O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


II-BOB O’ZBEKISTONDA OPERA SAN’ATI


Download 72.31 Kb.
bet7/9
Sana16.03.2023
Hajmi72.31 Kb.
#1278210
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doc kurs ishi metodika (2)

II-BOB
O’ZBEKISTONDA OPERA SAN’ATI.
Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarning yashab turganlari, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asoiy turtkilarda yana biri Italiya opera guruhining 1900 yilda Toshkentda qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bo‘lgan. Italiyaliklar Toshkentda «Rigoletto», «Traviata», «Trubadur», «Karmen», «Payatsi», «Faust» kabi operalarni rus ziyolilariga tonishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari o‘z konsert dasturlarida g‘arb va rus klassik kompozitorlarining simfonik asarlarini operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topilishida poydevor tuzganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomijskiyning «Rusalka», Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari bo‘lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining «Rigoletto», Gunoning «Faust», Rubenshteynning «Demon», Chaykovskiyning «Pikovaya dama», Musorgskiyning «Boris Godunov», Boroddining «Knyaz Igor», Verdining «Traviata», «Aida, Puchchinining «Bogema», Rossinining «Sevilskiy seryulnik» asarlari sahna yuzini ko‘rdi. Rus opera teatrining san’atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib opera san’atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot etaboshladilar va bu xizmatlar o‘zbek operalarini tashkil topishiga asos bo‘ldi.
30-nchi yillarning II-yarmisidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Bo‘ron» operasi bilan R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operalari edi.
«Bo‘ron» operasi besh pardali katta asar bo‘lib uning mazmunida 1916 yilda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan bo‘lgan to‘qnashuvlari o‘z aksini topgan. Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa ham lekin o‘zbek xalqining ozodlikga chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad bo‘lib qolgan.


Operaning qisqacha mazmuni Boydan qarzdor bo‘lgan Bo‘ron ismli dehqon yerlarini tortib oladilar. Lekin shu vaqtda Bo‘ron Jo‘ra ismli o‘g‘lini Norgulga o‘ylantirish kerak edi. Yon-qo‘shnilar Bo‘ronga moddiy yordam berib to‘yni boshlaydilar. To‘y avjida mahalliy amaldorlar kelib o‘zbek yigitlarini boshqa shaharlarga “Mardikorlikka” olib yubormoqchi bo‘ladilar. Lekin amaldorlar o‘z farzandlarini qoldirib kambag‘allar bolalarini jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Dehqonlar qarshilik ko‘rsatib o‘nboshini o‘ldiradilar. Bo‘ron boshchilik bir guruh otryad toqqa chiqib ketadi. Ularga Jo‘ra ham qo‘shiladi. Podshoh tomonidan yuborilgan qo‘shinlar qishloqda ancha qon to‘kadilar va shular qatorida Norgul ham nobud bo‘ladi. Bo‘ronning hovlisiga o‘t qo‘yadilar. Shu vaqtda Bo‘ron boshchilik otryad qishloqga kirib kelib podshoh qo‘shinlarini quvib yuboradi.
Operaning qisqacha mazmunini (lebrettosini) Komil Yashin yozgan. Unda ikki tuzim qarama-qarshiligi, xalqlar orasidagi do‘stlik aniq o‘z ifodasini topgan. Operadagi asosiy qahramon bu xalq. Xalq Bo‘ron boshchiligida podshoh tuzimiga qarshi kurashadi.
Operada juda ko‘p xalq qo‘shiqlari «Gul o‘yini», «Girya qozoq», «Chamanda gul», «Tanovar», «Oq oydin kechalar», «Farg‘onacha»-lar kompazitorlar tomonidan orkestlashtirib asar mazmunini boyitishga sababchi bo‘lganlar.
«Bo‘ron» operasida Hamzaning «Ishchi bobo», «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar» qo‘shiqlari ishlatilgan. «Bo‘ron» da ariyalar uncha ko‘p bo‘lmasada lekin bor ariyalar obrazlari harakterlarini yoritishida salmoqli musiqiy asarlar jumlasiga kiradi. 
S.Vasilenko bilan M.Ashrafiy bu operani olti oy davomida ijod qilib 1939 yilning 25 martida tugallaydilar. «Bo‘ron» operasini sahnalashtirishda ancha qiyinchiliklar ham bo’ladi. Birinchidan bu Yangi janrni sahnada ijro etishda xonandalarga noqulayliklar tug‘dirdi, chunki musiqali drama bilan opera orasida katta farq bor edi. Lekin shu bilan birga milliy o‘zbek og‘zaki an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan sahnalar ham ijrochilarga va tinglovchilarga ham maroq bag‘ishlagan edi.
«Bo‘ron» operasini sahnalashtirishi bu ikki (rus va o‘zbek) orasidagi birodarlikni mustahkamlashda va ikki kompazitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bo‘ldi.
Opera 1939 yilda Toshkentda sahnalashtirilib o‘zbek musiqali drama teatri O‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylandi. Asosiy rollarni Halima Nosirova (Norgul), Karim Zokirov (Bo‘ron), Fotima Boruxonova (Zebiniso) ijro etganlar.
O‘zbek operasining dunyoga kelishi bu zamon talabi bo‘lib respublikamizning madaniy rivojiga yana bir katta qadim hisoblandi.
«Bo‘ron» operasi bilan bir qatorda G.M.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operasi ijod qilindi va bu asar A.Navoiyning shu nomli poemasi asosida edi.
Operaning qisqacha mazmuniLayli ismli arab qabila boshlig‘ining qizi Qays nomli yigitni sevadi. Layli Qaysning ishqiy she’rlariga, xotin-qizlarni e’zozlaydigan asarlariga mahliyo bo‘lgan edi. Lekin shariat qoidalariga ko‘ra Qays islom diniga xiyonat qilgan, chunki ayollarni erkaklar bilan tenglashtirgan. Ruhoniylar Qaysni-Majnun, ya’ni devona deb kamsitishadilar. Odamlarning diqqatiga tushib qolgan Qays Layli bilan bo‘lgan muxabbatini oxirigacha yetishiga ishonch hosil qilmagach dashtu-saxrolarga yovvoiy hayvonlar orasiga chiqib ketadi. Layli esa otasining ixtiyori bilan badavlat kishi Ibn-Salomga turmushga chiqishi kerak bo‘lganda sevgan yigiti Qaysni qumsab o‘ladi. Uning qabri ustida Qays ham jon beradi. Ular motamlarini faqat yaqin qovmu-qarindoshlari tutadilar. Ikki sevishgan qabrida ikkita qizil gul o‘nib chiqadikim, bu-o‘lmas sevgi va hamisha yoshlik timsoli edi.
«Layli va Majnun» operasida obrazlar ariyalarida o‘zbek musiqa merosi-maqomlar, xalq kuy va qo‘shiqlari asos bo‘lib unda «Iroq», «Segoh», «Ushshoq», «Chorzarb», «Chorgoh», «Bayot», «Chapandozi gulyor»-lar ishlatilgan.
40-50 yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri sahnasida bir necha opera asarlari sahnalashtiriladi. Uning repertuaridan rus va chet el opera va balet asarlari o‘rin olib shular qatoriga qardosh xalqlar kompozitorlarining asarlari ham teatr sahnasidan joy oladilar. D.Kabalevskiyning «Taras oilasi», T.Xrennnkovning «Bo‘ronda», G.Mayborodaning «Arsenal» va A.Kozlovskiyning O‘zbekistonda ijod qilgan «Ulug‘bek» operalari shular jumlasiga kiradi. Lekin ko‘zga tashlangan muammolardan eng asosisi bu milliy o‘zbek operalarini ijod qilish va ularni sahnalashtirishdan iborat edi. Shuning uchun ham 1947-1967 yillar davomida bir necha o‘zbek milliy operalari ijod qilinib teatr sahnasida qo‘yildi. Oldingi yillar sahnalashtirilgan operalar: S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Ulug‘ kanal», R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Gulsara», T.Jalilov va B.Brovsinlarning «Toxir va Zuxro», G.Mushel va V.Uspenskiylarning «Farxod va Shirin» operalari bilan bir qatorda Yangi ijod qilingan o‘zbek milliy operalari ham asta-sekin musiqa san’atining opera janrida ijod qilinib sahna yuzini ko‘radi. Bular-M.Ashrafiyning «Dilorom», T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon», S.Boboyevning «Hamza», M.Yusupovning «Xorazm qo‘shig‘i», M.Ashrafiyning «Shoir qalbi», R.Hamroyevni «Zulmatdan ziyo» asarlardir.
Yuqorida nomlangan asarlar orasida A.Navoiyning «Sa’bai sayyor» poemasidan «Dilorom» operasi dramaturglar K.Yashin va Mumtoz Muhammedovlar bilan kompozitor M.Ashrafiyning o‘zbek klassik adabiyotidan zamonaviy asar yaratishda qilgan xizmatlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida o‘rinni egalladi.
To‘rt parda va yetti ko‘rinishdan iborat «Dilorom» operasi A.Navoiy nomli Davlat opera va balet teatri sahnasida qo‘yiladi. Voqealar shoh va amaldorlarning xalqqa nisbatan shavqatsizligi va zulmdan xalq norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘tarilishi, Diloromni kuch ishlatib olmoqchi bo‘lgan shoh Baxrom va uning sheriklariga qarshi ko‘tarilgan kurash fonida yuz beradi. Dilorom shavqatsiz shohga bo‘ysunmaydi va o‘z hayotini qurbon qilib nomus va muhabbatini saqlab qoladi.
Operaning qisqacha mazmuni. Badavlat Ulug‘ Xo‘ja uyida uning quli bo‘lgan go‘zal ashulachi Dilorom voyaga yetadi. Dilorom ajoyib rassom Monini sevib qoladi. Moni o‘z sevgilisini Ulug‘ Xo‘jadan sotib olishga va unga uylanishga ahd qiladi. Lekin go‘zal Diloromni shoh Bahromni ko‘rib unga maxliyo bo‘ladi va katta sovg‘alar evaziga Diloromni Ulug‘ Xo‘jadan o‘ziga sotib oladi. Moni Diloromni juda ko‘p qidiradi va oxiri Baxromshoh dargohida topadi. Lekin Baxromshoh Monini zindonga tashlab Diloromni o‘z qasriga qamab qo‘yadi. Fursantdan foydalanmoqchi bo‘lgan Baxromshohning vaziri Ardasher Dilorom qo‘liga zahar berib Baxromshohni o‘ldirishni buyuradi. Baxromshoh saroyida katta bazm o‘tadi. Bazmda yetti go‘zal qatnashib har biri o‘zining san’atini namoyish etadi. Dilorom ham o‘zining sevgi haqidagi mungli qo‘shig‘ini kuylaydi. Ardasher bergan zaharni Dilorom o‘zi ichmoqchi bo‘lib turganda Ardasher uni qo‘lidagi qadahni olib Baxromshohga uzatadi, lekin shoh bu qadahni go‘zallardan biriga beradi. Go‘zal uni ichib o‘ladi. Baxromshoh bu voqeadan achchiqlanib Monini osishga va Diloromni cho‘li-biyobonga olib borib tashlashga buyuradi. Cho‘lda bo‘ron ko‘tariladi. Dilorom o‘z sevgilisi Monini chaqiradi. Diloromni oxtarib yurgan Moni yetib keladi va sevishganlar bir-birlari bilan uchrashadilar. Dilorom Monining qo‘lida jon beradi.
Kompozitor M.Ashrafiy operani ijod qilishda xalq kuy va qo‘shiqlaridan mohirlik bilan foydalangan. Yetti go‘zal qiyofasida tojik, eron, hind va arab kuylarini ishlatib go‘zallar obrazlarini yana ham boyitgan.
Moni ariyasini ijod qilishda xalq kuyi bo‘lmish «Karimqul-begi»ni ishlatgan. Monining boshqa ariyasida «Navo» maqomidan «Saroxbori navo» ni ustalik bilan qayta moslashtirilgan.
Dilorom ariyalari ham ashulachi qimyofasini ifodalashda yoqimli va kuychan musiqalar bilan shu obraz ochib tashlangan. Baxromshoh, Ulug‘ Xo‘ja obrazlarini aks ettirishda ham kompozitor o‘sha shaxslarga xos kuylarni bastalagan. Shoh saroyidagi bazmlarda ijro etilgan musiqalar ham o‘zining tantanavorligi, quvnoqligi va o‘ynoqiligi bilan tinglovchilarning diqqati-e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
Faqatgina O‘zbekistonda emas balki butun O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib komik opera janrida asar yaratish kompozitor Salamon Yudakovga muyassar bo‘ldi. U kishi Hamza qalamiga mansub «Maysaraning ishi» komik operasini yaratadi. Maysara xolaning kichkina haovlisiga yosh sevishganlar Maysaraning jiyani podachi Cho‘ponali va go‘zal Oyxon uchrashadilar. Ikki yoshning hovlida uchrashganini qari Qozi va mirshab Xo‘ja Darg‘a ko‘rib sharoitga xilof ish qilgani uchun Cho‘ponalini xibisga olmoqchi bo‘ladilar va shu bilan yosh qizcha bilan uchrashmoqga imkon tug‘dirmoqchi edilar. Ular tomonidan yuborilgan soqchilar Maysara hovlisiga kirib keladi. Soqchilar Maysarani olib ketgach Qozi sandiqga yashirib turgan Oyxonni o‘g‘irlab olib ketadi. Qozi zindonida Maysara qutilish yo‘llarini rejalashtiradi. Shu mahal Cho‘ponali xolasini topib unga qochishni taklif etadi. Lekin Maysara to Oyxonni qutqazmaguncha hej yerga bormasligini aytadi. Qozi Maysaraning oldiga tushib pul bilan Oyxonni gapga olishni taklif etadi. Maysara rozi bo‘ladi. Qozi uyida Oyxon qayg‘urib Qoziboboning yupatishlaridan achchiqlanadi. Qozi Maysaraga Oyxonning o‘jarligini aytadi. Maysara Oyxonga o‘z maxfiy rejalarini aytib unga Qozi bilan uchrashishga va Oyxon Qozining hamma shartlariga rozi bo‘lishini tushuntiradi.
Maysara o‘z hovlisida «Ulug‘ mehmonlarni» kutishga hozirgarlik ko‘radi. Birinchi bo‘lib Qozi keladi va hali o‘tirishga ulgurmasdan hovli eshigi taqqilaydi. Maysara Qoziga jiyani kelganini aytadi va qo‘rqib turgan Qozi ustiga xo‘kkiz terisini tashlaydi. Shunday qilib Maysara Oyxonga «Oshiq» bo‘lgan Hidoyatxonga ayol kuylagini, Xo‘ja Darg‘aga un qopini ustiga yopadi. Xalq bu shariat peshvolari ustidan kuladi va opera Maysaraning donoligidan, ikki yosh maqsadlariga erishganlari va xursandchilik bilan tugaydi.
«Maysaraning ishi» operasi bu haqiqiy komik (hajviy) janrda ijod qilingan asar bo‘lib bu asarda kuychan, yengil, obrazlar harakteriga mos keladigan musiqalar bastalangan. Ayniqsa Maysara obrazini ifodalaydigan-ba’zan o‘zining oilasi davrasida mehribon xola, jonkuyar ayol, ba’zan, sharoitlarga ko‘ra talabchan va o‘tkir kishi, dovyurak, qo‘rqmas, o‘z so‘zini ustidan chiqadigan shaxs sifatida operaning asosiy obrazi bo‘lib turli musiqalar vositalari bilan ifodalab ko‘rsatilgan. Maysaraxola ijro etadigan kuy va qo‘shiqlar Hamzaning «Hoy ishchilar» qo‘shig‘i asosida bastalangan. Chunki bu kuy Maysara obraziga xos bo‘lib ayolning ichki qiyofalarini ochib tashlashga yordam berishni kompozitor S.Yudakov yaxshi bilgan. Masalan Maysaraning «Bolalarim hammasi yaxshi bo‘ladi» nomli ariyasi so‘zimiz isboti bo‘laoladi. Shu bilan birga Oyxon, Cho‘ponali, Qozi, Xo‘ja Darg‘a, Hidoyatxon obrazlari musiqalari ham asar mazmunini ifodalaydigan kuy va qo‘shiqlar bilan tasvirlangan. Opera musiqalari orasida xalq kuy va qo‘shiqlari ham mustahkam o‘rin olgan. Masalan: «Oromijon», «Ushshoq», «Bilakuzuk», «Yor-yor» va boshqalar.
70-80 yillar davomida opera janri yana bir necha asarlar bilan boyidi va shular orasida bolalarga bag‘ishlangan operalar-S.Boboyevning «Yoriltosh» va V.Xaetning «Etikli mushuk» asarlaridir.
Shunday qilib opera teatri va opera asarlari oxirgi vaqtda o‘z rivojini topadi va bu janr respublika musiqa san’atining yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shadi. O‘zbekistonda opera san’ati 19-asr oxiri, 20-asr boshidan rivojlana boshlagan. O‘zbek operalari musiqali drama, o‘zbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz operasining ta’siri ostida yuzaga kelgan. Toshkentga bir nechta 1894-yilda gruzin, 1907-15 yillarda italyan, tatar, rus, ozarbayjon opera gruppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Toshkentda rus opera teatri o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekistonda opera san’atining paydo bo‘lishi, Ulug‘ inqilobdan so‘ng qo‘shiqchilik va musiqa yo‘nalishlarda yuksalish va ko‘tarilish imkoniyatlari ochilganday bo‘ldi. Kuy va qo‘shiqlarimizni atoqli ashulachilarimizdan Muhiddin Qori Yoqubov va rus musiqashunosi Mironov tomonidan bir nechta o‘nlab vokal ashulalarimiz notaga olinib chop ettirildi. 1918-yilning 1-sentabri O‘zbekistonda opera teatri tashkil topgan kun hisoblanadi. O‘sha kuni xalq Konservatoriyasida rus kompazitori Aleksandr Sergeyevich Dargomijiskiyning “Rusalka” operasi qo‘yildi. Keyinchalik boshqa operalar ham sahnalashtirila boshlandi. Teatr uchun kadrlar tayyorlash studiyasi ish olib bordi. Bakudagi teatr texnikumida opera xonandalari, aktyorlar o‘qiy boshladi. O‘zbekiston milliy vokal qo‘shiqchiligi haqida ancha munozaralar davom etdi. Moskva Konservatoriyasi qoshidagi o‘zbek studiyasi tashkil topib unga Halima Nosirova, Muxtor Ashrafiy, B.Inoyatov, Nasim Hoshimov va boshqalar o‘qiy boshladi. Ayrim nazariyachilar milliy operada bo‘g‘iz bilan kuylashni saqlab qolish zarurligini ya’ni o‘zbek xalq qo‘shiqlariga xos kuyash usulini o‘zgartirmaslik kerakligini isbotladilar. Ammo sekin-asta har qanday opera qo‘shig‘i o‘zining butun dunyo opera madaniyatiga xos qanaqadir umumiy xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak deb hisoblandi. Har qanday millatga mansub qo‘shiqchi uchun nafas olib kuylash muhimligini ta’kidlab mashhur qo‘shiqchi G‘ulom Abdurahmonov shunday degan edi: “Milliy vokal uslubi nutqning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Eng asosiysi tilning nozikligini his etishdir. Har qaysi millatga o‘zining nutq uslubi va o‘ziga xos intonatsiya xususiyatlari bo‘ladi. Mana shularni qo‘shiqda Page 141 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, December 2022 www.in-academy.uz aks ettira olish kerak. Italiya maktablaridan opera tovushini va uning yo‘nalishini olish, kuylash usuli esa har bir millatning tiliga mos bo‘lishi lozim” (G‘. Abdurahmonovning Tamara qiziga yozib olgan xotiralaridan). Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarining yashab turganlari, ularning musiqaga, san’atga bo‘lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asosiy turtkilardan yana biri Italiya opera guruhining 1900-yilda Toshkentga qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bo‘lgan. Italiyaliklar Toshkentda Verdining “Rigoletto”, “Traviata”, “Trubadur”, Bizening “Karmen”, Sharl Gunoning “Faust”, Leonkavalloning “Payatsi” kabi dunyoga mashhur operalarini rus ziyolilariga tanishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari o‘z konsert dasturlarida g‘arb va rus klassik kompazitorlarining simfonik asarlarini, turli operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topishida poydevor tuzganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomojskiyning “Rusalka”, P.I.Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operalari bo‘lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining “Rigoletto”, Sh.Gunoning “Faust”, A.Rubenshteynning “Demon”, Chaykovskiyning “Pikovaya dama”, Musorskiyning “Baris Gadunov”, Borodinning “Knyaz Igor”, Verdining “Traviata”, “Aida”, “Trubadur”, Puchchinining “Bogema”, Rossinining “Sevilya sartaroshi” kabi asarlari sahna yuzinini ko‘rdi. Rus opera teatrining aktyorlari, opera xonandalari, san’atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib, opera san’atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot eta boshladilar va bu xizmatlar o‘zbek milliy operalarini dunyoga kelishiga, O‘zbekistonda opera san’atining vujudga kelishida, shu bilan bir qatorda opera maktablarining tashkil topishiga asos bo‘ldi. 1918-yil iyul oyida Toshkentda ochilgan Turkiston xalq konservatoriyasi O‘rta Osiyodagi birinchi musiqa maskani bo‘lib, u o‘sha yilning aprel oyida tashkil topgan Turkiston Dorilfununing tarkibiga kirgan.
1930-yida Toshkentda Oliy musiqa maktabi ochildi va uni oradan ikki yil o‘tgach Toshkent Davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Nazariy bahslardan amaliy ishga o‘tish munosabati bilan Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘zbek qo‘shiqchilarining vokal tayyorgarligi masalasi vujudga keldi. Qo‘shiqlar vokal tayyorgarligi faqat O‘zbekistonda musiqali teatr san’atini rivojlantirishga xizmat qiladigan Oliy kasbkorlik ta’limi olish huquqini berib qolmadi, balki sovet davridagi qo‘shiqchilik ijodining asosi ham bo‘ldi. Toshkent Davlat konservatoriyasining bastakorlari Kazlovskiy, Mushel, Nadejdin va boshqalarning pedagogik faoliyatlari vokal ijodiyotini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Katta avlodga mansub san’atkorlardan To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov, Ikrom Akbarov, Doni Zokirov, Ilyos Hamroyevlar o‘sha paytdayoq milliy merosni Ovrupocha musiqa kompazitsiyasining shakllari bilan birlashtirish yo‘llarini izlay boshlagan 1929-yilda Muhiddin Qori Yoqubov tashabbusi bilan o‘zbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari asosan musiqali dramalardan iborat bo‘lgan. Mazkur teatr sahnasida ozbek tilida qo‘yilgan birinchi operalar-“Er Targ‘in”(E.Brusilovskiy 1937) va “Nargiz” (M.Magamayev 1938)dir. 30-yillarning 2-yarmisidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S. Vasilenko va M. Ashrafiylarning hamkorlikda yaratgan “Bo‘ron” operasi bilan R. Glier va T. Sodiqovlarning “Layli va Majnun” operalari edi. O‘zbek opera gruppasi o‘zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, aynan ushbu operalar bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus kompazitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida, O‘zbekistonda ijod qilgan rus kompazitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan. O‘zbe hamda k opera gruppasi o‘zbek musiqali teatr zaminida yuzaga kelib, o‘z faoliyatini kompazitorlar Sergey Vasilenko va Muxtor Ashrafiy hamkorlikda yaratgan “Bo‘ron” operasi bilan bog‘ladilar. Kampozitorlar bu operani 6 oy davomida ijod qilib, 1939-yilning 25-martida tugallaydilar. Operani sahnalashtirishda ancha qiyinchiliklar ham bo‘ladi. Birinchidan, bu yangi janrni sahnada ijro etishda xonandalarga noqulayliklar tug‘diradi, chunki musiqali drama bilan opera orasida katta farq bor edi. Lekin shu bilan birga, milliy o‘zbek og‘zaki an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan sahnalar ham ijrochilarga, ham tinglovchilarga maroq bag‘ishlaydi. Asar 1939-yilning iyunida sahna yuzini ko‘rdi. Operani sahnalashtirilishi bu ikki (rus va o‘zbek) xalq orasidagi birodarlikni mustahkamlashga va ikki kompazitor Sergey Vasilenko, Muxtor Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bo‘ldi. Operaning sahna yuzini ko‘rishi, O‘zbekistonning musiqali teatr hayotida katta voqeaga aylandi. Aynan, “Bo‘ron” operasi premyerasidan so‘ng musiqiy dramatik teatr O‘zbek opera va balet teatri nomini olishga sazovaor bo‘ldi. Asosiy rollarni: Halima Nosirova (Norgul), Karim Zokirov (Bo‘ron), Fotima Burxonova (Zebiniso) ijro etganlar. Asarda 1916-yilda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan to‘qnashuvlari o‘z aksini topgan. Qo‘zg‘alon bostirilgan bo‘lsa ham, lekin o‘zbek xalqining ozodlikga chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad qilib olingan. Operaning qisqacha mazmunini ya’ni librettosini Komil Yashin yozgan. Unda ikki tuzim qarama-qarshiligi, xalqlar orasidagi do‘stlik aniq o‘z aksini topgan. Operadagi asosiy qahramonlar bu-xalq. Xalq Bo‘ron boshchiligida podshoh tuzimiga qarshi kurashadi. Shubhasiz, bosh qahramon xalq bo‘lganligi sababli ommaviy sahnalar muhim ahamiyatga ega, har bir pardaning avjini xalq sahnalari tashkil etadi. Opera xorlarida kuy materiali ko‘proq “sitatali” bo‘lib, u xalq kuylari va Hamza qo‘shiqlaridan olingan. Opera 5 pardadan iborat, masalan, 1-pardadagi dehqonlar xori Hamzaning “Ishchi bobo”, 2-pardaning final sahnasida “Biz ishchimiz” qo‘shig‘i yangraydi. Asarda xalq musiqa ijodiyoti namunalari orqali gavdalantirilgan lavhalar muvaffaqiyatli chiqqan, biroq rechitativlarda musiqa va nutqni ohangga solishda nomuvofiqlik seziladi. Kompazitorlar mazkur asarda dramatik spektaklni musiqalashtirish uslubiga ham barham berdilar. Bu asarda musiqa jo‘r bo‘libgina qolmay, balki tashkiliy ahamiyat kasb etadi. Ariyalar oddiygina ijro etiladigan qo‘shiq sifatida emas, balki qahramon obrazini yorituvchi vosita bo‘lib keladi. Oddiygina misol, bosh qahramon Bo‘ronda ariyalar uncha ko‘p bo‘lmasada, lekin bor ariyalar obrazlari xarakterlarini yaratishda salmoqli musiqiy asarlar jumlasiga kiradi. Bundan tashqari juda ko‘p xalq qo‘shiqlaridan foydalanilgan. Jumladan, “Gul o‘yini”, “Girya qozoq”, “Chamanda gul”, “Tanovar”, “Oq oydin kechalar”, “Farg‘onacha”lar kompazitorlar tomonidan orkestrlashtirilib, asar mazmunini boyitishga sababchi bo‘lgan.



Download 72.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling