O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


San’at –xalqlarni birlashtiradi. Tabir joiz bo’lsa, jahonni tinchlik va totuvlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi. Opera-


Download 72.31 Kb.
bet2/9
Sana16.03.2023
Hajmi72.31 Kb.
#1278210
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doc kurs ishi metodika (2)

San’at –xalqlarni birlashtiradi. Tabir joiz bo’lsa, jahonni tinchlik va totuvlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi.
Opera-(lot. Opera –mehnat mahsuli, asar) –musiqali dramatk san’at janri. Opera qorishma (sintetik) janr bo’lib, o’zida bir nechta san’at turlarini mujassam etadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san’at va raqs san’ati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog’lanad. Lekin musiqa ular orasida etakchi o’rin egallaydi.
Operaning adabiy asosi – librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vocal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kvartina kabi tugal musiqa shakllarini o’zaro bog’lab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, treo va b.)larda qahramonlarning o’zaro munosabatlari, dramatik voqealar o’z aksini topadi. Xor ro’y berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifsini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham kata o’rin egallaydi: vokal shakllariga jo’r bo’ladi, mustaqil cholg’u qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va b.)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning g’oyaviy maqsadga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab an-analari va uslublariga hamda kompozetorning ijodiy tafakkuriga bog’liq. O’zbekistonda Opera janri o’zbek musiqali dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Operasining ta’sirida yuzaga keldi. Toshkentga bir nechta (gruzen-1894;1907-15-yillarda –italyan, tatar, rus, ozarbayjon) Opera gruppalari gastrolga kelgan. 1918-yilda Toshkentda rus opera teatri o’z faoliyatini boshlagan. 1929-yilda M.Qoriyoqubov tashabbusi bilan o’zbek musiqali tetri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat bo’lgan. Mazkur teatr sahnasida o’zbek tilida qo’yilgan birinchi operalar – «Er Targ’in» (E. Brusilovskiy, 1937) va «Nargiz» (M.Magomayev, 1938)dir.
O’zbek opera va balet gruppasi o’zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-yi S,Vasilenko va M. Ashrafiyning «Bo’ron» Operasi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Dastlabki o’zbek operalari o’zbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda O’zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan. (R. Glier, T. Sodiqov, «Layli va Majnun», 1940; ,,Gulsara’’, 1949; A.Kozlavskiy, ,,Ulug’bek’’, 1942). SHu davrda o’zbek tilida jahon mumtoz Opera na’munalari (J.Bizening ,,Karmen’’, 1944; P.CHaykovskiyning ,,Evgeniy Onegin’’, 1947 va b)ham sahnalashtirildi.
Mazmunini talqin qilishda asosiy urg’u milliy hamda umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni tarannum etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratiladi. Bu davrda o’zbek zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan bog’lashga ahamiyat berdilar.

Download 72.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling