3. Etil spirtining KMnO4 bilan oqsidlanishi.
Pipetka yordamida shtativga mahkamlangan probirka devorlariga tekkizmasdan ehtiyotkorlik bilan 5ml konsentrlangan HCl kiritiladi. Shundan so’ng boshqa pipetka yordamida idish devorlaridan etil spirti kiritiladi. (2qatlam hosil bolishi kerak) 1-1,5g KMnO4 probirkaga solinadi. Bir qancha vaqt o’tgandan song ikki suyuqlik chegarasida yorqin chaqnashlar yuz beradi. Sirka aldegidning hidi tarqaladi. Etil spirting KMnO4 ishtirokida sirka aldegidga aylanish tenglamasini yozing.
4. Mis gliserati va glikolyatining olinishi.
Probirkaga 3-4 tomchi 2% li CuSO4 va 2-3 ml 10% li NaOH eritmasi quyiladi. Hosil bo’lgan havorang cho’kmaga bir necha tomchi glitserin solinadi. Aralashtiriladi, bunda cho’kma eriydi va eritma Cu glitserati hosil bo’lish hisobiga butakuz guli rangiga kiradi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba takrorlanadi. Glitserin o’rniga etilenglikol ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |