7
8
Mineral paxta ishlab chiqarishda keng qo‘lla- nuvchi cho‘kma, magma va metamorfik tog‘ jinslari zaxiralari cheksizdir. Keng tarqalgan cho‘kma jinslarga tuproqli va karbon- atli jinslar kiradi. Bu tog‘ jinslari kimyoviy tarkibidagi tebranishlar, odatda, ush- bu maqsad uchun qo‘llashni chegaralamaydi: xomashyodagi alo- hida komponentlaming zaruriy nisbatiga mos xomashyo aralash- masi — odatda ikki, ayrim hollarda esa uchta xomashyo turidan tuzilgan shixta bilan erishiladi. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tuproq ko‘p hollarda yengil eruvchan hisoblanadi. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun ishlatiluvchi karbonatli tog‘ jinslariga ohak, dolomit va mergel kiradi. Dolomitli mergellaming kimyoviy tarkibi bir qator hollarda,boshqa xomashyo turini qo'shmasdan, ishlab chiqarishni yengil- lashtirib, yuqori
sifatli paxta olishga imkon beradi. Xususan, Moskva
viloyatining dolomitli mergeh bunday xomashyo bo'lib hisoblanadi.
9
10
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida mag- matik jinslar: bazalt, gabbro, granit, diabaz, diorit, siyenit ham xizmat qilishi mumkin. Bu jinslar ko'pincha nordon hisoblanadi. Ulardagi qumtuproq (kremnezem) tarkibi 45 dan 75 % gacha te- branadi. Ulardan ayrimlari tarkibida temir oksidilari va metall ishqorlarining ma’lum miqdori mavjud bo'lib, ular zaruriy elas- tiklikdagi qotishma olishga yordam beradi. Metamorfik tog' jinslariga, masalan, tuproqli slanes kiradi. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun cho'kma va magmatik tog' jinslariga qaraganda metamorfik tog' jinslari kam ishlatiladi. Metallurgiya shlaklari. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallarining boshqa turi metallar erishida olinuvchi melallurgiya shlaklaridir. Shlaklar o'zida kalsiy va magniy silikatlari va alumosilikatlari qotishmalarini aks ettiradi. Shlaklar kimyoviy tarkibi ko'pincha asosiylik moduli Ma bilan xarakterlanadi. 1550° С haroratda aniqlangan qovushoqlik koeffitsiyenti (r\, nz da)ga ko'ra, shlaklar quyuq (ri > 20 nz), oraliq yoki o'rtacha qovushoq (ri = 6—20 nz) va suyuq (r| < 6 nz) bo'ladi. Suyuq shlaklar harakatchanroq, oquvchan va kristall struktu- ra hosil bo'lishi bilan tez qotadi. Quyuq shlaklar, aksincha, qovushoq, cho'ziluvchan, birinchilarga qaraganda sekin qotadi, so- vitilganda shishavand tolalarga yaxshiroq aylanadi. Mikrostruktura bo'yicha shlaklar kristall, shishavand va aralash shlaklarga bo'linadi. Sovitish usuli bo'yicha shlaklar sekin va tez sovuvchi (granulali) bo'lishi mumkin. Mineral paxta ishlab chiqarishda qovushoqlik alohida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki unga eritmaning tolaga aylantirish sharoiti va sifati bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |