O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 3.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana03.10.2017
Hajmi3.02 Mb.
#17028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

 

347 

 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 

2012 


2. Mamatov YU. Klinik farmakologiya, Toshkent, 2010.  

3.  Kats  P.S.,  Mavlyanov  I.R.,  Maxkamova  R.K.,  Daminova  L.T.  Klinik 

farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 

4.  Belousov  YU.B.  Klinicheskaya  farmakologiya  i  farmakoterapiya,  M., 1997; 

2000. 

5. Kukes V.G Klinicheskaya farmakologiya, M., 2012 



11-amaliy mashg‘ulot. Me’da-ichak yo‘li kasalliklari, ichak dispepsiyasi 

sindromini davolashda qo‘llanadigan dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-

farmakologik yondoshish. 

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: 

Talabalarga me’da-ichak trakti va ichak dispepsiya sindromida qo‘llaniladigan 

dori vositalari klinik farmakologiyasini tushuntirish.  

Talaba bilishi kerak: 

-me’da-ichak trakti motor-sekretor funksiyasiga ta’sir etuvchi dori vositalarini 

zamonaviy klassifikatsiyasi 

-  me’da  va  ichak  dispepsiya  sindromida,  qorinda  og‘rikda  effektiv  va  xavfsiz 

preparatlar yoki qushma preparatlarni tanlash 

- davolash maqdasiga binoan effektiv va xavfsiz preparatlarni tanlash  

- tanlangan preparatlar korreksiyasida nojuya effektlarni 

-  me’da-ichak  dispepsiyasi,  qorinda  og‘riqni  davolashda  effektiv  va  xavfsiz 

DV, dozalash rejimi, nazorat usullari. 

-  ta’sirini  xisobga  olgan  xolda  dorilarni  ratsional  kombinatsiyalash,  nojuya 

ta’sirlari va klinik farmakologik xususiyatlari 

Talaba bajara olishi lozim: 


348 

 

1.



 

-Dozalash  rejimini  tuzish  (bir  martalik,  sutkalik,  kurs  dozasi)  DVni   

farmakokinetik  va  farmakodinamik  parametrlari,  kasallik  og‘irlik  xolati  va 

metobolizmga uchratuvchi va eliminatsiyalovchi organlar xolati baxolagan xolatda 

2.

 

MIT kasalliklarida DVni tug‘ri tanlash va dozalash 



3.

 

DVni    farmakodinamik  va  farmakokinetik xususiyatlarini  bilgan xolda 



ularning effektivligini baxolash 

4.

 



DVni  farmakokinetik va  farmakodinamik   etaplarida  ta’sirlarni bilgan 

xolda o‘zaro va boshqa preparatlar bilan ratsional kombinirlash 

5.

 

antatsid, 



antisekretor 

DV, 


motor 

funksiyani 

korrigirlovchi, 

sitoprotektor,  antibakterial  DV,  ferment  preparatlar,  eubiotik,  ich  yumshatuvchi 

DV  qo‘llaganda  kelib  chikishi  mumkin  bo‘lgan  nojuya  ta’sirlar  va  patologik 

xolatlarni korreksiya etish yullarini aniqlash 

6.

 

me’da-ichak  dispepsiyasi,qorinda  og‘riq  xarakter  va  og‘irligiga  qarab 



davolash kursi davomiyligini rejalashtirish. 

Motivatsiya 

-  Talabalarga  amaliyotda  ko‘p  uchrovchi  aritmiya  sindromida  qo‘llaniladigan 

dori  vositalari  klinik  farmakologiyasini  o‘rgatish.  Talabaga  dori  vositalarini 

qo‘llashda ma’suliyat xissini, DV lar samaradorligini baholash va nojo‘ya ta’sirlarini 

o‘z vaqtida aniqlash jarayonida bemorga yaxshi va e’tiborli munosabatda bo‘lishni 

singdirish,  talabalarni  qiziqtirish,  amaliy  ko‘nikmalarni  egallashda  zaruriy  bilimlar 

xajmini kengaytirish.  

-Kelajakda  to‘g‘ri  va  o‘ziga  ishongan  xolda,  logik  va  kritik  fikrlashni,  kasbiga 

ma’suliyatli yondoshishni talabada shakllantirish. 

-  Bo‘lajak  shifokorni  shakllantirishda    dori  vositalarini  ratsional  qo‘llash 

tamoyillarini  bilish  muhim  o‘rin  egallaydi.  Olingan  nazariy  bilimlar  va  amaliy 

ko‘nikmalar hajmi talabaga kelajakdagi amaliyotida yordam beradi.  



Fanlararo va fanlar ichra aloqalar 

Mavzuni  o‘qitish  talabalarning  me’da-ichak  trakti  va  ichak  dispepsiya 

sindromi,  fiziologiyasi,  patofiziologiyasi,  me’da-ichak  trakti  dori  vositalari  klinik 


349 

 

farmakologiyasi,  ichki  kasalliklar  propedevtikasi,  revmatalogiya,  terapiyaga  oid 



bazis bilimlariga asoslanib amalga oshiriladi. 

 

Nazariy qism 

Ovkatni  xazm  kilish  ancha  murakkab,  bir-biriga  boglik  fiziologik  jarayonlar 

majmuasidan  iborat.  Bu  jarayonda  sulak  bezlari,  me’da  va  ichakdan  tashkari, 

me’da  osti  bezi  va  jigar  katnashadi.  Ushbu  a’zolar  faoliyati  asosan  ovkatni  xazm 

kilishga  karatilgan.  Me’da-ichak  tizimi  ovkatning  parchalanishini  va  surilishini 

ta’minlaydi.  Ushbu  jarayonning  normal  kechishida  me’da  va  ichak  xarakati, 

sekretor  faoliyati  katta  axamiyatga  ega.  Me’da-ichak  tizimi  faoliyatida  shartli  va 

shartsiz  reflekslar,  gastrointestinal  moddalar,  gormonlar, vegetativ  nerv  tizimi va 

boshkalar  ishtirok  kiladi,  ularning  barchasi  markaziy  nerv  tizimi  tomonidan 

boshkariladi. 

Xar  xil  patologik  xolatlarda,  kasallik  sababli  me’da-ichak  faoliyati  buziladi, 

ovkat moddalarining xazm bulishi izdan chikadi.ushbu uzgarishlarni bartaraf etish 

maksadida  xar  xil  dori  preparatlari  ishlatiladi.  Ular  uz  farmakologik  ta’siri  va 

ishlatilishi buyicha turli-tumandir. 

Ishtaxani yaxshilovchi dorilar 

Ma’lumki,  ishtaxaning  yomon  bulishi  (anoreksiya)  kupincha  kasallik  belgisi 

xisoblanib,  bunda  tana  uchun  zarur  bulgan  moddalar  etarlicha  uzlashtirilmaydi. 

Ushbu  xolatlarda  ishtaxani  yaxshilash  maksadida,  me’da  shirasini  ajralishini 

ta’minlash  uchun  achchik  moddalar  ishlatiladi.  Ular  ogiz  bushligining  shillik 

pardasidagi  ta’m  sezish  retseptorlarini  kuzgatadi.  Buning  natijasida  refleks  yuli 

bilan ovkat xazm kilish markazi kuzgatilib, me’da sekretsiyasi kuchayadi, natijada 

ishtaxa  ochiladi.  Achchik  moddalar  anoreksiyada,  yukumli  kasallikdan  tuzalish, 

jarroxlik  amaliyotidan  keyingi  davrlarda,  me’da  sekretor  faoliyatining  buzilishi 

(kislotaning  etishmasligi  yoki  bulmasligi)  bilan  kechadigan  kasallikda  va 

boshkalarda tavsiya etiladi. Ular ovkatlanishdan 15-30 dakika oldin tavsiya etiladi. 

Dori moddalarini ogiz bushligida bir necha dakika saklab turish maksadga muvofik. 

Achchik  moddalardan  tashkari  glyukoza  bilan  askorbin  kislota  (venaga  yuborish), 

insulin,  anabolik  steroidlar  xam  ishtaxani  yaxshilaydi.  Achchik  moddalar  sifatida 



350 

 

tarkibida alkaloidlar, efir moylari va boshka biologik faol moddalar saklovchi xar xil 



usimliklardan tayyorlangan preparatlar (kaynatma, damlama, nastoyka) ishlatiladi. 

Bulardan kuprok kullaniladigani achchik ermon nastoykasi yoki damlamasidir. 

Uning  tarkibida  absintin  glikozidi,  kamfora  izomeri-absentol  va  terpenlardan 

tashkil topgan efir yogi mavjud. Ular ogiz bushligi shillik pardasidagi retseptorlarni 

kuzgatib,  reflektor  ravishda  ochlik  markazini  kuzgatadi.  SHu  bilan  bir  katorda 

gorichavkaning  (erbaxo),  zubturum  (podorojnik),  buznoch  (bessmertnik), 

garmdori,  apilak,  ishtaxa  choyi  va  boshkalar  ishtaxani  yaxshilash  maksadida 

tavsiya etiladi. 

Insulin, anabolik steroidlar, ayrim neyrotrop va psixotrop vositalar (aminazin, 

amitriptilin,  litiy  karbonat,  klofelin)  xam  ishtaxaga  kuzgatuvchi  ta’sir  etishi 

aniklangan. 

Anoreksigen moddalar 

Xozirgi  zamon  tibbiyotining  muammolaridan  biri  semizlikni  davolashdir. 

Uning  xar  xil  turlari  mavjud  (alimentar,  konstitutsional,  diensefal,  genital  va  b.). 

Ma’lumki, semizlik kupincha xaddan tashkari ortikcha taom kabul kilishga  boglik. 

SHu  sababli  semizlikni  oldini  olish  uchun  ovkat  eyishni  kamaytirish,  ya’ni  uning 

mikdorini  organizm  talabidan  kam  bulishiga  erishish  kerak.  Bu  usulning  katta 

kamchiligidan  biri  doimiy  ochlik  sezgisining  bulishidir.  Anoreksigen  –ishtaxani 

kamaytiradigan  moddalar  ana  shu  xolatlarda  kul  keladi.  Bular  katoriga, 

adrenomimetik  aminlar  yoki  ularga  uxshash  moddalar  kiradi.  Ular  ta’sirida 

shaxsning  irodasi  oshadi. 

 

Kondagi  kand  mikdorining  ortishi  gipotalamusda 



joylashgan  “”tuyish  markazi”,  xid  va  ta’m  sezish  retseptorlarining  kuzgalishi 

natijasida  ishtaxa  bugiladi,  ayniksa  yogli  ovkatlarga  bulgan  talab  kamayadi.  SHu 

sababli tanadagi 

 

yog parchalanib, kuvvat manbai bulib xizmat kiladi. Natijada tana 



vazni kamayadi. 

Anoreksigenlik  ta’sir  markaziy  nerv  tizimini  kuzgatuvchi  psixostimulyator 

xisoblangan  fenaminga  xam  xos.  U  markaziy  va  periferik  adrenomimetik  ta’siriga 

ega.  Fenamin  nerv  oxirlaridan  noradrenalin  va  dofaminning  ajralishini 

kuchaytiradi,  ularning  kayta  ushlanishini  susaytiradi.  Fenamin  tuklik  markazini 

kuzgatadi,  ochlik  markazini  esa  tormozlaydi.  Preparat  uzining  periferik  ta’siri 

buyicha  adrenalinga  uxshaydi.  Uning  ta’sirida  bezovtalik,  uykusizlik,  taxikardiya, 

arterial  bosimning  ortishi  kuzatiladi.  Fenamin  markaziy  nerv  tizimiga  ta’sir  etib, 



351 

 

doriga nisbatan karamlik xolatining vujudga kelishiga sabab buladi. SHuning uchun 



fenamin anoreksigen sifatida amaliyotda ishlatilmaydi. 

SHu  maksadda  ta’sir  samarasi  buyicha  fenaminga  yakin  bulgan,  lekin 

markaziy  nerv  tizimiga  ta’siri  bulmagan  preparatlar  kullaniladii.  Bular  jumlasiga 

mefolin (gratsidin, anoreks) kiradi. Lekin ushbu dorining nojuya ta’siri kup bulgani 

uchun xozirgi vaktda u ishlatilmaydi. Uning urnida fepranon, dezopimon, mazindol 

preparatlari ishlatiladi. 

Fepranon  va  dezopimon  ta’sir  mexanizmi  buyicha  fenaminga  uxshash, 

anoreksigenlik  xususiyati  buyicha  undan  biroz  kolishadi.  Bu  preparatlar  markaziy 

nerv tizimini kam kuzgatadi, periferik adrenomimetik ta’sirlari xam sezilarli emas. 

Fepranon  ovkatdan  30-60  dakika  avval,  dezopimon  esa  ovkat  vaktida  kabul 

kilinadi.  Nojuya  ta’sirlari:  yurak  kon  tomir  tizimi  tomonidan  taxikardiya, 

aritmiyalar,  arterial  bosimni  kutarilishi,  markaziy  nerv  tizimi  tomonidan  esa 

kuzgaluvchanlik va uykuni buzilishi kayd etilishi mumkin. 

Mazindol-ta’sir mexanizmi va markaziy nerv tizimini kuzgatish faolligi buyicha 

fenaminga  uxshash.  Doriga  karamlik  chakirish  xususiyati  uncha  yukori  emas. 

Nojuya  ta’sirlari:  uyku  buzilishi  ,  kuzgaluvchanlik,  ogiz  kurishi,  kungil  aynish, 

allergik reaksiyalar. 

Fenfluramin-sedativ ta’sirga ega va arterial bosimni oshirmaydi. Fenfluramin 

serotoninergik  tizimga  ta’sir  etib,  serotonin  ajralishini  kuchaytiradi,  kayta 

ushlanishini  esa  kamaytiradi.  SHuningdek,  uning  dofamin  retseptorlarini  xam 

susaytirishi aniklangan. 

Fenfluramin  almashinuv  jarayonlariga  bevosita  ta’sir  etib,  glyukozaning 

uzlashtirilishini  kuchaytiradi,  triglitseridlarni  xazm  yullarida  surilishini  susaytiradi. 

YOglarning almashinuvini kuchaytiradi. 

Nojuya  ta’sirlari:  uykuchanlik,  depressiya,  xazm  yullarining  shillik  pardasi 

kitiklanishi, katta dozalarda eyforiya, ba’zan karamlik kuzatilishi mumkin. 

Anoreksigen  preparatlar  kupincha  gormonal,  yod,  diuretik  va  surgi 

preparatlari  bilan  birga  tavsiya 

 

etiladi.  Ular  alimentar  (ovkat  bilan  boglik), 



konstitutsional  (shaxsning  irsiy  tuzilishi),  diensefal  (bosh  miya  faoliyatining 

uzgarishi  bilan  boglik),  adipozogenital  (jinsiy  bezlar  faoliyatining  uzgarishi)  va 



352 

 

gipoterioz  (kalkonsimon  bez  faoliyatining  susayishi)  semirishda  keng  kulamda 



ishlatiladi. 

Me’da sekretsiyasiga ta’sir etuvchi vositalar va ularning urindosh preparatlari 

Me’da shillik pardasidagi xujayralardan ishlab chikariladigan xlorid kislota va 

pepsin fermenti ovkat xazm bulishida muxim vazifani bajaradi. Me’da shirasining 

kislotali  muxiti  (rN  2-3)  xlorid  kislota  xisobiga  xosil  bulib,  pepsinogenni  faol 

pepsinga utkazadi, ovkat bilan tushgan mikroblarga karshi tusik vazifasini bajaradi. 

Undan  tashkari,  pilorus  sfinkterining  ishini  boshkarib,  me’da  osti  bezidan  sekret, 

ut kopidan ut ajralishini ta’minlaydi. 

Pepsin  proteolitik  ferment  xisoblanib,  oksillarning  dastlabki  parchalanishiga 

sabab buladi. 

Me’da  shirasi  sekretsiyasining  mikdoriy  va  sifatiy  uzgarishi,  xar  xil  patologik 

xollar va kasalliklar davomida kuzatilishi mumkin. Bunday uzgarish ovkatning xazm 

bulish  jarayonining  buzilishiga  olib  keladi.  SHunday  xolatlarda  me’da  shirasi 

sekretsiyasini  normal  xolga  keltiradigan  yoki  uning  urnini  bosadigan  preparatlar 

ishlatiladi. 

SHira  ajralishi  kamaysa  (giposekretsiya)  va  bu  xolatning  sababi  sekretsiya 

bezlarining 

fiziologik 

uzgarishi 

bulsa, 


bunday 

paytlarda 

sekretsiyani 

kuchaytiradigan  moddalar-kuchsiz  kislotalar,  nordon  meva  sharbatlari  va  ayrim 

dori preparatlari tavsiya etiladi. Bu vositalar orasida gistamin xlorid me’da shirasi 

sekretsiyasini  oshiradigan  eng  kuchli  preparat  xisoblanadi.  U  xlorid  kislota 

ishlaydigan xujayralardagi N

2

 



gistaminoretseptorlarini kuzgatadi va natijada kislota 

ajralishi  ortadi.  Pentagastrin  (gastrointestinal  gormon)  xam  kislota  xosil  bulishini 

kuchaytiradigan  gormonal  preparat  xisoblanadi.  Ikkala  preparat  xam  tibbiyot 

amaliyotida  me’da  kasalliklarini  aniklash  maksadida  ishlatilgan.  Bu  dori  vositalari 

sekretsiya  bezlarining  morfologik  uzgarishida  (atrofiya)  kuchsiz,  funksional 

uzgarishda  esa  sezilarli  samara  kursatadi.  SHu  maksadda  kofein  natriy  benzoat 

ishlatilishi mumkin. 

Xlorid kislotaning kup ishlab chikarilishi (gipersekretsiya) me’da va 12 barmok 

ichak  yarasi,  me’da-ichak  faoliyatining  uzgarishi,  ovkat  xazm  kilish  jarayonining 

buzilishi  va  boshka  asoratlarga  olib  kelishi  mumkin.  SHu  sababli  kislotali  muxitni 

pasaytirish  uchun  asosan  antatsid  preparatlar  ishlatiladi.  Bundan  asosiy  maksad 


353 

 

me’da  shirasining  peptik  (oksillarni  parchalash,  shillik  pardani  emirish)  ta’sirini 



kamaytirishdir. 

Xlorid kislotani kamaytiruvchi dori vositalari tasnifi:  

 

 

 

Antatsidlarga  alyuminiy  preparatlari  (alyuminiy  gidroksid,  almagel,  maaloks, 

gastal,  protab,  alyumag,  alsid  B,  fosfalyugel,  sukralfat,  alyugastrin),  vismut 

preparatlari  (vismut  nitrat,  “”Vikalin”,  “”Vikair”,  De-nol  tabletkalari),  magniy 

 

va 


kalsiy preparatlari (magniy oksid, magniy karbonat, anatsid, kalmagin) kiradi. Ular 

me’da  shirasi  sekretsiyasini  kamaytiradi,  xlorid  kislotani  kimyoviy  yul  bilan 

neytrallaydi va shimib oladi. Bu preparatlar me’da va 12 barmok ichak yarasining 

bitishiga yordam bermasa xam kislotaning yara satxiga bulgan  ta’siri tufayli kelib 

chikadigan  ogrikni  kamaytiradi.  Ular  kislotalik  oshishi  bilan  boglik  me’da  va  12 

barmok ichak yarasiga muolaja kilish davomida keng kulamda ishlatiladi. Bulardan 

tashkari,  salitsilat  va  kortikosteroidlar  bilan  uzok  vakt  davolash  sababli  kelib 

chikkan  asoratlarning  oldini  olish  (kon  ketishi,  eroziya  bulishi,  giperatsid  xolat) 

maksadida xam antatsid preparatlar tavsiya etiladi. 

Antatsidlarning  tez  kor  kiluvchilari  asosan  jigildon  kaynaganda  va  me’dada 

ogrik paydo bulganida tavsiya etiladi. Bulardan natriy gidrokarbonatning ta’siri tez 

yuzaga chikadi, lekin uzok davom etmaydi (15-20 dakika). Preparatning kamchiligi 

shundan  iboratki,  xlorid  kislotani  neytrallash  natijasida  SO

2

 



gazi  ajralib  chikadi, 

354 

 

me’dani  kengaytiradi  va  devorini  taranglaydi.  Natijada  kekirish  va  me’da 



sekretsiyasining kuchayishi kuzatiladi. 

Sekin  ta’sir  etuvchi  antatsidlardan  magniy  oksid-kuydirilgan  magneziyni 

kursatib  utish  mumkin.  Ta’siri  ancha  kuchli,  konga  surilmaydi,  xlorid  kislotani 

sekin-asta  neytrallaydi,  SO

2

 

gazini  xosil  kilmaydi,  lekin  reaksiya  natijasida  xosil 



buladigan magniy xlorid ichni yumshatadi va suradi. 

Kuyida  xar  bir  moddaning  bir  grammi  0,  1  N  xlorid  kislotaning  necha 

mikdorini (ml xisobida) neytrallay olishi keltirilgan: 

natriy gidrokarbonat          

 

-119 ml (0, 1 n NSl



 

ni) 


magniy oksid                           

 

-500 ml 



kalsiy karbonat                  

 

200 ml 



magniy trisilikat                 

 

155 ml 



alyuminiy gidroksid               

 

255 ml 



Ta’riflangan  antatsid  preparatlar  ta’sirida  me’da  kislotalik  muxitining 

pasayishi  1-1,5  soat  davom  etadi.  Magniy  saklagan  preparatlarni  uzok  muddat 

kabul  kilinsa,  ichni  yumshatadi  va  suradi,  kalsiy  karbonat  va  alyuminiy  gidroksid 

esa kabziyatga sabab buladi. 

Gastroenterologiya  amaliyotida  antatsidlar  me’da  va  un  ikki  barmok 

ichakning  ortikcha  kislotalik  bilan  kechadigan  yaralarini  davolashda  aloxida  urin 

tutadi.  Ayniksa, 

 

bir  necha  xil  farmakologik  ta’sirga  ega  bulgan  kompleks 



preparatlar (kislotalikka karshi, urab va shimib oluvchi, burishtiruvchi, spazmolitik, 

yalliglanishga  karshi,  ichni  yumshatadigan)  kuprok  ishlatiladi,  ularning  samarasi 

ancha  sezilarli.  Bularga  vikalin,  vikair,  gastrofarm,  venter,  de-nol  va  boshkalar 

misol buladi. Likviriton kizilmiya ildizidan olingan, tarkibida flavonoidlar saklovchi 

preparat  bulib,  antatsid,  yalliglanishga  karshi  va  spazmolitik  ta’sirga  ega.  Uning 

ta’sirida shilimshik ishlab chikarilishi kuchayadi. 

N

2

-gistaminoblokatorlar.  Ma’lumki,  xlorid  kislota  ishlab  chikaradigan 



xujayralar faoliyati N

2

 



–gistaminoretseptorlar, M-xolinoretseptorlar va gastrinergik 

retseptorlar orkali boshkariladi. 



355 

 

YUkorida  kayd  etilgan  antatsidlar  me’da  bushligiga  ajralib  chikkan  xlorid 



kislotani  neytrallasa,  N

2

-gistaminoblokatorlar  va  M-xolino-blokatorlar  esa  ushbu 



kislotaning ishlab chikarilishini kamaytiradi. 

N

2



-gistaminoblokatorlarga  simetidin,  ranitidin,  famotidin,  nizatidinlar,  M-

xolinoblokatorlarga  esa  atropin,  belladonna,  gastrozepin,  platifillin  va  boshkalar 

kiradi.  N

2

-gistaminoblokator-  lar  N



1

-gistaminoblokator  xisoblangan  dimedroldan 

farkli  ularok  adrenolitik,  maxalliy  ogriksizlantiruvchi  va  sedativ  ta’sirlarga  ega 

emas, allergik xolatlarda naf kilmaydi. 

Gastroenterologlarning  fikricha  N

2

-gistaminoblokatorlar  me’da  va  un  ikki 



barmok ichak yara kasalligida ancha samarali davo preparatlari xisoblanadi. 

Bundan  tashkari,  ushbu  retseptorlarga  ta’sir  etmay,  xlorid  kislota  xosil 

bulishini  tuxtatadigan-proton  kanali  susaytiruvchilari  xam  mavjud.  Ularga 

omeprazol,  lanaoprazol  va  boshkalar  kiradi.  Bu  preparatlar  xujayradagi  N,  K-

ATFaza  fermentiga  ta’sir  etib,  uning  faoliyatini  buzadi.  N,  K-ATFaza  xujayra 

kanaliga  N  ionini  utkazib,  xlor  bilan  kushilishini  yoki  xlorid  kislota  xosil  bulishini 

ta’minlovchi fermentdir. Uning ta’siri rN sharoitiga boglik. Omeprazol-me’da va un 

ikki  barmok  ichak  yara  kasalligini  davolashda  keng  ishlatiladi.  Preparat  N,  K-

ATFazani  kaytmas  ravishda  ingibirlaydi.  Omeprazol  tanada  fakat  bazal  xujayralar 

soxasida  faollashib,  sulfenamid  xosil  kiladi  va  fermentni  sulfgidril  guruxlari  bilan 

ta’sirlashadi.  U  me’dani  xam  bazal,  xam  kuzgatilgan  (ovkat  yoki  dorilar  bilan) 

sekretsiyasini 

kamaytiradi. 

Preparat 

Helicobacterum 

pyloriga 

nisbatan 

bakteriostatik ta’sirga xam ega. 

Omeprazol  konda  1-2  soatda  maksimal  konsentratsiya  xosil  kiladi,  oksillar 

bilan  95  %  boglanadi.  YArim  chikarilish  davri  30-60  dakika.  Preparat  sekretor 

kanalchalarda  tuplanadi,  shuning  uchun  24  soatgacha  ta’sir  kursatadi.  Kuniga  1 

maxal beriladi. 

Nojuya  ta’siri:  dispepsiyalar,  bosh  ogrigi,  bosh  aylanishi,  yutal, elkada  ogrik, 

ichak faoliyatining buzilishi. 

Xozirda  me’da  va  un  ikki  barmok  ichak  yara  kasalligida  gastroprotektorlar 

(de-nol,  karbenoksolon,  mizoprostol,  sukralfat)  xamda  antibakterial  preparatlar 

(metronidazol) keng 

 

kullanilmokda. 



356 

 

De-nol-kolloid  vismut  subsitrat  bulib,  protein  bilan  kompleks  xosil  kiladi.  U 



shillik  pardani  koplab,  ximoya  kavati  xosil  kiladi.  Preparat  shillik  kavatda 

mikrotsirkulyasiyani  yaxshilaydi,  prostoglandin  E  sintezini  (regenerativ) 

kuchaytiradi.Helicobacterum

 

pyloriga  karshi  ta’sir  etadi.  De-nol  kuniga  4  maxal 



beriladi.  YArim  chikarilish  davri  4-5  kun.  Antatsidlar  bilan  berish  mumkin  emas! 

Nojuya  ta’sirlari-dispepsiyalar,  xosil  bulgan  vismut  sulfid  axlatni  kora  rangga 

buyaydi, bosh ogrishi, bosh aylanishi. 

Sukralfat-pastasimon  kovushkok  polimer  bulib,  me’da  devorini  urab  oladi. 

YAralarni bitishiga sabab buladi. Ximoya kavati 8 soatgacha turgun buladi. Bundan 

tashkari  prostoglandin  E  ishlanishini  kuchaytiradi,  pepsin  va  ut  kislotalarni 

adsorbsiyalaydi.  Kuniga  4  maxal  tayinlanadi.  Nojuya  ta’siri-ichak  faoliyatini 

buzilishi, ogiz kurishi, kungil aynishi, korin soxasida ogrik. 

Gastrofarm-kuritilgan

 

Lactobacillus



 

bulgaricus

 

bulib,  uning  biologik  faol 



moddalarini  saklaydi  va  shillik  kavat  xujayralarida  moddalar  almashinivuni 

tezlashtiradi, mitozni kuchaytiradi. 

Umuman  olganda,  me’da  va  un  ikki  barmok  ichak  yara  kasalligini  davolash 

kompleks tarzda olib borilishi lozim. Bunda trankvilizatorlar, M-xolinoblokatorlar, 

spazmolitiklar, antatsidlar, N

2

-gistaminoblokatorlar va boshkalar bilan bir katorda 



regeneratsiyani tezlashtiruvchi preparatlar (oksiferriskarbon, chakanda moyi) dan 

foydalaniladi.  SHu  bilan  bir  katorda  parxez  saklash  (dietoterapiya)  xam  aloxida 

urin tutadi. 

Kustiruvchi va kusishga karshi vositalar 

Ma’lumki,  kusish  ancha  murakkab  fiziologik  va  patologik  jarayondir.  Bu  xol 

sulak  bezlari,  me’da  va  bronx  sekretsiyasining  kuchayishi,  gipotenziya,  umumiy 

bushashish,  terining  okarishi  bilan  boshlanib,  kungil  aynaydi  va  me’da  teskari 

tomonga  kiskarib,  ovkat  massasini  tashkariga  chikarib  tashlaydi.  Bu  jarayon 

uzunchok miyadagi kusish markazi va u bilan boglik

 

IVkorincha tubida joylashgan 



«trigger soxasi» tomonidan boshkariladi. Ushbu markazga konda buladigan ayrim 

endogen  va  ekzogen  moddalar  ta’sir  etib,  kusish  refleksini  keltirib  chikarishi 

mumkin. 


357 

 

Endogen  moddalar  jumlasiga  yukumli  kasalliklarda,  nur  kasalligida, 



xomiladorlikda  va  intoksikatsiya  xollarida  xosil  buladigan  zaxarli  moddalar, 

ekzogenga-tashkaridan kiritilgan kustiruvchi dori moddalari kiradi. 

Kustiruvchi  dori  preparatlari  ta’sir  mexanizmi  buyicha  ikki  guruxga  bulinadi: 

markaziy va reflektor ta’sirga ega vositalar. Birinchi guruxga apomorfin gidroxlorid 

kiradi. Preparat kusish markazini kuzgaydi, bu dofaminoretseptorlar orkali amalga 

oshiriladi. Bundan tashkari preparat MNTning bir kancha markazlarini susaytiradi. 

Ta’siri  2-15  dakikada  boshlanadi.  Nojuya  ta’siri:  nafas  sustlashishi,  arterial 

gipotoniyalar,  uykuchanlik,  nevrologik  buzilishlar,  allergik  reaksiyalar  bulishi 

mumkin. 

Ikkinchi  guruxga  mis  sulfat  va  rux  sulfat  preparatlari  kiradi.  Ular  ma’lum 

dozada  (osh  koshikda)  ichilsa,  me’da  shillik  pardasini  kitiklaydi  va  xosil  bulgan 

impulslar kusish markazini reflektor yul bilan kuzgaydi. 

Kustiruvchi  moddalar  tibbiyot  amaliyotida  kam  ishlatiladi.  Fakat  tez  yordam 

maksadida  zaxarlanish  xollarida  me’dadan  zaxarli  moddani  chikarib  yuborish 

maksadida berilishi mumkin. Refleks yuli bilan kustiruvchi moddalarni kayta-kayta 

kullash, me’da shillik pardasining shikastlanishiga sabab bulishi mumkin. SHuning 

uchun ularni uch koshikdan ortik berish mumkin emas! 

Ovkat,  dorilar,  kimyoviy  moddalar  bilan  zaxarlanishda,  me’da  osti  bezi  va 

buyrak  kasalligida,  xomiladorlikda,  kuchli  radiatsiya  ta’sirida,  tebranish  va 

chaykalish natijasida kusish yuz beradi. U uzok vakt davom etsa, tana suv yukotib, 

alkoloz,  gipokaliemiya  xolatlari  kuzatiladi.  Ushbu  xolatlarda  kusishga  karshi 

preparatlarni ishlatish maksadga muvofik. 

Kusishga  karshi  vositalar  turli  farmakologik  guruxlarga  mansub.  Vestibulyar 

apparati  kuzgaluvchanligi  yukori  bulgan  odamlarga 

 

skopolamin  saklovchi 



vositalarni  ichish  tavsiya  etiladi.  “”Aeron”  tabletkalari  shunday  vositalardan 

xisoblanib, samolyot va paroxodga chikishdan 30-60 dakika avval beriladi. Ta’siri 6 

soatgacha davom etadi. 

Gistaminga  karshi 

 

vositalar–diprazin  va  dimedrol  dengiz  kasalligida 



samaralidir.  Neyroleptiklar-fenotiazin  unumlari  bulgan-etaperazin,  triftazin, 

butirofenon unumlaridan galoperidol trigger zona dofaminoretseptorlarini bloklab 

kusishni  tuxtatadi.  Bular  trigger  zonaga  ta’sir  etuvchi  vositalar  chakirgan  kusish, 


358 

 

xomiladorlik  toksikozida,  nur  kasalligida,  jarroxlik  amaliyotidan  keyingi  davrdagi 



kusishda samara beradi. 

Metoklopramid  (serukal)-dofaminolitik  ta’sirga  ega.,  uzunchok  miyadagi 

kusish  markazini  susaytiradi.  YUkori  faollikka  ega  preparat.  Preparat  tez  suriladi, 

40-120  dakikada  konda  maksimal  konsentratsiya  xosil  kiladi.  YArim  chikarilish 

davri 2-4 soat. 

Nojuya ta’siri: ekstrapiramid buzilishlar, uykuchanlik, kulok shangillashi, ogiz 

kurishi bulishi mumkin. 

Xlorpromazin-dofaminolitik,  adrenolitik  ta’sirga  ega.  Preparat  kusishga 

karshi, antipsixotik va sedativ ta’sir etadi. 

Tietilperazin-kusishga  karshi  ta’siri  kuchli,  sedativ  ta’siri  kam,  ekstrapiramid 

buzilishlarni kamrok chakiradi. 

Meklozin-antigistamin va antixolinergik ta’sirga ega. 24 soat davomida ta’sir 

etadi. 

Anestezin-maxalliy anestetik, kusishga karshi ta’sir kursatadi. Til retseptorlari 



sezgirligini kamaytiradi. 

Tropisetron-serotonin  retseptorlarini  bloklaydi.  Venaga  va  ichga  (ovkatdan 

bir soat oldin) beriladi. 

Ferment va antiferment preparatlar 

I.  Xazm  jarayonini  yaxshlovchi  fermentlar-pepsin,  pepsidil,  pankreatin, 

panzinorm-forte, festal, mezim-forte, pankumen, digestal, enzistal. 

II. Proteoliz ingibitorlari-pantripin, ingitril, kontrikal. 

Ovkatni  xazm  kilishda  me’da  osti  bezidan  ishlab  chikariladigan  proteolitik 

(tripsin,  ximotripsin,  kollagenaza  va  boshkalar),  amilolitik  va  lipolitik 

fermentlarning axamiyati katta. 

Ovkat xazm bulishini yaxshilaydigan fermentli preparatlar jumlasiga me’dada 

ishlab chikariladigan fermentni saklaydigan dorilar pepsin, pepsidil, atsidin-pepsin, 

abomin  va  boshkalar  kiradi.  Bular  me’da  shirasi  sekretsiyasi  susaygan  xollarda 

(gipo  va  anatsid  gastrit),  ovkat  xazm  bulishi  buzilganda  (dispepsiya),  ichak 



359 

 

yalliglanishida (enterokolit) va boshka xolatlarda tavsiya etiladi. Bulardan tashkari, 



tarkibida  me’da,  me’da  osti  bezi  fermentlari  va  jigar  uti  ekstraktini  saklovchi 

kompleks preparatlar xam mavjud (panzinorm-forte va b.). 

Me’da  shirasi  sekretsiyasi  susayganda  (gipoatsid  va  anatsid  gastrit),  me’da 

osti  bezi  yalliglanganda  (pankreatit),  ichak  yalliglanganda  (enterit)  me’da  osti 

bezining  faoliyati  xam  buziladi,  fermentlar  ajralishi  susayadi.  Bunday  xolatlarda 

ushbu  bezning  faoliyatini  kuzgatish  uchun  xlorid  kislota,  tabiiy me’da  shirasi,  M-

xolinomimetiklar,  antixolinesteraz  preparatlar  ishlatilishi  mumkin.  Bulardan 

tashkari,  me’da  osti  bezi  fermentining  urinbosar  preparatlari  tavsiya  etiladi. 

Masalan,  pankreatin,panzinorm-forte,  mezim-forte, 

 

festal  va  boshkalar.  Ushbu 



preparatlar ishkoriy suv (Borjomi) yoki natriy gidrokarbonat eritmasi bilan ichiladi. 


Download 3.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling