Fenollarning sifat analizi.
Fenollarning FeCl3 bilan ta’siri.
a) Tajriba: Probirkaga 2-3 dona fenolning kristalidan solib 2-3 ml suvda eritiladi, shundan song 1-2 tomchi 3% li FeCl3 eritmasidan qo’shiladi. Bu reaksiya uchun harakterli bo’lgan binafsha rang hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Tajriba: 3 ta probirkaga 2-3 ml dan suyultirilgan pirokatexin, rezorsin, gidrohinon eritmalaridan solib, 1-2 tomchi 3% li FeCl3 eritmasidan qo’shiladi. Ularga mos holda yashil, binafsha va sariq ranglar hosil bo’ladi.
Gidroxinon bilan boradigan reaksiyani yana quyidagicha o’tkazish mumkin: probirkaga yetarlicha konsentrlangan gidroxinon eritmasi tayyorlanib, qaynoq holatgacha qizdiriladi va 2-3 tomchi 3 % li FeCl3 eritmasidan qo’shiladi. Bunda aralashma qizil rangga kiradi. Sovutilgan eritmadan bir qancha vaqtdan keyin gidroxinon uzun ignachalar ko’rinishida cho’kmaga tushadi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |