokinetik va farmakodinamik bosqichidagi o'zaro ta'sirlari bo'yicha bilimlari asosida gipolipidemik DVlarni ratsional kombinatsiyalay olish; •Giperlipidemiya davolashda qo'llanilayotgan DVni qabul qilish bilan bog’liq bo'lgan nojo'ya ta'sirlarni kechishini va undagi patologik xolatni bartaraf etish yo'llarini topa bilish; •Giperlipidemiya turlarini hisobga olgan xolda davolash kursi davomiyligini rejalashtirish; • Klinik retsepturani lotin tilida yuritish; Talaba bajara olishi lozim: 6.
Davolash varaqasini ekspertli baholashini o'tkazish maqsadida bemorlar kuratsiyasi 7.
chiqish va uni himoyalash 8.
Keyingi xolatlarini hisobga olib tematik bemorlar farmakoterapiyasini muxokama qilish: 9.
standartiga mosligini aniqlash; 10.
ta'sir etuvchi omillarni va patologik jarayonni og’irligini hisobga olib DVni tanlash va tayinlashga individual yondoshish;
381
11. dozalarni rejimlash va izohlash; 12.
13. nojo'ya ta'siri kelib chiqishini, kechishini aniqlash va uni bartaraf etish;
DVlarni ratsional va noratsional kombinatsiyalash; Motivatsiya - Talabalarga amaliyotda ko'p uchrovchi giperlipidemiyani davolashda qo'llaniladigan gipolipidemik dori vositalari klinik farmakologiyasini o'rgatish. Giperlipidemiyani davolashdan maqsad – yurak –qon tomir kasallikning oldini olish.. Davolash choralarining asosiy komponenti bemorlarga davolash maqsadi, vazifalari va samaradorligini tushuntirishdan iborat, chunki bu bemoralarni davolashga moyilligini oshiradi. Vrach bemorga quyidagilarni tushuntirishi kerak: 1) uzoq muddatli davolash zarurligini 2) sub'ektiv kechinmalar xar doim xam giperlipidemiya olib keluvchi YuIK kasalligini og‟irlik darajasini ko'rsatmasligini, 3) to'g‟ri davolanish xayot sifatini va prognozini yaxshilashini. Shu munosabat bilan, talabalar tomonidan giperlipidemiyani turli formalarida medikamentoz davolash, ratsional davolash bo'yicha nazariy bilimlarga ega bo'lish axamiyatlidir. - Bo'lajak shakllantirishda dori vositalarini ratsional qo'llash tamoyillarini bilish muxim o'rin egallaydi. Olingan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar xajmi talabaga kelajakdagi amaliyotida yordam beradi
Download 3.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling