21
22
23
Shishavand paxta harorat chidamliligi uning kimyoviy tarkibiga bog'liq, masalan, shishavand paxta tarkibidagi ishqorlarga bog'liq: ular oshishi bilan haroratga chidamlik pasayadi, kamayishi bilan esa chidamlilik ortadi. Oddiy tarkibli shishavand paxtani ishlatish chegaraviy harorati 450' С dir. Faqatgina Si02 va A120 3 ning teng miqdoridan tashkil topgan paxta 1200° С da ham o'z xususiyatini yo'qotmaydi. Shishavand paxtaning harorat chidamliligiga uni siqish (zich- lash) darajasi ta’sir ko'rsatadi. Masalan, harorat chidamligi 500— 550° С bo'lgan shishavand tolali matlar 0,02 kG/sm2 og'irlik bilan siqilganda, harorat chidamliligi 400° С gacha pasayadi. Shuning uchun issiq obyektlaming issiqlik izolatsiyasi uchun shishavand paxtani qo'llashda ulami ozroq zichlashga ruxsat etiladi. Shishavand paxta issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti hajmiy og'irlikning u yoki bu kattaligida o'rtacha diametrga bog'liq emas va 0,035 dan to 0,045 kkal/m • soat • grad oraliqda tebranadi (+25, +35° С haroratda). Ingichka shishavand tola ishlab chiqarish yo'g'onroq tola ishlab chiqarishga qaraganda ancha qimmat bo'lib, ikkala holda ham paxtaning issiqlik o'tkazuvchanligi deyarli bir xil bo'ladi, shuning uchun issiqlik izolatsiya maqsadlari uchun 30 mk gacha o'rtacha diametrli shishavand tola qo'llaniladi.
24
Akustik xususiyatlar. Shishavand paxta va uning mahsulotlari tovushni yomon o'tkazadi va uni yaxshi yutadi. Shuning uchun
ulami tovush yutuvchi va tovush izolatsion to'shama materiallar sifatida ishlatiladi. Tovush yutuvchi xususiyatini oshirish uchun shishavand paxtali mahsulotlaming ayrim turlari maxsus qayta ishlanadi, masalan, shishavand tolali plitalar perforatsiyasi. Bunday mahsulotlar akustik shishavand tolali mahsulotlar deb nomla- nadi. Shishavand paxtali mahsulotlaming tovush yutish koeffitsi- yenti asosan quyidagilarga bog'liq: a) tovush tebranishlari chastotasi; b) tolaning hajmiy og'irligi va o'rtacha diametri; d) material qatlami qalinligi va ular orasidagi masofa hamda konstruksiyadagi zich devor yuzasi. Bu omillar ta’siri quyidagichadir: a) tebranish chastotasi oshishi bilan tovush yutish koeffitsiyenti aniq maksimumgacha o'sadi, so'ngra bir muncha pasayadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |