n-Nitroanilin qizili sintezi
Reaktivlar: 0,5 g n-nitroanilin, xlorid kislota (20% li eritmasi), 0,3 g natriy nitrit, 0,5 g ?-naftol, natriy gidroksid (30% li eritmasi), 1 g natriy atsetat, osh tuzi.
Kichikroq stakanda 0,5 g n-nitroanilin 5 ml qaynoq suv va 1 ml 20% li xlorid kislota eritmasining aralashmasida eritiladi. Eritma 0-5 gacha sovitilib, unga yana shuncha miqdorda xlorid kislota eritmasi qo’shiladi. Agar cho’kma hosil bo’ladigan bo’lsa suv ham qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritma muzli suv hammomiga tushiriladi va aralashtirib turgan holda oz-ozdan 0,3 g natriy nitritning 4 ml suvdagi eritmasi tomizib diazotirlanadi. Diazotirlash nihoyasiga yetgach (yod-kraxmalli qog’oz bilan sinab ko’riladi, 162-betga qarang) eritma sovuq joyda 1 soat qoldiriladi. Bu vaqt ichida boshqa stakanda 0,5 g -naftol 2 ml 30% li natriy gidroksid eritmasida eritiladi va hosil bo’lgan cho’kmani yo’qotish uchun qaynoq suv qo’shiladi.
1 soatdan so’ng diazoeritmaga 1 g natriy atsetatning 4 ml suvdagi eritmasi qo’shiladi. Kerak bo’lsa ikkala eritma filtrlanadi. So’ngra -naftol eritmasi oz-ozdan chayqatilib, diazoeritmaga quyiladi va 1 g osh tuzi qo’shiladi. Cho’kmaga tushgan bo’yoq Byuxner voronkasida filtrlanadi, filtrda bir necha marta osh tuzi eritmasi bilan yuviladi va havoda quritiladi. Bo’yoqning miqdori 1 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |