O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atlas olkasi
- Sahroi Kabir
- Sudan olkasi
Shimoliy Afrika : Shimoliy Afrikaning deyarli hammas
Sahroi Kabir plitasi ustida joylashgan. Relyefida plitalar va yassi tog'liklar assosiy o'rin tutadi. Errosion shakllar taraqqiy etgan regionning kattagina qismi subtropik va subekvatorial iqlim mintaqa joylashgan. Shuning uchun ham region 3 ta o'lkaga ajratilgan. Atlas o'lkasi : Bu o'lka materikning shimoliy g'arbiy g'ismlarini o'z ichiga oladi. Shimol va sharqda o'lkani O'rta dengiz, g'arbda atlantika okeani o'rab turadi. O'rta dengiz sohili bo'ylab balandligi 2000-2500 m. Bo'lgan burmali tog'lar ko'tarilgan. O'lkaning g'arbidan Arrif tizmasi va sharqdagi Tel-atlas tog'lari shular jumlasidandir. O'lkaning janubda Atlantika okeanidan shimoli-sharqda Baland atlas tizmasi cho'zilgan. Saxroi Kabir atlasi Baland atlasning bevosita davomi bundan biroz janukbroqda Anti atlas tizmasi joylashgan. Atlantika okeani va o'rta dengiz sohillar uchun yozi quruq va issiq kishi yumshoq va sernam bo'lishi xarakteridir. Atlantika okeanidan keladigan g'arbiy shimollar bu yerga anchagina yog'in olib keladi va tog'larning g'arbiy,shimoliy yon bag'irlarida hamma sohillarida ko'proq tushinishiga sabab bo'ladi. YOg'in g'arbda 800 mm dan, sharqqa esa 200-300 mm gacha o'zgarib boradi. Qishning o'rtacha harorati Q 12Q150 yozda Q 24Q270 gacha bo'ladi. Daryo tizimi yaxshi rivojlanmagan tuprog'i jigarrang. Bu yerda doimiy yashil chakalakzorlar pakana palma o'rmonlar keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi Afrika va janubiy Yevropa turlariga boy. Sahroi Kabir. Afrikaning shimolida tropik cho'llar katta maydonini egallaydi. Bu landshaftlar Atlantika okeanidan Kizil dengizgacha Atlas tog'lari tutash va O'rta dengiz sohilida Senegal daryosining Chad ko'li orqali Nil daryosi bo'yidagi Xartum shahriga boradigan chiziqqacha bo'lgan maydonni egallaydi, maydoni 7 mln. km3 bo'lgan bu hudud umumiy nam bilan Sahroi Kabir deb nomlanadi. Bu yer yil bo'yi esib turadigan quruq tuproq havo ta'sirida bo'ladi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yogin miqdori 50 mm dan kam. Havo doimiy ravishda quruq va changlik bo'lib turadi. Havoning nisbiy namligi 25 % dan kam. O'lkada yoz oylarida issiq 30-500 qishda esa havo ancha salqin va turg'un antisiklon faoliyati ustun turadi. Tuproq qatlami yaxlid xolatda emas. O'lkada 1200 turdan ortiq o'simliklar mavjud. Bu o'simliklar asosan kserofit va efimerlardan iborat. Saxroi Kabir xayvonot dunyosi turi kam bo'lsada son jixatdan ko'p. Antilopalar tog' echkilari bor. Sudan o'lkasi : Bu o'lka deyarli butun materik bo'ylab garbdan sharqqa Atlantika okeanidan efiopiya tog'ligigacha keng palosa bo'ylab joylashgan. O'lkaning janubiy chegarasi Gveniya va Kamerun qirlarining shimoliy yon bag'irlaridan o'tadi, so'ngra Chad ko'li bilan Nil daryosining chap irmoqlari suvayirg'ichidan o'tadi. O'lka Relyefi hamma joyda bir hil bo'lib yer yuzasi tuzilishini ng asosiy hususiyati qalin cho'kindi jinslar bilan qoplangan. YOg'in miqdori janubdan 2000 mm dan sharqda 1000 mm gacha o'zgarib boradi. O'lkada yillik xarorat Q 20 0 dan tushmaydi. Maksimal xarorat Q40 0 . O'lkaning markaziy ham 72 g'arbiy qismlarida daryo tizimi rivojlangan. Daryo vodiylarida o'simlik dunyosidan boshqalarni savanna o'simliklarini va parksimon xolatdagi o'rmonlarni uchratishimiz mumkin. Chad ko'li qirgoqlarida qamishzorlar va satirus chakalakzorlarini uchratishimiz mumkin. Bu yerda hayvonot dunyosi saqlanib qolgan. Cho'l bo'ylarida fillar,karkidonlar uchraydi. Bulardan tashqari begimotlar,baliqlar,antilopatlar va hilma-hil qush turlari uchraydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling