Mavzuning dolzarbligi. Xalqimiz san’atning eng yorqin na’munalari ajdodlarimizdan bizga qadar yetib kelgan qadriyatlar hsoblanadi. SHu sababdan bugungi kunda tarixiy merosimizga bolgan etibor davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Fikrimizning dalili sifatida, avvalo har ikki yilda o’tkaziladigan ,,Sharq taronalari’’ , festivali, 2018-yil 6-sentiyabrdan o’tkazilgan ,,Xalqaro maqom anjumani” , 2018-yil 11-13 iyul kunlari Marg’ilon shahrida o’tkazilgan ,,Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor festivli, 2019-yil 5-10-aprelda har ikki yilda bir marta Termiz shahrida o’tkaziladigan birinchi ,,Xalqaro baxshichilik” festivali va 2019-yil 10-15- sentabr kunlari YUNESKO tashkelotining boshchiligida birinchi ,,Xalqaro hunarmandchilik” festivalining o’tkazilishini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki san’atimizning targ’iboti, milliy musiqamizning yangicha namunalari va talqinlarini yaratish ijodiyotiham aynan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Ayniqsa ommaviy madaniyat globallashayotgan ayni bir vaqtda, xalqning o’zligi-yu milliyligini saqlab qolish eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir.
Mavzuning maqsadi. O’zbek Operasini kompozitorlar tarafidan ijod qilinishi va O’zbekistonda shakllanib rivoj topishi. 1930-yillar oxirida o’zbek va rus kompozitorlarining hamkorlik ijodiyotida yirik sahnaviy janrda asar yaratiladi. Ya’ni kompozetorlarning M.Ashrafiy va V.Vasilenkolar hamkorligida birinchi ,,BO’RON” operasi yaratiladi.(1939).
Kurs ishining ob’ekti. Opera san’ati. O’zbekistonda operaning vujudga kelishi.
Mavzuning predmeti. O’zbek opera sanati tarixi.
Mavzuning borishi. Kurs ishining borishi kirish qism, 2ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkel topgan. Birinchi bob Opera sanati va uning vujudga kelishi. Ikkinchi bob esa O’zbekistonda operaning vujudga kelishi hamda uning rivojiga hissa qo’shgan kompozitorlar ijodi haqida yoritilgan.
I-BOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |