O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Download 114.36 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi114.36 Kb.
#1473630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ACHILDIEV PARDAJON Y.Gaydn. Simfoniya janrining shakllanishi

Kurs ishining оb’еkti: Gaydn simfoniyalari va musiqiy ijodiyoti. Ishning nazariy-mеtоdоlоgik asоslari: Prеzidеnt I.A.Karimоv asarlari, “Ta’lim to’g’risida”gi qоnun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat farmоnlari, tadqiqоt mavzusiga оid tadqiqоtchi оlimlar risоla va qo’llanmalari hamda darsliklar tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti: XVIII аsr Еvropа sаn’аtigа yozilgаn mа’rifаt g’oyalаri etakchisi Gaydn musiqiy asarlarini asosli xozirgi kundagi ahamiyatini yoritish аsоs qilib оlingаn.
Kurs ishining maqsadi: Gaydn asarlari va jaxon musiqa madaniyatiga qo’shgan xissasini, Vena klassik maktabini yoritib berish.
Kurs ishining vazifalari:
1.Y. Gaydn hayoti va ijodiy yo`lini o’rganish;
2.Y. Gaydn Kompozitor, va moxir dirijyor ekanligini o’rganish;
3.Simfoniya janrining shakillanishini o’rganish;
4.Y.Gaydn hayotida simfoniyaning yaralishini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.


I BOB.Y. GAYDN KOMPOZITOR, VA MOXIR DIRIJYOR
1.1.Y. Gaydn hayoti va ijodiy yo`li
Iosif Gaydn - buyuk avstriyalik kompozitor. U Vena klassik maktabi namoyondalaridan biri. Gaydn juda katta, mashaqqatli ijod yo’lini bosib o’tdi va juda ko’p asarlar muallifi sifatida tanildi. U 100 dan ortiq simfoniyalar, 24 ta opera, 70 ta torli kvartet, fortepiano uchun 52 sonata va boshqa cholg’u sozlari uchun juda ko’p asarlar yozdi. Shular orasida simfoniyalar, kvartetlar va fortepiano sonatalari kompozitorning yetuk, mukammal asarlari hisoblanadi.
Gaydnni simfoniya va kvartet janrlarining asoschisi deb hisoblaydilar. Bunday asarlar Gaydngacha ham ko’plab yozilgan. Lekin aynan Gaydn ijodida bular klassik (namunali) janrlarga aylandi. O’z asarlarida kompozitor xalq kuylaridan keng foydalandi. Ularga yorqinlik, hayotga muhabbat kabi xarakterlar xos. Ularning shakli ham mukammaldir. Shu xususiyatlar Gaydn musiqasini klassik musiqa (namunali) deb atalishiga huquq beradi.
O’z asarlarida kompozitor o’sha davr kishilarining his tuyg’ulari, uy-fikrlari va kayfiyatini ko’rsatib berdi. Bizning davrimizda ham kompozitor asarlari nihoyatda katta qiziqish bilan ijro etiladi va tinglanadi.
Iosif Gaydn 1732 yilda Vena yaqinidagi Rorau qishlog’ida aravasoz usta oilasida tug’ildi. Dastlabki musiqa savodini uyida o’rgandi, chunki ota-onasi musiqa san’atidan bohabar kishilar bo’lgan. Gaydn juda yoshligidan boshlab xalq kuylari va xilma-xil qo’shiqlar ta’sirida tarbiyalandi. Bu narsa keyinchalik uning ijodini turli xalqlar musiqasi bilan bog’liqligini belgiladi. Bolalik chog’larida Gaydn Venadagi muqaddas Stefan cherkovi xorida kuyladi, musiqadan darslar oldi, skripka va fortepiano chalishni o’rgandi. Ammo 13 yoshida ovozi yo’g’onlashib buzila boshlagach, cherkov xoridan chiqarildi. Gaydn Vena ko’chalarida uysiz, joysiz og’ir hayot kechirishga majbur bo’ldi. Ko’chalarda skripka chaldi, arzimagan haq evaziga musiqa darslari berdi. Bu qiyinchiliklarga qaramay tinimsiz o’qib o’rgandi va o’z mahoratini oshirdi, mashhur kompozitorlar asarlarini tahlil qilib o’rgandi. Vena ko’chalarini kezib yurib venger, chex, xorvat, ukrain va boshqa xalqlarni qo’shiqlarini yozib oldi va o’rgandi. Shuning uchun Gaydn asarlarida bu quvnoq va hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan qo’shiqlarga xos xususiyatlarning sezilib turishi bejiz emas.
1761 yilda yosh, ammo taniqli kompozitorga aylangan Gaydnni boy knyaz Estergazi o’z hizmatiga taklif qildi. Gaydn kapelmeyster (dirijyor) bo’lib ishlashi, orkestr va xonandalarga rahbarlik qilishi, knyaz talabi bilan opera, kvartet, simfoniya va boshqa asarlar yozishi kerak edi. O’jar knyaz ertangi kunga yangi asar yozib tayyor qilishni buyurar edi. Shunda o’tkir qobiliyat va mehnatsevarlik Gaydnga doim yordam berardi. Shu taxlitda kompozitor 30 yil hizmat qildi. Gaydn mahorati shu yillar davomida yetuklikka erishdi. Kompozitor nomi butun Yevropa mamlakatlariga tanildi va mashhur bo’ldi. Ammo Gaydnga ozodlik etishmasdi va u knyazga tobe edi. 1791 yilda keksa knyaz vafot etdi. Uning vorisi orkestrni tarqatib yubordi, ammo 60 yoshli Gaydnga pensiya tayinladi. Chunki taniqli kompozitor uning ixtiyorida bo’lishini xoxlardi. Bu narsa kompozitorga ozodlik berdi va u kontsert faoliyatini boshladi. Butun Yevropa mamlakatlari bo’ylab dirijyor sifatida kontsertlar berdi. Ingliz qirolichasi uni Angliyaga taklif qildi va kompozitor ikki marta Angliyaga borib katta muvafaqqiyatlar bilan kontsertlar berdi. Shu davrda yozilgan 12 ta simfoniya "London simfoniyalari" deb nom olgan. Venaga qaytayotib Gaydn yosh Betxoven bilan uchrashdi va muloqatda bo’ldi. Keyinchalik Venada unga kompoziciyadan darslar berdi. Hayotining so’nggi yillarida Gaydn oratoriya janrida ijod qildi va "Yil fasllari" hamda "Olamning yaratilishi" nomli ikkita oratoriya yozdi. "London simfoniyalari" va oratoriyalar Gaydn ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Kompozitor 1809 yilda Venada vafot etdi.
Gaydn ijodiy merosi juda keng. U barcha mavjud janrlar va shakllarda asarlar yozgan. Uning o’lmas, umrboqiy asarlari hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Ular ko’pchilik musiqa ijrochilari repertuarlaridan va millionlab musiqa ixlosmandlarning qalbidan o’rin olgan. Gaydn ijodi o’zidan keyingi ijodkor avlodlar uchun mahorat maktabi bo’lib qoldi.
Gaydnning simfonik ijodi deganda uning simfonik orkestr uchun yozgan barcha asarlari tushuniladi. Kompozitor yaratgan 104 ta simfoniya uning simfonik ijodining asosini tashkil qiladi.
Simfoniya - turkum asardir. Turkum so’zi asarning bir necha qismdan iboratligini ko’rsatadi. Sonatalar, simfoniyalar, kvartetlar, triolar bir necha qismdan iborat bo’lgan asarlardir. Bir xil kayfiyatni ifodalab beruvchi kichik pg’esalar, qo’shiqlar, raqslardan farqli ravishda turkum asari turli xil kayfiyatlar, fikrlar va his-tuyg’ularni ifodalab beradi. "Simfoniya" so’zi grekcha bo’lib, "uyg’unlik", "moslik" degan ma’noni bildiradi.
Uzoq vaqtgacha tovushlar qo’shilganda xosil bo’ladigan har qanday uyg’unlikni simfoniya deb ataganlar. Keyinchalik bu so’z boshqa ma’nolarni ham aks ettirdi. Raqs syuitasidan avval ijro etiladigan kirish qismini, opera boshlanishi oldidan orkestr ijro etadigan kirish qismini ham "simfoniya" deb atadilar. XVIII asrda simfoniya mustaqil kontsert asariga aylandi. Simfoniya janrining shakllanishiga "Mangeym maktabi"ga mansub bo’lgan chex kompozitorlari salmoqli hissa qo’shdilar. O’sha davrda Germaniyaning Mangeym shahrida dunyodagi eng zo’r simfonik orkestr faoliyat ko’rsatar edi.
Gaydn ijodida ham simfoniya janri uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi va uning yetuk simfoniyalari aniq bir ketma-ketlikka ega bo’lgan to’rt qismli turkum bo’lib shakllandi. Hozirgi kunda bu to’rt qismli shakl "sonata-simfonik" turkum deb ataladi va har tomonlama yetuk va barkamol klassik shakl hisoblanadi.
Simfoniyaning birinchi qismi tez surhatda ijro etiladi va musiqa jonli, hayajonli xarakterga ega bo’ladi. Ikkinchi qism musiqasi og’ir, vazmin xarakterda bo’lib, kishining lirik kayfiyatini goh yorqin va sokin, goh g’amgin xarakterda ifodalaydi. Uchinchi qism - menuet. Musiqa bu qismda jonli, raqs xarakterida. Gaydn davrida menuet xalqning eng sevimli raqsi bo’lgan. Shuning uchun Gaydn uni simfoniya tarkibiga qo’shgan. To’rtinchi, oxirgi qism - "final" deb atalgan. Birinchi qism kabi tez surhatda ijro etilgan va ko’p hollarda musiqa tantanali bayram kayfiyatini ifodalagan.
Gaydn o’z simfoniyalarini shu taxlitda yozgan. Uning buyuk zamondoshlari Motsart va Betxovenlar ham shu shaklda simfoniyalar yaratganlar. Keyingi avlod kompozitorlari klassik simfoniya shaklini rivojlantirdilar, simfoniyaning shakli va mazmunini boyitdilar. Simfoniya asari katta tinglovchilar ommasi eshitishi uchun mo’ljallangan, chunki uning shakli yirik va tovush balandligi katta. Bu asarni simfonik orkestr ijro etadi. Orkestr tarkibi ham Gaydn ijodida shakllandi. U cholg’u sozlarini to’rt guruhga ajratdi.
Torli - kamonli sozlar guruhi skripka, alg’t, violonchelg’ va kontrabaslardan tashkil topdi. Yog’ochdan ishlangan damli sozlar guruhiga kompozitor fleyta, goboy, klarnet va fagotlarni kiritdi. Misdan ishlangan damli sozlar guruhi valtorna va trubalardan iborat bo’ldi. Zarbli sozlar guruhi – Gaydn orkestrida faqat litavralardan iborat bo’ldi. Keyingi avlod kompozitorlari simfonik orkestr tarkibini misdan ishlangan damli sozlar guruhini kengaytirish hisobiga o’zgartirganlar.
I. Gaydnning 103 – raqam ostidagi mi bemolg’ major tonalligida yozilgan simfoniyasi uning eng mashhur asarlaridan biridir. Bu simfoniya o’n ikki "London simfoniyalari"dan biri bo’lib, Angliyada ijro etish uchun yozilgan edi. Simfoniya litavralarning mi-bemolg’ tovushini tremolo uslubida chalishi bilan boshlanadi. Shuning uchun bu asar "litavralar tremolosi bilan" degan nom oldi. Shuni aytish kerakki Gaydnning boshqa bahzi simfoniyalariga ham tinglovchilar musiqaning tasviriy xususiyatiga qarab nom berganlar. Masalan, kompozitorning "Bolalar simfoniyasi", "Ayiq", "Soat", "Harbiy simfoniya", "Xayrlashuv simfoniyasi" kabi nomlarga ega bo’lgan mashhur simfoniyalari bor.
103 simfoniya musiqasi yorqin, hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan. Uning kuylari nemis, avstriya va xorvat xalqlari kuylariga juda yaqin. Simfoniya to’rt qismdan iborat. Birinchi qism - Allegro kon spirito. Bu qism sonata shaklida yozilgan. Musiqa bu qismda tez surhatda bo’lgani uchun shakl sonata allegrosi deb ham ataladi. Aytib o’tilganidek simfoniya momoqaldiroq tovushini eslatuvchi litavralar tremolosi bilan boshlanadi. Keyin sirli xarakterdagi kirish temasi ijro etiladi. Bosh tema bayram kayfiyatida. Raqs xarakteridagi bu temani avval torli-kamonli sozlar, keyin esa butun orkestr ijro etadi. Yordamchi tema nihoyatda engil, jozibali xarakterda bulib, u ham raqsga, vals raqsiga uxshaydi. Shu ikki tema sonata allegrosi shaklining birinchi bo’limi – ekspoziciyani tashkil qiladi. Ikkinchi bo’lim – rivojlov bo’limida kirish mavzusi va ekspoziciya bo’limining ikki mavzusi qayta ishlanadi va rivojlantiriladi. Bu mavazularning tonalligi ritmi o’zgartirilgan. Bu bo’limda ularni boshqa cholg’u sozlari ijro etadi. Qoida bo’yicha uchinchi bo’lim – repriza bo’limida ekspoziciya bo’limi takrorlangan. Kompozitor hamma mavzularni kirish mavzusi, bosh va yordamchi mavzularni asosiy tonallik bo’lgan mi bemol majorda takrorlangan. Shuning uchun mavzular o’rtasidagi farq ancha kamaygan.
Simfoniyaning ikkinchi qismi - Andante. Bu qism variaciya shaklida yozilgan. Variaciya shunday shaklki, unda musiqiy tema, mavzu beriladi va u keyin bir necha marta o’zgartirib (variaciyalanib) takrorlanadi.Bu qismda Gaydn ikkita tema yozgan, ular xorvat xalq qo’shiqlaridan olingan. Shuning uchun bu shaklni qo’sh variaciyalar deb ataydilar.
Uchinchi qism - Menuet. Bu qism musiqasi engil, jozibali raqsni ifodalaydi. Menuetning ikkinchi bo’limi trio deb ataladi. Trio bo’limi ham juda yumshoq, engil tarzda ijro etiladi.
Simfoniyaning oxirgi, to’rtinchi qismi - final. Bu qism musiqasi ham birinchi qismniki kabi sho’x, tantanali, raqs xarakterida. Kompozitor xorvat xalq ko’shig’iga yaqin bo’lgan musiqiy mavzuni asos qilib olgan. Bu mavzuni torli-kamonli sozlar ijro etadi. Ularni valtorna sozlari ijrosi kuvvatlab turadi.
Gaydnning 103-simfoniyasi shu tarzda yozilgan. Musiqaning tantanali bayram xarakteri asarning to’rt qismini birlashtirib turadi. Musiqaning asosini xalq kuylariga o’xshab ketadigan raqs xarakteridagi kuylar tashkil qiladi.

Download 114.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling