O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
|
|
“ TASDIQLAYMAN”
Termiz davlat universitet rektor
____________ A.Maraximov
“____”__________2022 yil
|
NЕFT MAHSULOTLARINI TЕRMIK QAYTA ISHLASH
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
500000 – Tabiiy fanlar, matematika va statistika
|
|
Ta’lim sohasi:
|
530000- Fizikaga oid fanlar
|
|
Ta’lim mutaxassisligi:
|
70530103 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
|
Тermiz - 2022
Fan/modul kodi
МNGT1405
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
1
|
ECTS - Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat))
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Nеft mahsulotlarini tеrmik qayta ishlash
|
60
|
90
|
150
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – neft mahsulotlarini termik qayta ishlash fanini o‘qish davomida magistrantlar neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari, neftni termik qayta ishlash, atmosfera bosimi va vakuumli sharoitda haydash, visbkreking, termik kreking, termokontakt kreking, neftni pirolizi, neftni kokslash, neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari, katalitik jarayonlar: termik kreking, kreking jarayoni katalizatorlari, riforming, gidrokreking, alkillash jarayoni, alkanlarning izomerlanishi mavzulari bo‘yicha ma’lumot oladi.
Undan tashqari fanga oid nazariy ma’lumotlarni berish, amaliy mashg‘ulotlarni bajarish, bilimlarni mustaqil ta’lim asosida mustahkamlash, neft mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari haqida yetarlicha ma’lumot berish; neft mahsulotlarini termik va katalitik qayta ishlashda laboratoriya mashg‘ulotlarida olgan nazariy va amaliy bilimlaridan foydalana olish malakalarini hosil qilish va rivojlantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sohasining rivojlanish istiqbollari.
O‘zbekistonning neft zaxirasi va konlari. Neftni qazib olish va qayta ishlash. Respublikamizda neftni qayta ishlash jarayonlari.
2-mavzu. Neftni qayta ishlash maxsulotlarining asosiy turlari.
Neftni qayta ishlash jarayoni maxsulotlari. Neft uglevodorodlarining fizik xossalari. Neft mahsulotlari asosida olinadigan birikmalar: monomerlar, tikuvchi va bog‘lovchi agentlar, erituvchilar va biologik faol moddalar. Sintez jarayonlari kimyosi va texnologik parametrlari.
3-mavzu. Neftni qayta ishlashning ekologik aspektlari.
Neftni qayta ishlashning ekologik muammolari. Respublikamizda neftni qayta ishlash korxonalari texnologik jarayonlari va ekologik muammolar. Korxonalarning ikkilamchi maxsulotlari va ularni qayta ishlash.
4-mavzu. Neftni qayta ishlash zavodlari xom ashyosi va maxsulotlari.
Neftni qayta ishlash jarayonlari xom ashyosi turlari. Maxsulotlarning xom ashyoga bog‘liqligi. Respublikamiz neftni qayta ishlash korxonalari xom ashyosi turlari va jarayon maxsulotlari.
5-mavzu. Neftni qayta ishlab tovar maxsulot olish jarayoni sxemasi.
Neftni qayta ishlash jarayonlari texnologik sxemalari. Texnologik parametrlar. Neftni qayta ishlash jarayonlarida qo‘llaniladigan asosiy texnologik qurulmalar.
6-mavzu. Neftdan maqsadli uglevodorod komponentlarini ajratish (past haroratli separatsiya, past haroratli kondensatsiya va rektifikatsiya).
Neftni termik qayta ishlash mahsulotlarini bir-biridan ajratish, tozalash, quritish, saqlash, taqsimlash va uzatish usullari. Jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish. Absorbsiya, adsorbsiya, separatsiya, past haroratli kondensatsiya, rektifikatsiya va ekstraksiya qurilmalari, ularning ishlash tomoyillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |