O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 3.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana03.10.2017
Hajmi3.02 Mb.
#17028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

Gemototoksik tasiri: ko‘proq  pirazolon va pirozolidon unumlariga xarakterli. 

Ularni  qo‘llashda  eng  havfli  asorati    aplastik  anemiya  va  agranulotsitoz  

rivojlanadi.  YAQNDV  lar  trombotsitlar  agregatsiyasini  pasaytiradi  va  o‘rtacha 

antikoagulyant    xususiyatini  namoyon  qiladi,  jigarda  protrombin  sintezini 

tormozlaydi natijada oshqozon – ichak traktidan qon ketishi mumkin. 

Gepotoksik  tasiri: transaminaza va boshqa ferment aktivligini oshiradi, og‘ir 

xolda sariqlik va gepatit paydo qiladi. 



Allergiya:  toshma  toshish,  kvinke  shishi,  anafilaktik  shok,  Stivens-Jons, 

Layella  sindromi  allergik  intersitsal  nefrit  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Teridagi 

o‘zgarishlar,  asosan, pirazolon va pirozolidon unumlarini mqo‘llaganda  kuzatiladi. 

BA kasalligi bor bo‘lgan bemorlarda bronxospazmlar paydo qiladi (aspirin). Buning 

sababi  allergik  mexanizm  va    endogen  bronxodilyatatorlar  hisoblangan    PG  –  E2 

sintezining pasayishidir. 



372 

 

Tug‘ruqni susaytirishi va xomiladorlikni uzaytirishiga olib keladi. Bu xususiyat 



prostaglandinlar (PG-E2, PG-F2) miometriyni stimulatsiya qilishi bilan bog‘liq. 

Uzoq muddat qo‘llanilganda YAQNDV larni nazorat qilish usuli: 

1.  Anamnezida  YAQNDV  lar  qo‘llanilgan  va  nojo‘ya  reaksiyalar  kuzatilgan 

bemorlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak 

2.  Quydagi  bemorlar  uchun  extiyotkorlik  qilinishi  kerak:  BA,  oshqozon-ichak 

traktida erroziv-yarasi bor bemorlarda, qon ketishga  moyil, jigar, buyrak kasalligi. 

Bemorlar    oshqozon-ichak trakti zararlanishi haqida ogoxlantirilishi kerak. 

3.  Xar  qanday  YAQNDV  larni  qo‘llaganda  alkogol  ichish  tavsiya  qilinmaydi, 

ayniqsa aspirin. 

4. Barcha YAQNDV larni ovqatdan so‘ng istemol qilish kerak (ayniqsa aspirin). 

5.  Oshqozon-ichak  traktini  yuqori  qismi  bo‘yicha  operatsiya  o‘tkazgan 

bemorlarda  va  bir  vaqtda  bir  nechta  dori  vositasini  qabul  qilgan  bemorlarda  

YAQNDV larning shamchalarini  qo‘llash maqul. 

6. Rektal shakli to‘g‘ri ichakda yallig‘lanishi bor bo‘lgan bemorlar va anorektal 

qon ketish kuzatilgan bemorlarda qo‘llanilmaydi. 



7.  Aspirin,  diklofenak,  indometatsin,  surgan,  naproksen,  tenoksikam, 

ketoprofen    trombotsitlar    agregatsiyasi  va  qon  ivishni  susaytirishi,    gemorragik 

sindrom rivojlanishiga olib keladi. 

8.  YAQNDV  larni  doimiy  qo‘llansa,  xar    3  oyda  jigar    funksiyasini  tekshirish 

kerak (transaminaza faolligi va h.k.). 

9. 3 haftada bir marotaba qon tekshiruvi o‘tkazish kerak,  ayniqsa,  pirozolon 

va pirozolidon unumlari qo‘llanilganda. 

10.  3  haftada  bir  marotaba  siydik  tekshiruvini    o‘tkazish  kerak.  SHish  hosil 

bo‘lishini kuzatish kerak, munmazam  AB ni o‘lchash  kerak. 

11. AG va yurak etishmovchiligi bor bemorlarda YAQNDV larni shunday turini 

tanlash kerakki, ular buyrak qon aylanish sistemasiga kam ta’sir etsin. 

12.  Xaydovchi  va  yuqori  e’tibor  talab  qilinadigan  kasblarga    ketoprofen, 

napriksen,  surgam  va  indometotsin    qo‘llash  mumkin  emas.  CHunki  bosh 


373 

 

aylanishi,  uyqusizlik,  galyusinatsiya    chaqiradi.  Sababi    serotoninga  o‘xshash 



metobolitlar to‘planishi oqibatida. 

13.  Ketoralakni uzoq qo‘llash mumkin emas. 

14.  Ketoprofen  chekuvchilarga  va  alkogol  istemol  qiluvchilarga    mumkin 

emas. 


15. Fenilbutazon qabul qilganda osh tuzi istemol qilishni kamaytirish kerak. 

16.  Qariyalar  uchun  YAQNDV  larni  minimal  dozada  va  qisqa  kurslarda 

qo‘llash kerak. 

17. Xomiladorlik vaqtida  aspirin, metamizol natriy, indometatsin, ibuprofen, 

inaproksen, ketoprofen buyurish qatiy man qilinadi. 

18.  18  yoshga  to‘lmagan  bolalarga  quyidagi  dori  vositalari  qo‘llanilmaydi: 

aspirin  (Reya  sindromi  rivojlanishi),  ketorolak,  ketoprofen,  indometatsin, 

meloksikam,  tenoksikam,  surgam,  diklofenak(12yoshgacha),    naproksen  (2 

yoshgacha). 

19. Maz va gellarni faqat shikastlanmagan teriga surtish, ularni ko‘zga, shilliq 

qavatlarga tushishini oldini olish kerak. 

20. YAQNDVlarni maz va gellarni qo‘llaganda qichishish, giperemiya, vezikula,  

kepaklanish  paydo  bo‘lishi  mumkin,    bunday  vaqtda  ularni  qo‘llash  darxol 

to‘xtatiladi. 

21.  YAQNDVlaridan  maz  va  gellarni  uzoq  qo‘llasa  yoki  tanani  katta  qismiga 

surtib qo‘llansa rezorbtiv tasir bilan bog‘liq salbiy tasiri kelib chiqadi. 

22.    Diklofenak  tutuvchi  maz  va  gel  qo‘llanilganda  fotosensibilizatsiya  kelib  chiqishi  mumkin 

Dozalash va tavsiya qoidalari. 

Preparatlarni  individual  tanlash:  Xar  bir  bemorga  effektiv  preparatlarni  tanlashda  ularni  yaxshi 

o‘zlashtirishini  ham  hisobga  olish  kerak.  Bu  xar  qanday  YAQNDV  bo‘lishi mumkin,  lekin  yallig‘lanishga 

qarshi vosita sifatida  I gurux DVni tavsiya qilish muxim. Bemorlarning  YAQNDVga  sezuvchangligi,  xatto,   

bir  kimyoviy  gurux  ichida    turlicha  bo‘lishi  mumkin,  shuning  uchun  bitta  preparat  ta’siri  bo‘lmaganda 

butun gurux effektsizligi  haqida o‘ylamaslik kerak. YAQNDV revmatologiyada qo‘llanganda, ayniqsa bir 

preparat  boshqasi  bilan  almashtirilganda,  yallig‘lanishga  qarshi    effekti    analgetik    effektiga  nisbatan 

kechroq yuzaga chiqishini hisobga olish lozim. YAllig‘lanishga  qarshi yuqori ta’sir  14-15 kun muntazam  

qabuldan  keyin,  naproksen  qo‘llanganda  yoki  oksikamda  yana 2-4  haftaga  kechroq  yuzaga  keladi.  Xar 

qanday yangi dori preparatini bemorga kichik dozadan tavsiya qilish kerak. YAxshi ko‘tara olsa  2-3kunda 


374 

 

sutkalik dozasi oshiriladi. YAQNDV ning terapevtik dozasi keng diapazonga ega, oxirgi yillarda preparatlar 



sutkalik  va  bir  martalik  dozasi    oshishi  kuzatilmoqda(naproksen,  ibuprofen),  aspirin,  indometatsin, 

fenilbutazon,  piroksikam  maksimal  dozani  cheklash  saqlanib  qolmokda.  Ba’zi  bemorlarda  davo  effekti 

YAQNDV juda yuqori dozada qo‘llagandagina  yuzaga chiqadi.  

Qabul vaqti. 

YAQNDV  davomli  qabul  qilinganda  (masalan  revmatologiyada)    ovqatdan 

so‘ng tavsiya qilinadi. 

Tez  analgetik  va  istima  tushiruvchi  effektga  erishish  uchun  ovqatdan  30 

minut  oldin  yoki  2  soat  keyin,  1/2  1stakan  suv  bilan  ichish  lozim.  Dorini  ichgach 

ezofagit rivojlanishining  profilaktikasi uchun  15 minut  davomida yotish mumkin 

emas.  YAQNDV  qabul  vaqtini,    preparatlar  xronofarmakologiyasini  xisobga  olib, 

kasallik simptomlari  (og‘riq, bo‘g‘imlar karaxtligi) maksimal yuzaga keladigan vaqt 

bilan  belgilash  mumkin.  Bunday  xollarda  umumqabul  qilingan  qoidalarni 

chetlanadi  (2-3  maxal  kuniga)  va  kunning  xar    qanday  vaqtida  tavsiya  qilinadi, 

ba’zida  kam  sutkalik  doza  xam    yaxshi  klinik  effekt  beradi.  Ertalabki  yaqqol 

karaxtlikda  tez  so‘riluvchi  YAQNP  ni  ertaroq  (uyg‘ongandan  so‘ng  darxol)  yoki 

tunga  uzoq  tasir  qiluvchi  preparatlarni  tavsiya  qilish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 

Oshqozon  ichak  traktidan  tez  so‘riluvchi  va  tasir  effekti  tez  boshlanuvchi 

preparatlar  naproksen-natriy,  diklofenak-kaliy,  suvda  eruvchi  aspirin,  ketoprofen 

xisoblanadi. 

Monoterapiya 

Bir  vaqtning  o‘zida  ikki  yoki  undan    ko‘p  YAQNDVlarini  qo‘llash  quyidagi 

sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiq emas: 

1.

 



Bunday kombinatsiya effektivligi ob’ektiv isbotlanmagan;  

2.

 



Bazi  xolatlarda  preparatlarning  qondagi  konsentratsiyasi  kamayishi 

kuzatiladi  (masalan:  aspirin-  indometatsin,  diklofenak,  ibuprofen,  naproksen, 

piroksikamlarning  konsentratsiyasini  kamaytiradi),  bu  esa,  DVlarning  effektivligi 

pasayishiga olib keladi;  

3.

 

Kutilmagan    xavfli  reaksiyalar  rivojlanib  ketadi.  Paratsetamolni 



qo‘llash  bundan  mustasno.  Analgetik    effektni    kuchaytirish  maqsadida 

paratsetamolni  biror bir  YAQNDV bilan qo‘llash mumkin. 

Ba’zi  bemorlarda  YAQNDVni  sutkaning    turli  vaqtlarida,  masalan  tez 

so‘riluvchilarni  ertalab  va  kunduzi,  davomli  ta’sir  qiluvchilarni kechqurun  ko‘llash 

mumkin. 


375 

 

 



Glyukokortikosteroidlar. 

Glyukokortikosteroidlar - buyrak usti bezi po‘stloq qismida ishlab chiqiladigan 

garmonlardir.  Ular  faoliyati  gipotalamo-gipofizar-buyrak  usti  sistemasi  bilan 

boshqariladi. GKS larni buyrak usti bezidan qonga chiqishi bir  maromda bo‘lmay, 

sirkad ritmga  bo‘ysingan 8-12 implslar shaklida yuz beradi. 

Farmakodinamika.  GKSlar  xujayra  membranasidan  o‘tgach  sitoplazmada 

maxsus 


spetsifik 

steroid 


retseptorlar 

bilan 


bog‘lanadi. 

Aktivlangan 

glyukokortikosteroid  -  retseptor  kompleksi  xujayra  yadrosiga  kirib  DNK  bilan 

birikadi  va  informatsion  RNK  hosil  bo‘lishini  stimullaydi.  RNK  translyasiyasi 

natijasida  ribosomalarda  turli  xil  regulyator    oqsillar  sintezlanadi.  Lipokortin 

muximlaridan  biri  hisoblanib,  yallig‘lanish  reaksiyasi  rivojlanishida  kalit  rolini 

o‘ynovchi    fosfolipaza  A

2

  fermentini  ingibirlaydi  va  prostaglandinlar  va 



leykotrienlar  sintezini  kamaytiradi.  Glyukokortikosteroidlarni  genomsiz  tasir 

nazariyasi  ham  mavjud  bo‘lib,  effekti  faqatgina  yadro  bilan  chegaralanmay, 

membrana 

va 


 

sitoplazma 

retseptorlari 

orqali 


yuzaga 

chiqadi. 

Glyukokortikosteroidlarning  bunday  tasirlari,      ayniqsa,    yuqori  dozalarda    vena 

ichiga      tez  yuborilganda  yuzaga  kelishi  mumkin.  Lekin,      GKSlarning  maksimal 

farmakologik aktivligi qondagi  pik konsentratsiya ortda qolgandan keyingi davrga 

to‘g‘ri keladi.  



 

Klaster, konseptual jadval organayzerlari 

Klasterni tuzish qoidasi  

1.  Aqlingizga  nima  kelsa,  barchasini  yozing.  G‘oyalari  sifatini  muhokama 

qilmang faqat ularni yozing. 

2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang. 

3.  Ajratilgan  vaqt  tugaguncha  yozishni  to‘xtatmang.  Agarda  aqlingizda 

g‘oyalar  kelishi  birdan  to‘xtasa,  u  holda  qachonki  yangi  g‘oyalar  kelmaguncha 

qog‘ozga rasm chizib turing. 



 

Grafik organayzer

 “YAllig‘lanishga qarshi moddalarning nojo„ya 

ta‟sirlari”  

376 

 

 



 

Vaziyatli masalalarning kompleksi 

MASALA № 1 

25  yoshli  ayol  klinikaga    temperaturasi  38,2  S  gacha  oshishi,  mayda 

bo‘g‘imlarida  ertalabki  karaxtlik  bilan  kechuvchi  og‘riq,  soch  to‘kilishi,  umumiy 

xolsizlik,  tizzada  shish.  3  oy  oldin  Qrimdan  kelganida  isitma,  ko‘krak  qafasining 

yarmida og‘riq va umumiy holsizlik kuzatilgan. Rentgenografiyada o‘ng o‘pkada – 

uncha ko‘p bo‘lmagan plevral suyuqlik aniqlangan. Keyin tuberkulez dispanseriga 

jo‘natilib  qayta  tekshirishda  bu  tashxis  inkor  etiladi.  Bemor  umumiy  ahvoli  asta 

sekin  og‘irlasha  borgan.  Qon  umumiy  analizida:  gemoglobin  82  g/l,  ECHT  46 

mm/soat, umumiy siydik taxlilida: oqsil 6,6%,  eritrotsit 30-40 ko‘rish maydonida, 

leykotsit 40-50 ta ko‘rish maydonida, silindrlar. Koptokcha  filtratsiyasi 86 ml/min, 

kreatinin  0,12  mmol/l,  xolesterin  3,8  mmol/l,  umumiy  oqsil  42  g/l.  EKG:  chap 

tarmoqlarda T-tishcha amplitudasi pasayishi. 

1.

 



Sizning tahminiy tashxisingiz? 

1.

 



Birlamchi amiloidoz 

2.

 



Surunkali glomerulonefrit 

3.

 



Tizimli qizil bo‘richa 

4.

 



Buyrak tuberkulezi 

5.

 



Revmatoid artrit 

II. Qanday laborator ko‘rsatgichlar tashxisni tasdiqlaydi? 

ЯҚНДВлари (волтарен, 

пироксикам ) 

Глюкортикосте-роидлар 

Олтин препаратлари 

Д-пеницилламин

  

Иммуностимуля-торлар 



377 

 

1.



 

Revmatoid faktor 

2.

 

Gipergammaglobulinemiya 



3.

 

APF ning miqdori oshishi 



4.

 

LE – hujayralar, nativ DNKga nisbatan AT 



5.

 

Giperxolesterinemiya 



III.    Bu holatda qaysi dorilar tavsiya qilasiz? 

1.

 



Indometatsin +  oltin preparatlari 

2.

 



Plakvenil + piroksikam 

3.

 



Prednizolon + delagil 

4.

 



Azatioprin + plakvenil 

5.

 



Siklofosfan +  oltin preparatlari 

IY. Glyukokortikosteroidlar qanday sxema bo‘yicha tavsiya qilinadi. 

1.

 

Intermittirlangan 



2.

 

Puls-terapiya 



3.

 

Alternirlangan 



4.

 

30 mgdan davomli 



5.

 

100 mg davomli 



Y. GKS larning tasir mexanizmini ko‘rsating: 

1.

 



Granulotsitlardan lizosomani ajralishini pasaytiradi 

2.

 



Bioaktiv moddalarning ta’sirining kuchayishi 

3.

 



YOg‘ kislotalar sintezini tezlashtirish orqali 

4.

 



Mineralokortikoid aktivlik 

5.

 



Lipomodulin ishlab chiqarilishini kamaytiradi. 

YI. GKSlar bilan davo o‘tkazganda nazorat qilinadi,  quyidagilardan tashqari: 

1.

 

Siydikda qand miqdori 



2.

 

AQB va tana vazni nazorati 



3.

 

Davomiyli qo‘llanilganda antibiotiklar bilan kombinatsiyalash 



4.

 

Qon zardobidagi uratlar miqdorini nazorati,  xar xaftada  



5.

 

To‘satdan to‘xtatish mumkin emasligi haqida ogohlantirish. 



 

MASALA № 2 

63  yoshli  erkak  umumiy  holsizlik,  elka  va  chanoq  sohasi  proksimal  qismi  

mushaklarida    og‘riq,  terida  tarqalkan  eritema,  tana  temperaturasi  38,2  S  gacha 

oshishi,  shilliq  balg‘am    ba’zan  qon  ajraluvchi  yo‘tal.  35  yoshdan  beri  chekadi. 

Surunkali  bronxit  tashhisi  asosida  davolanadi.  5  oy  oldin  subfebrilitet,  ko‘z 

sohasida  shish  va  eritema  paydo  bo‘lgan.  Lekin    «allergik»  reaksiyaga  tahmin 

qilinib,  mahalliy  qo‘llanilgan  davo  samara  bermagan.  1  oydan  keyin  paraorbital 

sohadagi  shish  va  eritema  butun  yuzga  tarqalgan  keyin  mushaklarda  xolsizlik  

disfagiya, isitma qo‘shilgan, bemor 8 kgga ozgan. 

Ob’ektiv  ko‘rikda:  o‘rtacha  og‘irlikda.  Mushak  holsizligi  tufayli  harakat 

qiyinlashishi. YUzda shish, bo‘yin ko‘krak, va qo‘l kafti, bilak tirsak va tizza bo‘g‘im 



378 

 

ustida eritema hamda qo‘l oyoq proksimal qismi mushaklarning qisman atrofiyasi 



aniqlandi. 

UQTda  –  ECHT  38  mm/chas.  Rentgenografiyada  –  diffuz  pnevmoskleroz, 

o‘pka emfizemasi, hamda o‘ng o‘pka ildizi kengayishi kuzatildi. 

1.

 



Sizning tahminiy tashhisingiz? 

1.

 



TQB 

2.

 



Polimiozit 

3.

 



Dermatomiozit 

4.

 



Sarkoidoz 

5.

 



Tizimli sklerodermiya 

6.

 



Qanday laborator ko‘rsatgichlar tashxisni tasdiqlaydi? 

1.

 



Qonda  mioglobin miqdorini aniqlash 

2.

 



Teri biopsiyasi 

3.

 



Kreatinkinaza aktivligini aniqlash 

4.

 



Teri biopsiyasi 

5.

 



SHilliq qavatlar biopsiyasi 

6.

 



Bu holatda qaysi dorilar tavsiya qilasiz? 

1.

 



YAQDV 

2.

 



4-aminoxinolin unumlari 

3.

 



Glyukokortikosteroidlar 

4.

 



Antibiotiklar 

5.

 



Desensibilizatsiyalovchi dorilar 

IY. Glyukokortikosteroidlar qanday sxema bo‘yicha tavsiya qilinadi. 

1.

 

30-40 mg dan davomli, toki remissiyagacha 



2.

 

80-100 mg dan davomli toki remissiyagacha 



3.

 

10 mg dan kunoraIyil davomida 



4.

 

60 mg dan 6oy 



5.

 

250 mg v/i bir marotaba 



Y. Bemorga qaysi GKS DVni  berish mumkin emas: 

1.

 



Prednizolon 

2.

 



Deksametazon 

3.

 



Triamsinolon 

4.

 



Metipred 

5.

 



Betametazon 

 

Nazorat savollari 

1. Suyak mushak sistemasi patologiyasini patogenetik rivojlanish asoslari. 

2. Suyak mushak sistemasi kasalliklarining klinik xarakterikasi.  



379 

 

3.  Tayanch  xarakatlanish  sistemasi  kasalliklarini  davolashda  qo‘llaniladigan 



yallig‘lanishga  qarshi  turli  xil  gurux  dori  vositalarining    farmakodinamik  

effektlariga va farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ko‘ra zamonaviy klassifikatsiyasi. 

4.  YAllig‘lanishga  qarshi  dori  guruxlarining  zararli  ta’sirlari,  profilaktika  va 

dozasi oshib ketgan xollarda korreksiya usullari. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 

2012 

2. Mamatov YU. Klinik farmakologiya, Toshkent, 2010.  



3.  Kats  P.S.,  Mavlyanov  I.R.,  Maxkamova  R.K.,  Daminova  L.T.  Klinik 

farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 

4.  Belousov  YU.B.  Klinicheskaya  farmakologiya  i  farmakoterapiya,  M., 1997; 

2000. 


5. Kukes V.G Klinicheskaya farmakologiya, M., 2012 

6.  Strachunskiy  L.S.,  Kozlov  S.N..  Nesteroidnыe  protivovospalitelnыe 

sredstva. M. 2005  

7.  YAkubov  A.V.,  Akbarova  D.S.,  Zufarov  P.S..  Klinicheskaya  farmakologiya 

nesteroidnыx protivovospalitelnыx sredstv i immunokorrektorov. Tashkent. 2008. 

 

 



14-amaliy mashg‘ulot. Metabolizmni yaxshilovchi dori vositalarni tanlash 

va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish. 

O'quv mashg’uloti maqsadi: 

Gipolipidemik  dori-darmonlarni  tayinlashda  ijodiy  o'ylanishga  qobiliyatni 

rivojlantirish,  har  xil  klinik  vaziyatlarda  mantiqiy  o'ylanishga  qobiliyatni 

rivojlantirish,  Giperlipidemiya  bilan  bemorlar  tushgan  vaziyatni  baholashni  va 

taxlil  qilishni,  olib  borish,  giperlipidemiya  turlarini  aniqlash,  xar  bir  turiga  mos 

davolash  taktikasini  aniqlash, dori  vositalarni  kombinatsiyada  qo'llaganda  qanday 

nojo'ya  ta'sirlar  kuzatilishi,giperlipidemiya  bilan  bemorlarni  o'z  vaqtida 


380 

 

stattsonarga gospitalizatsiya va poststatsionar reabilitatsiya malakasi va maxoratini 



rivojlantirish. 

Talaba bilishi kerak: 

•gipolipidemik  dori  vositalarni  farmakokinetika  va  farmakodinamika 

parametrlari,  bemorning  o?irlik  darajasi  va  metabolizm  a'zolarini  funktsional 

faoliyati asosida ushbu dorilarni dozalash rejimini tanlash; 

•bilan  bemorlarga  gipolipidemik  DVni  to'g’ri  tanlash  va    dozalash  rejimini 

belgilash; 

•Giperlipidemiyani  davolashda  ishlatilgan  DVni  farmakokinetikasi  va 

farmakodinamikasi asosida o'tkazilgan davo samaradorligini baholash;  

•Farmakokinetik  va  farmakodinamik  bosqichidagi  o'zaro  ta'sirlari  bo'yicha 

bilimlari asosida gipolipidemik DVlarni ratsional kombinatsiyalay olish; 

•Giperlipidemiya  davolashda  qo'llanilayotgan  DVni  qabul  qilish  bilan  bog’liq 

bo'lgan  nojo'ya  ta'sirlarni  kechishini  va    undagi  patologik  xolatni  bartaraf  etish 

yo'llarini topa bilish;     

•Giperlipidemiya  turlarini  hisobga  olgan  xolda  davolash  kursi  davomiyligini 

rejalashtirish;  

• Klinik retsepturani lotin tilida yuritish; 



Talaba bajara olishi lozim: 

6.

 



Davolash  varaqasini  ekspertli  baholashini  o'tkazish  maqsadida 

bemorlar kuratsiyasi  

7.

 

Ko'rilgan  bemorlarni  davolash  varaqalarini  ekspertli  baholashni  tuzib 



chiqish va uni himoyalash  

8.

 



Keyingi xolatlarini hisobga olib tematik bemorlar farmakoterapiyasini 

muxokama qilish:         

9.

 

O'tkazilgan  farmakoterapiyaning  mazkur  patologiyani  davolash 



standartiga mosligini aniqlash;          

10.


 

ta'sir  etuvchi  omillarni  va  patologik  jarayonni  og’irligini  hisobga  olib 

DVni tanlash va tayinlashga individual yondoshish;      


381 

 

11.



 

dozalarni rejimlash va izohlash; 

12.

 

farmakoterapiyani samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish;                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                         



13.

 

nojo'ya  ta'siri  kelib  chiqishini,  kechishini  aniqlash  va  uni  bartaraf 

etish; 

14.

 

DVlarni ratsional va noratsional kombinatsiyalash; 



Motivatsiya  

Talabalarga  amaliyotda  ko'p  uchrovchi  giperlipidemiyani  davolashda 



qo'llaniladigan  gipolipidemik    dori  vositalari  klinik  farmakologiyasini  o'rgatish. 

Giperlipidemiyani  davolashdan  maqsad  –  yurak  –qon  tomir  kasallikning  oldini 

olish..  Davolash  choralarining  asosiy  komponenti  bemorlarga  davolash  maqsadi, 

vazifalari  va  samaradorligini  tushuntirishdan  iborat,  chunki  bu  bemoralarni 

davolashga  moyilligini oshiradi. Vrach bemorga quyidagilarni tushuntirishi kerak: 

1)  uzoq  muddatli  davolash  zarurligini  2)  sub'ektiv  kechinmalar  xar  doim  xam 

giperlipidemiya olib keluvchi YuIK kasalligini og‟irlik darajasini ko'rsatmasligini, 

3)  to'g‟ri  davolanish  xayot  sifatini  va  prognozini  yaxshilashini.  Shu  munosabat 

bilan,  talabalar  tomonidan  giperlipidemiyani  turli  formalarida  medikamentoz 

davolash, ratsional davolash bo'yicha nazariy bilimlarga ega bo'lish axamiyatlidir. 

-  Bo'lajak  shakllantirishda    dori  vositalarini  ratsional  qo'llash  tamoyillarini 

bilish  muxim  o'rin  egallaydi.  Olingan  nazariy  bilimlar va  amaliy ko'nikmalar  xajmi 

talabaga kelajakdagi amaliyotida yordam beradi 


Download 3.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling