О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi musiqa ta’limi bakalavriyat ta’lim yo’nalishi -bosqich -guruh talabasi


Download 135.88 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi135.88 Kb.
#1502300
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qahramoniy-dramatik mavzudagi L.Betxoven simfonik musiqasi


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI KAFEDRASI


Musiqa ta’limi bakalavriyat ta’lim yo’nalishi
-bosqich -guruh talabasi _________________________________________________
______________________________________________________fanidan
QAHRAMONIY-DRAMATIK MAVZUDAGI L.BETXOVEN SIMFONIK MUSIQASI”
Mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: _____________________


Termiz – 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….....3
I BOB. LYUDOVIG VAN BETXOVENING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
1.1. Kompozitorning hayoti va ijodiy faoliyati………………………………………..5
1.2. Kompozitorning cholg’u musiqa asarlari………………………………………..18
1.3. Kompozitorning o’limi va ommaviy ma’daniyat……………………………..24
II BOB. BETXOVEN IJODIDA SONATA SHAKLINING O’ZIGA XOSLIGI
2.1.Betxoven ijodida sonata-instrumental janrlarining o'rni va tabiati……………....28
2.2.Betxoven simfoniyalari: ularning butun jahondagi ahamiyati va bastakor ijodiy merosidagi o‘rni……………………………………………………………………...29
2.3.Fortapiano sonata - Betxovenning "ijodiy laboratoriyasi"…………………….…31
XULOSA…………………………………………………………………………….37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...39
ILOVALAR………………………………………………………………………....41

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi musiqa ta`limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Musiqa o`qitish jarayoni – bu o`qituvchi va o`quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o`zaro harakati bo`lib, bu jarayonda musiqa ta`limi, tarbiyasi va shaxsning musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. Musiqa o`qitish jarayoni musiqa o`qitish qonuniyatlari va prinsiplariga mustahkam tayanishi lozim, ular o`quvchining imkoniyatlari va musiqiy iqtidoriga asoslanadi, bu esa zarur musiqiy o`rgatuvchi repertuarni to`g`ri tanlash imkonini beradi. Musiqa vositasida dunyoqarashni ahloqiy, ma`naviy, aqliy, mehnatni shakllantirish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Musiqiy badiiy obrazlarning nozikligi, ohangdorligi, lirikligi eng nafis va noyob tuyg`ularga ta`sir etish imkonini beradi. Shu bilan birga aniq ritm, dramatizm, ohanglar keskinligi, tantanavorlik, garmoniyaga boyligi insonda dadillik, jasorat tuyg`ularini uyg`otadi. Musiqa bilan bevosita shug`ullanish esa katta ma`naviy, aqliy va jismoniy mehnat hisoblanadi. O‘zbekistonda bundan buyon umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirayotgan barcha o‘quvchilar biror musiqa asbobini chalishni bilishi kerak va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 iyun kuni Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida gapirgan. Davlat rahbarining fikricha, ashula eshitib bajarilgan ishda 10 baravar baraka bo‘ladi. Prezident Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga yuzlanib, shunday deydi: “Madaniyat sohasida islohot bo‘yicha juda katta qaror qabul qildik. Shu qaror bo‘yicha Namangan tajribasini amalga oshirsak. O‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan madaniyatimizga ham urg‘u berib, Namangan tajribasi qilib, viloyat kengashi qarorini chiqarib, har bir tuman, har bir maktab kesimida qilsak, men o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi. Attestat olishda, hammamiz o‘rganganmiz – fizika, matematika bo‘yicha baho bo‘ladi. Topshiriq berdimki, endi attestatda har bir maktabda 11-sinfni bitirgan bolalarimiz bitta cholg‘u asbobini o‘rgangan degan bahosi bo‘ladi”. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu topshirig‘i zalda o‘tirganlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, mazkur yangi tajribani qo‘llashning sabablariga to‘xtaladi: “Bu nima uchun kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shuning barobarida madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga ma’naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”. Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimini egallagan ilk kunlardan boshlab, mamlakatda madaniyat va san’at sohasini inqirozdan olib chiqish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Davlat rahbari 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkorlari ziyolilari bilan uchrashib, ko‘plab sohadagi muammolarni muhokama qilgandi. Ammo o‘zgarishlar hali o‘z natijasini ko‘rsatganicha yo‘q. Davlat rahbari ushbu yig‘ilishda rejissyorlardan tortib, xonandalargacha qattiq tanqid qilgandi. Xalq artistlari to‘ydan ortmayotganini qoralagandi. Shundan keyin madaniyat va san’at sohasida sun’iy siljish kuzatildi. “O‘zbekkonsert”da Xalq artistlari klubi tashkil etildi, artistlar hokimlarga maslahatchi bo‘ldi, kollej direktorligiga tayinlandi. Oradan uch yil o‘tdi, muammolar o‘sha-o‘shaligicha qolmoqda.

Download 135.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling