O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti o’qituvchi: Xakimov Baxodir


Download 26.61 Kb.
bet2/6
Sana14.11.2023
Hajmi26.61 Kb.
#1773021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Organizm va muhit

Endoplazmatik to'r juda ko'p naycha, pufakcha, vakuolalar, donachalarni hosil qilgan membranadan iborat bo’lib, asosiy funksiyasi oqsil, uglevodlar, yog’ va yog’li gormonlar sintezlanishida qatnashishidan iborat.
Ribosomalar oqsillar sintezida ishtirok etuvchi hujayra organoidi hisoblanadi. Voyaga yetgan eritrositlarda ribosomalar bo'lmaydi.
Golji kompleksi qo'sh qavat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan iborat. Endoplazmatik to’rda sintezlangan moddalar Golji kompleksiga keladi. Bu yerda konsentrasiyalanib, ma'lum shaklga kirib tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o'zida sarflanadi. Shuningdek uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Mitoxondriyalar tayoqchasimon, donador, ipsimon shaklda bo'lib, hajmi 0,5 mkm, uzunligi 7 mkm gacha. Ular fermentlar va vitaminlarga boy bo’lib, soni 50-500 mingtagacha yetadi va ikki qavat membrana bilan o'ralgan. Mitoxondriyalar hujayrani energiya bilan ta'minlovchi ko'pgina kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.
Lizosomalar bir qavat membranaga ega bo'lgan va hajmi 0,2-0,8 mkm keladigan tuzilmalardir. Lizosomalarda oziq moddalarni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar saqlanadi.
Hujayra markazi ikkita sentrioladan iborat bo'lib, yadroning yaqinida joylashadi. Sentriolalarning har biri 9 ta mikronaychadan tuzilgan. Hujayraning bo'linishida bo'linish dukini hosil qiladi.
Yadro sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadi. Membranada teshiklar bo'lib, shu teshiklar orqali sitoplazma va yadro o'rtasida moddalar almashadi. Membrananing ostida yadroning yarim suyuq qismi-yadro shirasi bor. Unda xromosomalar va yadrochalar joylashadi. Yadrochalar dumaloq, to'q bo'yaluvchi tanacha bo'lib, unda ribosomalar sintezlanadi. Xromosomalar organizmning o'ziga xos bo'lgan barcha biologik belgilarini irsiy yo'l bilan nasldan naslga o'tkazadi. 1888 yilda nemis olimi V. Valdeyer aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha so`z bo`lib, “xromos”– bo`yoq, rang “soma” tanachalar deb atagan. Xromasomalar organizmning o`ziga xos bo`lgan barcha biologik belgilarini irsiy yo`l bilan nasldan-naslga o`tkazadi. U oqsillar va nuklein keotalarining yirik molekulalaridan tashkil topgan. Xromasomalar ipsimon yoki tayoqsimon shaklida bo`lib, uning soni turli o`simlik, hayvon hujayralarida turlicha bo`ladi. Xromasomalar tanamizdagi barcha hujayralarda bo`ladi. Dastlab 1956 yilda ko`rsatib berilgandek odam xujayralarida 46 tadan xromasomalar bo`ladi. Jinsiy xujayralar boshqa hujayralardan farq qilib, 23 tadan xromasomalar bo`ladi. Erkak va ayol hujayralari bir-biri bilan qo`shilganda 46 taga yetadi. Hujayraning bo`linishi xromasomalarni ipsimon 2 ta tizimiga ajralishidan boshlanadi. Xromasomalar kimyoviy tabiyatining aniqlanishi biokimyaning so`nggi yillarda qo`lga kiritgan eng katta yutug`i bo`ldi.
To'qimalar. Tuzilishi, kelib chiqishi va bajaradigan vazifasi bir-biriga o'xshash bo'lgan hujayralar to'plami to'qima deb ataladi. Organizmdagi hamma to'qimalar 4 guruhga: epiteliy(qoplovchi), biriktiruvchi (tayanch-trofik), muskul va nerv to'qimalariga bo’linadi.

Download 26.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling