O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


OPERA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI


Download 72.31 Kb.
bet4/9
Sana16.03.2023
Hajmi72.31 Kb.
#1278210
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doc kurs ishi metodika (2)

OPERA SAN’ATINING VUJUDGA KELISHI.
OPERA (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari b-n, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Opera dagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va b.)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi.
Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va b.)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq. Opera sanʼatning alohida turi sifatida 16-a. oxirida Florensiya (Italiya) da yuzaga keldi: Ya. Perining «Dafna» (1598) va «Evridika» (1600) asarlari. Opera keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz «liriktragediyasi» (J. B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan O.-seria — jiddiy Opera (A. Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va b.), ingliz ballada O. si (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va b. 18-a. Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735), A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-a. larda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va b. da koʻpaydi. 19-a. da romantik Opera rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va b.), yangi milliy Opera maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va b.). 20-a. da Opera — oratoriya (A. Onegger), O. —kantata (K. Orf), kamer Opera (F. Pulenk), qoʻshiq O. si (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, Opera janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg, A. Berg, neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va b. O. sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda Opera janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Opera sining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-a. ning oxiri—20-a. boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 y. larda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) O. truppalari gastrolga kelgan. 1918-y. dan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929-y. da M. Qoriyoqubov tashabbusi b-n oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — «Er Targʻin» (Ye. Brusilovskiy, 1937) va «Nargiz» (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-y. S. Vasilenko va M. Ashrafiyning «Boʻron» O. si bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, «Layli va Majnun», 1940; «Gulsara», 1949; A. Kozlovskiy, «Ulugʻbek», 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz Opera namunalari (J. Bizening «Karmen», 1944; P. Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin», 1947 va b.) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil Opera lari paydo boʻldi: «Dilorom», «Shoir kalbi» (M. Ashrafiy), «hamza» (S. Boboyev), «Xorazm qoʻshigʻi» (M. Yusupov) va b. Birinchi oʻzbek hajviy Operasi «May-saraning ishi» (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. «Yoriltosh» (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar Opera sidir.

1970—80 y. lari oʻzbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — «Mangulik» (U. Musayev), «Fidoyilar» (S. Boboyev), zamonaviy — «Sadoqat» (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — «Sugʻd elining krploni» (I. Akbarov), «Zebunniso» (Sayfi Jalil), «Alisher Navoiy» (M. Burhonov), shuningdek, kamer Operalar — «Sohilda toʻqnashuv» (N. Zokirov), «Ona qalbi» (Hab. Rahimov) va b. O. lar sahnalashtirildi.


Mustaqillik davri oʻzbek Opera larida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan «Hamlet» va «Makbet» O.-dilogiyasi), hoz. zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning «Muxtoriyat» opera-farsi, O. Abdullayevaning «Vafo», F. YanovYanovskiyning «Orkestr» O. lari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning «Al-Fargʻoniy») va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning «Ibtido xatosi» O.oratoriyasi) Opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari Opera asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.
Ad.: Pekker Ya., Oʻzbekskaya opera, M., 1984; M urodova D., Mustaqillik davri Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyoti toʻgʻrisida, — Musika ijodiyoti masalalari, T., 2002. Dilera Murodova, Toʻxtasin Gʻafurbekov.
Opera sanʼatining alohida turi sifatida XVI asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. Operaning keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan O.seria — jiddiy O. (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada O.si (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa XVIII asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish XIX—XX asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belarus, Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. XIX asrda romantik O. rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy O. maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda O.— oratoriya (A. Onegger), O.—kantata (K. Orf), kamer O. (F. Pulenk), qoʻshiq O.si (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, O. janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg, A. Berg, neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa Opera sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda Opera janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Operasining taʼsirida yuzaga kelgan. XIX asrning oxiri, XX asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) Opera truppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929-yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahnasida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" Operasi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz O. namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil Operalari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va boshqa Birinchi oʻzbek hajviy O.si "May-saraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar Operasidir.
1970—80 yillari oʻzbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer Operalar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa Operalar sahnalashtirildi.
Mustaqillik davri oʻzbek Operalarida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" Opera dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" Operalari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" Opera oratoriyasi) Opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari Opera asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.

Download 72.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling