O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish materiyallari buyumlari va ularning konstruksiyasini ishlab chiqarish ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 318-guruh talabasi


Shishavand paxta va ular asosidagi mahsulotlar


Download 17.03 Kb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi17.03 Kb.
#1246416
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu ora yopma plitalar va quyiladigan talablar-fayllar.org (3)

18
Shishavand paxta va ular asosidagi mahsulotlar
Shishavand tola turlari va xususiyatlari. Shishavand paxta sun’iy mineral tola turi hisoblanadi. Shishavand paxtada metallurgiya shlaklari va tog* jinslaridan olinuvchi mineral paxta bilan ko‘p o‘xshashliklar bor, ammo ular orasida ishlab chiqarish
texnologiyasi va tayyor mahsulot xususiyatlarida farqlar ham mavjud. Bu farqlar shishavand paxta ishlab chiqarish uchun qo'llaniluvchi xomashyo materiallari turi bilan aniqlanadi. Shishavand paxta ishlab chiqarishda shisha ishlab chiqarish uchun qo'llaniluvchi materiallar: kvars qumi, ohak tosh, soda va boshqalardan foydalaniladi. Belgilangan vazifasiga ko'ra, shishavand tolaning ikki turi ishlab chiqariladi: tekstil, issiqlik izolatsion va shtapel shishavand tola. Shishavand tolalar, odatda, mineral paxta tolalaridan uzunroq va semizroq bo'ladi, ulardagi korolkilar tarkibi esa mineral pax- tadan ancha kamdir. Shishavand tola sifatini aniqlovchi asosiy ko'rsatkich — bu uning o'rtacha diametridir va uning kattaligi quyidagi
chegalarda (mk) bo'ladi: tekstil shishavand tola................. 3—7
issiqlik izolatsiya shishavand tola.....................10—30
19
20
Shishavand paxtaning hajmiy og‘irligi tolaning o'rtacha dia- metri va uni aniqlashdagi bosim kattaligiga bog'liq. Tolaning o'rtacha diametri kattalashganda hajmiy og'irlik birmuncha pasaya- di, buni yo'g'on tolalaming ingichkalardan ko'ra katta elastikligi bilan tushuntirish mumkin. Issiqlik izolatsiyasi uchun qo'llani- luvchi shishavand paxta hajmiy og'irligi 75—125 kG/m3 ga teng. Shishavand tola mustahkamligi ko'pgina shartlarga bog'liq. Tekstil shishavand tola mustahkamligi yaxshi o'rganilgan. Filer usuldagi diametri 50 mk dan kichik tola mustahkamligi tolani cho'zish tezligiga, filerlar diametriga, shishavand massaning feler- lar ustidagi darajasiga, shishavand massa haroratiga va diametriga (ingichka tolalar yo'g'onlariga nisbatan chidamli) bog'liq. Shun- day qilib, 5, 7 va 10 mk diametrli shishavand tolani cho'zishdagi mustahkamlik chegarasi, mos ravishda, 153, 138 va 128 kG/mm2 ga teng, 3 mk diametrli tolalarda mustahkamlik 200 kG/mm2 dan ham oshishi mumkin, ya’ni asbest deformatsiyalanmagan tola mustahkamligiga yaqinlashadi.

Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling