O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


Download 1 Mb.
bet11/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

Laboratoriya eksperimenti – fenomen maxsus joylarda, maxsus asbob – uskunalar vositasida ataylab o‘rganiladi.
Modellashtirish – ko‘pgina usullar yordamida o‘rganilyapgan xodisaning tub moxiyati ochilmaganda kullaniladigan usul bo‘lib, usha xodisaning umumiy xossai yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, usha model asosida tadkikotchini kiziktirgan jixat o‘rganiladi va xulosalar chikariladi.
Matematik modelllar – formulalar asosida ma’lumotlar taxlil kilinadi.
Mantiqiy modelllar – inson akli va tafakkuri jarayonlari va konunlarini xisoblash mashinalari ish tamoyillari bilan kiyoslash orkali to‘zilgan goya va simvollar ishlatiladi.
Kibernetik modelllashtirish – goyalar psixologiyasini EHMdagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish.


IV-BO`LIM. O`QUV MATERIALLAR(MA`RUZA MATERIALLARI)


1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari
Reja:
1. Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining rivojlanish tarixi
2. Psixologiya fanining psixologiya sohalari. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari.
3. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari


Tayanch so‘zlar:
Psixologiya, umumiy psixologiya, «psyche», jon, ruh, «logos», psixika, instinkt, xulq-atvor.
1. Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining rivojlanish tarixi. Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o‘rganish ob’ekti va predmeti bo‘lib xizmat qiladi, qaysilar orasida insonning hayot faoliyatida psixologik fanlar alohida o‘rin tutadi. Real dunyoda haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko‘rinishlari: psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo‘lish, hamda uning ayrim fenomenlaridir.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to‘g‘risida («psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o‘rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday holati­ki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova).

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling